202
Jek London
hona qilish yo‘q. Ikkovimizning eski hisob-kito-
bimiz bor, orani ochdi qilish kerak! Bildingmi?
Raqib taraddudlanib qoldi - Martin buni pay-
qadi, lekin Moy Qovoq sirkasi suv ко ‘tarmaydigan
yigit edi, shuning uchun shuncha tomoshabin
oldida sharmanda bolishni istamasdi.
-
Hay, mayli, chiq o'rtaga, - deb qichqirdi u, -
muncha ezmalik qilasan! Ora ochdi bolguncha
desang, ora ochdi bolguncha-da!
Shu choq ular mushtlarini dolaytirgancha
xuddi ikkita buqacha singari bir-birlariga tash-
landilar; ular yoshlik g'ayrati bilan urish, ma-
jaqlash, mayib qilish istagi bilan yonib mushtla-
sha boshladilar. Bashariyatning taraqqiyot sari
ming-ming yillar davomida bosib o'tgan mashaq-
qatli yollarda erishgan hamma narsasi bir zum-
da barbod boldi. Faqat elektr fonusi taraqqi-
yotning unutib qoldirilgan bir nishonasi sifatida
qaqqayib turardi. Martin bilan Moy Qovoq hozir
g‘or va daraxtlarda istiqomat qiluvchi tosh asr
vahshiylariga aylangan edilar. Ular ibtidoiy ha-
yot botqoglga tobora chuqurroq botib borardilar,
fazoda uchib yuruvchi toshlar singari, muttasil
bir-biriga tortilib, bir-biridan qochuvchi atomlar-
ga o'xshab, ko‘r-ko‘rona, g‘ayriixtiyoriy ravishda
bir-birlari bilan to ‘qnashardilar.
Martin bu jangning butun tafsilotini eslarkan:
—
Yo tavba! Girt mol ekanmiz-da o'zimiz ham!
Yowoyi hayvon ekanmiz-ku! - deb ingrab yubordi.
U o‘z tasawurining favqulodda kuchi tufay-
li bu voqeani xuddi kinematografda o'tirgandek
aniq-tiniq, ravshan ko'rardi. U ayni vaqtda bu
voqeaning ham ishtirokchisi, ham tomoshabini
Martin Iden
203
edi. Uning shuncha oylardan beri o‘qib o‘
ganlari bu dahshatli manzaradan uni jirkantirib
yuborardi; lekin hademay o‘tmish xotiralari un
ing ongidan hozirgi zamonni siqib chiqarib tash-
ladi va u yana sobiq Martin Idenga aylandi ham-
da dengiz safaridan qaytib kela solib, Sakkizin-
chi ko'chaning ko‘prigi o'rtasida Moy Qovoq bilan
mushtlasha boshladi. U bor kuchini yig‘ib oli-
shar, terlar, qonga belanar, mushtlari mo Ijalga
borib tekkanda shodlanardi.
Bular odam emas, balki bir-biriga kelib urilgan
ikki zo‘r quyunga o^xshardi. Vaqt o4ib borar, ik-
kala to‘da ham nafaslarini yutib, qimir etmay tu
rardi. Ular bunday qahru g‘azabni hech qachon
ko'rmagan edilar va bu g‘azab ularni dahshatga
solardi. Ulaming oldida o‘zlaridan ham vahshiy-
roq ikkita hayvon olishardi.
Raqiblarning dastlabki jo'shqin g‘azabi sovidi
va endi ular ehtiyot va mulohaza bilan musht
sola boshladilar. Unisi ham, bunisi ham ustun
chiqa olmasdi.
-
Durang boladi, - degan ovoz eshitildi Martin
ning qulog‘iga.
U bexosdan yanglish harakat qildi, lekin shu
zahoti yonog'iga qattiq zarba kelib tushib, uni
suyagigacha tars yorib yubordi. To‘g‘ri musht-
dcin bunday jarohat ochilishi mumkin emas edi.
Martin odamlarning taajjublanib qichqirganini
eshitdi, yuzidan sharillab qon oqayotganini sez
di. Lekin u sir boy bermadi. U darhol sergaklan-
di, chunki raqibining qanday odamligini, uning
qolidan har qanday razillik ham kelishini yaxshi
bilardi. Martin raqibini diqqat bilan kuzata bosh-
rgan-