Yangiasr avlopi


 Diletantizm -  yuzakilik,  sayozlik



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

11 Diletantizm -  yuzakilik,  sayozlik.


186

Jek  London

bilan rozi boldiki,  qiz uning qalbida qanday zoY 

e’tiroz uyg'otganini xayoliga ham keltirmadi.

-  Mana, bunga «Qozon» deb nom qo^yganman,

-  dedi Martin  ikkinchi  qolyozmani  ocharkan.  - 

Bu to'rt-besh jumaldan rad etilib qaytib kelgan, 

shunday bolsa ham,  bu hikoya o'zimga yoqadi, 

o'z  asaringga  baho  berish  qiyin,  lekin  menim- 

cha,  bu  hikoyaning bir  nimasi  bor.  Balki  meni 

qiziqtirganchalik  qiziqtirmas  sizni,  lekin  hikoya 

qisqagina, bor-yo'g'i ikki ming so'zdan iborat.

Martin hikoyani o‘qib bolgandan keyin Ruf:

-  

Qanday dahshat! -  deb qichqirib yubordi. -  



Judayam dahshat-ku bu!

Martin  qizning  rangi  o'chgan  chehrasiga, 

chaqnab turgan ko'zlariga va asab bilan chalish- 

gan  qollariga pinhona  zavq bilan  qaradi.  U  ni- 

yatiga yetgan edi.  O'zining butun vujudini qam- 

rab olgan tuyg\ilar va lavhalami qizga uqtirish- 

ga muyassar bolgan edi.  Hikoya qizga yoqdimi, 

yoqmadimi, buning ahamiyati yo'q. Eng muhimi

— hikoya unga qattiq ta’sir etdi, uni diqqat bilan 

tinglashga majbur etdiki,  natijada Ruf hikoyan­

ing may da nuqsonlarini payqamadi ham.

-  Bu hayot, -  deb e’tiroz bildirdi Martin, -  ha­

yot hamma vaqt ham jozibali bolavermaydi. Kim 

bilsin, ehtimol, men juda g'alati maxluq bolsam 

kerak, chunki shu yerda ham go'zallikni ko'ryap- 

man. Bu go'zallik menga shu qiyofasida yana o'n 

karra azizroq...

— Lekin nega axir o'sha baxtiqaro ayol... — deb 

Ruf uning  gapini boldi-yu,  gapini  tamomlamay 

yana jon-jahdi bilan qichqirdi: -  O! Bu bema’ni- 

lik! Bu badkorlik! Bu qabohat!



Martin Iden

187

Bir zumga Martinning yuragi urishdan to'xta- 

ganday  tuyuldi.  Qabohat!  Buni  u  hech  qachon 

oyiamagan,  hech  qachon  tasawur  ham  qilma- 

gan  edi.  Butun  hikoyaning  har  bir  harfi  uning 

ko‘zi  oldida  alanga  bolib  yonib  turar  va  uning 

shulasidan qamashgan ko‘zlari hech qanday qa- 

bihlikni ko‘rmasdi.  Mana, yuragi siynasida yana 

gupillab ura boshladi. Uning vijdoni pok edi.

Nega  chiroyliroq  mavzu  tanlamadingiz?  -  



dedi qiz.  -  Bilamiz,  dunyoda qabihlik juda ko‘p, 

lekin bu bilan...

Ruf  allanarsalar  to‘g‘risida  achchiq-achchiq 

gapirar,  lekin  Martin  unga  quloq  solmasdi.  U 

qizning  tarovatli  chehrasiga  tikilib  o'tirardi;  bu 

chehra shunday ta’sir chan, shunday iffat shu Ia­

si  bilan  yoritilgan  ediki,  go У о  bu  iffat  Martin 

yuragining  eng  teran  yeriga  singib  borgandek 

va  uni  yulduzlar  shulasidek  sarin,  mayin  va 

semavozish  samoviy  nur  bilan  yuvib  tozalayot- 

gandek bolardi. «Bilamiz, dunyoda qabihlik juda 

ko‘p!»  Nimani  ham  «bilardi»  deb  otyladi  Martin 

va  go Vo  qiz  u  bilan  hazillashayotganday,  miyi- 

g'ida sho'x kulib qo^di. Uning ko‘z oldida birdan 

o‘zi  miridan-sirigacha  o'rgangan  iflos  hayotning 

poyonsiz ummoni  «lop»  etib  paydo  boldi-yu,  hi- 

koyasini tushunmagani uchun Rufni ayblamadi. 

Martinning hikoyasiga tushunmagani uchun qiz 

aybdor emas edi.  Xudoga shukurki,  Ruf bunday 

muhitdan tamomila chetda tug'ilib o'sgan.  Lekin 

Martin, Martin hayotni bilardi, undagi jamiki ra- 

zolat va ulugVorlikni bilardi, ustini qoplab yotgan 

barcha  iflosliklarga  qaramay,  hayotning  go'zal 

ekanligini bilardi,  shuning uchun ham bu  haq-




188

Jek  London

da butun jahonga  o‘z  fikrini  aytmay  qoVmaydi. 

Samoviy  malikalarning  pok  va benuqsonligidan 

hech  kim  ajablanmaydi.  Bu  o'rinda  ularning 

xizmati  yo‘q.  Lekin  iflosliklar  orasida  avliyolar 

bolishi,  bu -  chinakam  mo‘jiza!  Shu  mo‘jiza tu- 

fayli  ham  yashash  kerak!  Adolatsizlik  axlatxo- 

nasidan  unib  chiqayotgan  axloqiy  kamolotning 

shohidi  bolish;  shaxsan  о‘zining  o‘sish  va  hali 

isqirti yuvilmagan  ko'zlar  bilan  go‘zallikning  ilk 

nurlarini ilg‘ab  olish;  zaiflik,  axloqsizlik,  olchoq- 

lik va  hayvoniy  betamizlikdan  ham  kuch,  ham 

haqiqat,  ham  ma’naviy  oliyjanoblik  xislatlari- 

ning  bunyodga  kelayotganini  kuzatish  uchun 

yashash kerak!

Shu payt 




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish