204
Jek London
yJ
^
ladi-yu, uning qolida metall yaraqlaganini pay-
qab qolib, chaqqonlik bilan qolidan ushlab oldi.
- Kaftingni och! - deb baqirdi u. - Meni kastet
bilan urding!
Ikkala taraf baqirib-chaqirib, haqorat yog‘di-
rib bir-birlariga tashlandilar; yana bir soniyadan
so'ng to‘s-to‘polon ko'tarilar va Martin qasosini
qondira olmay qolardi. U o‘zidayo‘q darg‘azab edi.
- Qaytinglar orqaga! - deb baqirdi u. - Ham-
manglar qaytinglar! Eshitdinglarmi?
Odamlar tisarilishdi. Ular misoli hayvon
edilar, lekin Martin ulardan ham o‘tib ketgan
vahshiy hayvon edi va hammaga dahshat solar-
di, mana shu dahshat tuyg4isi ulami itoat etish-
ga majbur qildi.
- Bu mening ishim, hech kim tumshug'ini
tiqmasin. Hey! Bu yoqqa ber kastetni.
Bir oz cho‘chib qolgan Moy Qovoq unga itoat
etdi va nomardlik qurolini unga uzatdi.
- Bu temirtakni sen bergansan, la’nati sariq
moshak, - deb davom etdi Martin, kastetni suv-
ga uloqtirarkan, - orada o'ralashib yurganingni
ko'ruvdim, lekin nima qilganingni payqamabman.
Agar yana tumshug'ingni tiqqudek bolsang, ola-
si qilib do'pposlayman. Tushundingmi?
Jang yana davom etdi, ikkala raqib ham tamo
mila holdan toygan bolishiga qaramay, hamon
bir-biriga musht solardi, nihoyat, ularning atro-
fini o‘rab olgan vahshiylar galasi qonga toVib,
dahshatga tushib qoldi va urishni to'xtatinglar
deb mushtlashayotganlarni ko'ndirishga tush-
di. Oyog'ida zo'rg'a turgan, insoniy qiyofasini
yo'qotguncha kaltak yeb, allaqanday dahshatli
Martin Iden
205
maxluqqa aylangan Moy Qovoq taraddudlanib,
urishdan to'xtadi, lekin Martin unga tashlanib,
ketma-ket musht tushira boshladi.
Ular go Vo juda uzoq zamonlardan beri olishib
kelayotganday edilar, endi Moy Qovoq sezilarli
darajada sustlashib borayotganda birdan «qars»
etgan qattiq ovoz eshitildi-yu, Martinning o‘ng
qoli «shilq» etib osilib qoldi. Suyak singan edi.
Buni hamma eshitdi, hamma tushundi ham. Moy
Qovoq ham tushundi va yarador raqibiga xuddi
yolbarsdek tashlanib, jon holatda uni do'pposlab
ketdi. Martinning to‘dasi yordamga tashlandi.
Lekin ustma-ust tushayotgan zarbalardan gan-
gib qolgan Martin, tinmay goh bo'ralab solrib,
goh og'riq va g'azabdan ingrab, sheriklariga
«aralashmanglar», deb qichqirar, chap qoli bilan
raqibini tinmay mushtlar, hech narsaning farqi-
ga bormay do‘pposlar edi. Hayajonli pichirlash-
lar uning quloglga go у о juda olislardan eshi-
tilayotganday tuyuldi, keyin u kimningdir titroq
ovozini eshitdi: «Yigitlar, bu mushtlashish emas!
Bu qotillik! Ajratib qoyish kerak ularni!»
Lekin ulaming birontasi ham olishayotgan-
larga yaqinlashgani jur’at eta olmadi, Martin esa
hamon chap qoli bilan do‘pposlab yotar, qoli har
urganda odam basharasiga mutlaqo o'xshamay-
digan allaqanday yumshoq qonli, jirkanch nar-
saga tegar, ana shu allanarsa esa hech taslim
bolishni istamas, hamon uning xira tortgan
ko'zlari oldidan nari ketmasdi. Lekin Martin
hamon to'xtamasdan urar, asta-sekin eng oxirgi
kuchini sarflab musht solar edi, zarbalari tobo-
ra zaiflasha bordi, to bu beo'xshov qonli go'sht
206
Jek London
ko'prik taxtalariga gurs etib yiqilmaguncha
urdi, u o'zini asrlar davomida, ming yillardan
beri urishayotgandek his qildi. Shunda Martin
bo‘shliqqa tayanmoqchi bolib, mast odamlarday
gandiraklab ketdi va raqibining tepasiga borib,
o'zgargan ovoz bilan:
-
Mushtlashishni xohlaysanmi yana? Gapir...
Xohlaysanmi? - dedi.
U hamon qattiq turib javob talab qilardi,
shunda birdan o'rtoqlari uni ushlab yetaklab
ketayotganini, egniga kurtkasini kiygizmoqchi
bolishganini his qildi. Ana shundan keyin bir
dan hushidan ketib qoldi.
Stol ustidagi soat jiringlab ketdi, lekin Martin
uni eshitmay, yuzini qollari bilan bekitib, qimir
etmay o'tiraverdi. Qulog'iga hech narsa kirrnas,
hech narsani oyiamasdi. Butun bolgan voqeani
u shunday aniq tasawur etdiki, xuddi o'sha ke-
chasi Sakkizinchi ko'cha ko‘prigida bolganidek,
yana hushidan ketdi. Bir necha daqiqa davomi
da uni zulmat va bo‘shliq qurshab oldi. So‘ng
ko'zlari ola-kula bolib, terlab-pishib, xuddi tiril-
gan murda yanglig' sapchib turib ketdi.
-
Axiyri seni yengdim-ku, Moy Qovoq! - deb
qichqirib yubordi u. —
Buning uchun o‘n bir yil
kutdim, lekin baribir seni yengdim!
Uning oyoqlari qaltirar, boshi aylanardi, shu
ning uchun gandiraklab ketib, to‘shagiga o‘ti-
rishga majbur boldi. U hamon o‘tmish xoti-
ralan iskanjasida edi. Qayerda yotganini bilmay,
to burchakda yotgan bir to‘p qolyozmalarga
ко zi tushmaguncha hang-mang bolib, atrof-
ga olazarak bolib qarar edi. Ko‘zi qolyozma-
Martin Iden
207
larga tushganda, xotirasining g‘ildiragi
aylanib, uni to‘rt yillik masofadan olib otdi va
u endi kitoblarni, shu kitoblar orqali tanigan
dunyoni, o'zining katta orzularini, rangpar qizga
bolgan muhabbatini esladi; agar bu ta’sirchan
va nazokatli qiz, hozirgina Martin qayta boshi-
dan kechirgan dahshatli voqealaming bir lahza-
lik shohidi bolsaydi, u kechib otgan hayot
botqog'ini bir zumgina ko'rsaydi, qo'rqqanidan
yuragi yorilib olardi!
U о'mid an turib, ko'zguga qaradi.
- Endi sen o'sha botqoqlikdan qutulib
chiqding, Martin, - g'urur bilan dedi o'ziga o'zi,
- ko'zlaring ravshan, qolingni cho'zsang yulduz-
larga yetadi, chinakam hayot kechiiyapsan, eng
qimmatli asriy meroslami ulaming egalaridan
tortib olyapsan.
U o'z aksiga diqqat bilan tikildi-da, kulib
yubordi.
- Ozgina asabiylashib, hayajonlanib oldikmi?
Hechqisi yo'q! Bu xavfli emas. Sen bir vaqtlar
Moy Qovoqni yenggansan, noshirlarni ham xud
di shunday yengasan, o'n bir yildan ham ko'proq
vaqt sarf qilsang-qilasan, lekin yengasan! Ammo
yolda to'xtab qolishni xayolingga ham keltirma,
faqat olg'a yur. Kurashgandan keyin oxirigacha
kurashish kerak!
Do'stlaringiz bilan baham: |