Martin Iden
181
kapalaklarning chiroyli qanotlaridagi
artib tashlab, ularni mahv etganidek, siz ham
go'zallikni mahv etyapsiz.
Martin boshini sarak-sarak qildi.
- Go‘zallikning
o ‘z
ma’nosi bor, lekin men shu
choqqacha o‘sha ma’noni his qilganim yo‘q. Men
ga chiroyli narsa chiroyli bolgani uchun yoqar-
di, vassalom. Men go'zallikning mohiyatini tu-
shunmasdim. Endi bolsa tushunaman, yoinki,
aniqroq qilib aytganda, tushuna boshlayapman.
Men uchun bu ot, ayniqsa, uning nima sababdan
bundayligini bilganimdan keyin, uning shu tepa
boshida o‘sishi uchun zarur bolgan quyoshning,
yomglrning va yer sharbatining murakkab ta’siri-
ni bilganimdan keyin, nihoyatda go‘zal bolib ket
di. Har bitta giyohning tarixi ajoyib sarguzashtlar
bilan boy; u ne-ne voqealami boshidan kechir-
magan. Ana shu fikming o‘zi meni ilhomlantira-
di. Men quwat bilan materiyaning ishini, buyuk
hayotiy kurashlami oyiasam, shu giyoh to‘g‘risi-
da butun bir doston, nainki bir doston, bir necha
doston yoza olishimni his qilaman.
- Biram chiroyli gapirasiz-a, - dedi Ruf о У chan-
lik bilan, uning sinovchan ko‘zlari g'alati bir tarz-
da Martinga tikilib turardi; Martin birdan buni
payqab qoldi-yu, shu zahotiyoq uyalib ketdi, hat-
to boshi gangib, yonoqlari cho‘g‘dek qizardi.
- Oh, qani endi, men chindan ham chiroyli
gapira olsam edi, - deb tutila-tutila gap bosh
ladi Martin. - Miyamda fikrlar shu qadar ko‘pki,
ularni izhor etishni xohlayman. Lekin ularning
kengligidan ifodalashga munosib so‘z topa ol-
mayman. Ba’zan, butun olam, butun jonivorlar
changni
182
Jek London
menga yuzlanib, ular uchun gapirishim-
ni talab qilayotganday tuyuladi. Men shu nar-
sani his qilaman, sizga qanday ifodalab bersam
ekan? - butun borliqning ulugVorligini his qil
aman, lekin gapira boshlasam kichkina bola-
ga obcshab g‘o‘ldirayman. Fikr va tuyg4ilaring-
ni shunday so‘z bilan ifodalash, uni shunday
yozish yoki gapira olish kerakki, toki gapingni
tinglovchi yoki jumlalaringni o‘quvchi ularni
tushunsin, yozilgan kitob yoki aytilgan jumla-
da yana aynan o'sha fikr, o‘sha tuyg4ilar gav-
dalansin, lekin bu nihoyatda buyuk vazifa. Bu
- hech narsaga qiyos qilib bolmaydigan vazi
fa. Mana, ко‘ring, men yuzimni o'tlar orasiga
tiqyapman, shunda dimog'imga kirayotgan bu
hidlar miyamda ming-minglab fikr va lavhalar-
ni tug'diradi. Axir men butun koinot hidini hid-
ladim-da. Men qo'shiqlar va kulgilarni eshit-
yapman, saodat va ofatni, kurash va olimni
ko'ryapman. Miyamda son-sanoqsiz lavhalar
namoyon boladi, men shularni sizga, butun
olamga izhor qilsam deyman! Lekin buni qan
day bajaray? Tilim lol. Mana, hozir ham, o‘tning
xushboy hidini hidlab turib, his qilgan nar-
salarimni sizga so‘z bilan ifodalab bermoqchi
boldim. Lekin hech nima chiqmadi. Qo'poldan-
qo‘pol, noaniq ishoradan boshqa narsa chiqma
di. Qandaydir bir-biri bilan boglanmagan bir
necha so‘zni aytdim, xolos... Holbuki, men o‘z
fikrlarimni bayon qilishni shunaqayam xohlay-
manki. O... - u umidsizlik bilan qollarini qi-
sirlatdi, - buning iloji yo‘q! Gapirish mumkin
emas! Izhor etish mumkin emas!
olami
Do'stlaringiz bilan baham: |