Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin  Iden

191

gan edi.  U yolglz shu kuchni his qilardi-yu, 

vaqtda, vositachilik vazifasini otayotgan hikoyani 

deyarli sezmasdi; sirtdan qaragan odamga u go у  о 

hikoyani  berilib  eshitayotganday  tuyulsa  ham, 

aslida,  to‘satdan  xayoliga kelib  qolgan  dahshat- 

li,  aql bovar qilmaydigan,  tamomila o'zgacha bir 

fikr  bilan  band  edi.  Uning  xayoliga  birdan  erga 

tegish haqidagi fikr keldi-yu, bu fikming miyasi- 

ga qattiq о‘mashganligi uni qo‘rqitib yubordi. Bu 

Rufga yarashmasdi.  Bu  unga  tamomila yot  fikr 

edi.  Uyg‘onib  kelayotgan  ayollik  hirsi  hali  uni 

hech  qachon  iztirobga  solmagan  edi,  shu  choq- 

qacha u Tennison she’riyati ta’siriga g‘arq bolib, 

g'aflat olamida yashar va hatto bu eng nazokatli 

shoiming  ritsarlar  bilan  qirolichalar  o'rtasidagi 

samimiy munosabatlar haqidagi nozik imo-isho- 

ralariga  ham  parvo  qilmasdi.  Qiz  uyquda  edi, 

birdan hayot shiddat bilan uning eshigini qoqdi. 

Qo‘rqib ketgan qiz eshikning hamma zanjirlarini 

solib berkitmoqchi bolgan edi, lekin endi uyg'onib 

kelayotgan hislar antiqa va nihoyatda go‘zal meh- 

monga eshikni keng ochishini talab qildi.

Martin  Ruf  o‘z  fikrini  aytishini  mamnuniyat 

bilan kutardi.  U fikming qanday bolishiga hech 

shubha qilmagan edi, shuning uchun Ruf faqat:

-   Go‘zal,  -   deb javob  qilganida  Martin  hang- 

mang bolib qoldi.

Bir  oz  sukutdan  so'ng  Ruf jo'shqin  ohangda 

takrorladi:

-  Juda go‘zal!

To‘g‘ri,  bu  go'zal  hikoya  edi;  lekin  hikoyada 

boshqa yirik bir narsa mayjud edi, go'zallik unga 

tobe edi. Martin yerda cho‘zilib yotardi; mash’um

ayni



192

Jek  London

shubha bulutlari boshi uzra to‘plana  boshladi... 

Yana bolmadi.  U  so'zga usta  emas.  U jahonda- 

gi eng ajoyib mo‘jizalami ko‘radi-yu, lekin ulami 

tasvirlashga qurbi etmaydi.

-   Siz  qanday  fikrdasiz  hikoyaning...  -   yangi 

so‘zni talaffuz etishdan tortinib, bir oz tutilib qol­

di, -  g‘oyasi haqida?

-  G'oyasi uncha aniq emas,  -  dedi qiz,  -  men 

olgan  umumiy  taassurot  shundan  iborat.  Men 

voqeaning borishini ilg‘ab  olishga urindim,  lekin 

qiyin  boldi.  Siz  haddan  tashqari  sergapsiz.  Hi- 

koyaga mutlaqo aloqador bolmagan materiallarm 

olib kirib, asosiy voqeani xiralashtirib qo^gansiz.

-  

Lekin  bularning  hammasi  asosiy  g‘oyaga 



aloqador-ku,  -   deb  shosha-pisha  izohlay  bosh­

ladi  Martin.  -   Asosiy  g'oyaning  juda  buyuk, 

olamshumul ahamiyati bor. Men butun hikoyaiu 

shu g‘oya bilan sug'ormoqchi boldim. Hikoya bu 

g‘oya uchun  faqat  qobiq vazifasini  o‘taydi.  Men 

to‘g‘ri yoldan  borayotgan  edim,  lekin  chamam- 

da,  vazifani  yaxshi  bajara  olmabman,  shekilli. 

Men  ko'nglimdagi  gaplarni  izhor  eta  olmadim. 

Ehtimol, vaqti kelib, o'rganib qolarman.

Ruf uning fikrlari inkishofini kuzata olmadi. 

U san’atshunos bolishiga qaramay, bu fikrlarga 

uning  aqli  yetmas  edi.  U  Martinning  fikrlariga 

tushunmasdi va buning sababi shuki, Martin o‘z 

fikrini ifodalashga no'noqlik qiladi deb oyiardi.

-  

Siz juda ko‘p  so‘z  ishlatarkansiz,  -   deb  tak- 



rorladi qiz, -  lekin ba’zi yerlari juda yaxshi chiqqan.

Qizning  ovozi  Martinga  juda  olisdan  eshiti- 

layotganday  tuyuldi,  chunki  bu  payt  u,  Rufga 

«Dengiz qo‘shiqlari»ni o‘qib bersammikin, yo‘qmi,




Martin  Iden

193

deb  o'ylayotgan  edi.  Martni  hasrat  va  umidsiz- 

lik bilan jimgina. yotar, qiz esa unga tikilib o'tirar 

ekan,  miyasiga o‘sha erga tegish haqidagi kutil- 

magan xayollar hadeb kelaverardi.

-   Siz  mashhur  bolishni  istaysizmi?  -   deb 

so'rab qoldi birdan Ruf.

-  Ha,  shunday,  shekilli, -  deb e’tirof etdi Mar­

tin, -  lekin eng muhimi bu emas.  Meni shuhrat- 

dan  ham  ko'ra  unga  olib  boruvchi  yol  ko'proq 

qiziqtiradi.  Undan  tashqari,  shuhrat  menga 

boshqa  bir  ishda  ко‘maklashgan  bolardi.  Men, 

ochiglni  aytsam,  bir  narsa  tufayli  mashhur 

bolishni istardim.

U «siz tufayli»  deb  ilova qilmoqchi boldi,  agar 

Ruf uning asarlariga birmuncha qiziqib qaragani- 

da, ehtimol, shunday deb aytardi ham.

Lekin  bu  payt  qizning  xayoli  Martin  uchun 

bir qadar munosib bolgan mansab topish bilan 

band  edi,  shuning  uchun  u  Martinning  nima- 

ga  shama qilayotganini  ham  so'ramadi.  Undan 

yozuvchi chiqmasligiga Ruf qat’iy ishongan edi. 

Buni  Martin  hozirgina  o'zining  sayoz  yozilgan, 

g'o'r  asarlari  bilan  isbot  qildi.  U  chiroyli  gapi- 

rishni o'rganib olgan edi-yu, ammo adabiy uslu- 

bi juda ham no'noq edi. Qiz uni Tennison, Brau- 

ning bilan va o'zining eng sevimli adiblari bilan 

taqqoslar,  bu  taqqoslash  Martin  uchun  qulay 

emasdi.  Lekin qiz dilidagi gaplarning hammasi- 

ni unga aytib o'tirmadi.  Uning Martinga bolgan 

ragЪati  talabchanligini  zaiflashtirayotgan  edi. 

Xullas,  Martinning yozuvchilikka mayl  qo'yishi 

shunchaki bir ishqibozlik edi,  lekin vaqti kelib, 

bu  barham  berib  ketsa  kerak.  Ana  o'shanda




194

Jek  London

Martin,  shubhasiz, 



o ‘z

  kuchini  hayotning  bir- 

muncha  jiddiyroq  sohasida  sinab  ko‘radi-da, 

muvaffaqiyat  qozonadi.  Rufning  bunga  imoni 

komil  edi.  Martin  shunday  kuchliki,  xohlagan 

narsasiga  albatta  erisha  oladi...  Faqat  tezroq 

yozuvchilikni tashlasa bolgani.

-  


Yozganlaringizning hammasini  menga  o'qib 

berib tursangiz, mister Iden, -  dedi qiz.

Martin  sevinchdan  qizarib  ketdi.  Qiz  uning 

asarlariga  qiziqib  qolibdi  -   bunga  shubha  yo‘q 

edi.  Xullas,  axir u  Martinning  asarlarini  yaroq- 

siz deb topmadi-ku. U hatto ba’zi yerlarini go'zal 

deb  aytdi.  Martin ruhlantiruvchi  so'zlarni birin­

chi marta eshitdi.

-  

Yaxshi, -  dedi Martin hayajon bilan, -  sizga 



so‘z berib aytamanki, miss Morz, yaxshi yozuvchi 

bolaman.  Men juda uzoq yol bosib  keldim,  bi- 

laman, hali yana juda uzoq yol bosishim kerak, 

lekin  emaklab  bolsa ham,  bu  yolni  bosib  ota- 

man. —

 U Rufga mashinkada bosilgan varaqlarni 



uzatdi.  -   Mana  bu  -   «Dengiz  qo'shiqlari».  Sizga 

berib yuboraman, vaqtingiz bolganda uyda o‘qib 

chiqing.  Lekin keyin menga fikringizni ochiq ay- 

ting.  Tanqidiy  mulohaza  men  uchun  nihoyatda 

zarur! O'tinaman, bor haqiqatni ayting!

 



Men hech nimani yashirmayman, —

 deb so‘z 

berdi  Ruf,  biroq  bugun  Martin  bilan  royirost 

gaplashmaganini  ko'nglidan  o'tkazarkan,  bun­

dan  keyin  ham  u  bilan  royirost  gaplasha 

olish-olmasligini bilmasdi.





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish