Martin Iden
175
uchun misoli pulday zarur narsa edi, lotin
ko'ra muhimroq bolgan ancha-muncha fanlar
Martinning e’tibor berishini qat’iylik bilan talab
qilardi. Buning ustiga, yozishi ham kerak edi.
U pul ishlashi kerak edi. Lekin afsuski, uning
yozganlarini hech qayerda bosmasdilar. Qol-
yozmalari ayanchli tarzda tahririyatma-tahriri-
yat yurardi. Nima sababdan boshqa yozuvchilar-
ning asarlarini bosib chiqarisharkin? Martin
qiroatxonada uzoq oUrib, o‘zga yozuvchilaming
asarlarini o‘qir, bu yozuvchilaming o‘z asarlarini
bostirib chiqarishga yordam bergan narsalaming
nimaligini aniqlashga behuda urinib, u asarlar-
ni o‘zi yozgan asarlar bilan taqqoslarkan, ulami
diqqat bilan va tanqidiy ko‘z bilan o'rganardi.
U matbuot sahifalarida bosilgan asarlaming
ko‘pchilik qismining uydirma ekanligidan ajabla-
nardi. Bu hikoyalarda na nur, na bo'yoq bor edi.
Ulardan hayot nafasi kelmas, holbuki, ularning
har bir so‘ziga ikki syentdan, har ming so'ziga
yigirma dollardan haq tolanardi - Martin gaze-
tadan qirqib olib qoVgan maqolada shunday yo-
zilgan edi. U osonlik va uddaburonlik bilan yozil-
gan (Martin buni e’tirof etmay iloji yo‘q edi), lekin
haqiqiy hayotdan uzoq bolgan son-sanoqsiz hi-
koyalarni qayta-qayta o‘qib taajjublanardi. Axir
hayotning o‘zi shu qadar fusunkor, shu qadar
jozibali, unda hal etilmagan masalalar, orzular,
qahramonona ishlar juda ko‘p, lekin bu hikoya-
lar faqat oddiy hayot ikir-chikirini tasvirlash bi
lan cheklanib qolgan. Martin hayotning qudrati
va ulugVorligini, uning harorati va hayajonini,
uning isyonkor ruhini his qilardi - mana shu-
tilidan
lar to'gVisida yozish kerak edi! U xatarli ishga
bel boglagan dovyurak kishilarni, muhabbat
shaydosi bolgan yigitlarni, dahshat va iztiroblar
ichida jang qilib, qudratli bilak kuchlari bilan
hayotni larzaga keltiradigan azamatlarni taran-
num etishni istardi. Vaholanki, jurnallardagi
hikoyalarda qandaydir mister Betlerlar, dollar-
ga tuzoq qo*ygan ayanchli kishilar madh etilar,
nokas, ahamiyatsiz odamlaming arzimas ish-
qiy iztiroblari tasvirlanardi. «Bunga sabab, balki
muharrirlaming o‘zi arzimas odamlardir? - deb
o‘ziga o‘zi savol berardi Martin. - Yo bolmasa,
bu muharrirlar, yozuvchilar va jurnalxonlarning
hammasi hayotdan qo‘rqishadi!»
Hammadan ko'proq u muharrirlar bilan ham,
yozuvchilar bilan ham tanish bolmaganidan xi-
jolatda edi. U bironta yozuvchini bilish u yoqda
tursin, hattoki biron marta bolsin asar yozish
ga urinib ko‘rgan odamni ham bilmasdi. U bilan
suhbatlashadigan, unga bama’ni maslahat berib,
yol-yo‘riq ko'rsatadigan odam yo‘q edi. U hatto
muharrirlaming jonli odamligiga ham shubha
qila boshladi. Martinning tasawurida ular al-
laqanday mashinaning vintlari yoki richaglariga
obcshardi. Ha, ha, aynan shu qiyofada. Martin o‘z
hikoyalari, ocherklari va dostonlariga dilidagilar-
ni yozardi-yu, ulami mashinalar ixtiyoriga yubo-
rardi. U qolyozmasini va javob maktubi uchun
kerak boladigan markani kattakon konvertga
solib, uning og‘zini berkitardi-da, pochta qutisiga
tashlardi.
Do'stlaringiz bilan baham: