Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

*

Jek  London

^

4



^

 

------



y o l  ochishga  sizda  ehtiyoj yo‘q.  Bu  haqda otan- 

giz jon kuydiradi.  Kiyim-kechaklaringiz uchun u 

pul tolaydi,  sizga aloqador bolib qolgan hamma 

ishni  ham  otangiz  bajaradi.  Biz,  ya’ni,  siz ham, 

men ham, Artur ham, Norman ham olgan tahsili- 

mizdan  nima  foyda?  Bizga  «umumiy  madani- 

yat»ni  keragidan  ortiq  tiqishtirib  tashlashgan, 

bordi-yu,  otalarimiz xonavayron bolishsa,  unda 

maktab  muallimi  bolish uchun imtihon berish- 

dan boshqa hech ilojimiz qolmas  edi,  shekilli.  U 

chog‘da Ruf, juda nari borsa, qishloq muallimasi 

yoki  xotin-qizlar  pansionida musiqa muallimasi 

bolishi mumkin edi.

-  Siz o'zingiz nima qilardingiz? -  deb so'radi Ruf.

-  Tuzukroq  ish  qayda.  Kuniga bir yarim  dol- 

larcha topish uchun qora ishga yollanardim yoki 

tavakkal  qilib,  Xenli  maktabiga  repetitor  bolib 

yollanardim-da,  zehni  past  bolalami  imtihonga 

tayyorlardim,  «tavakkal qilib»  deyayotganimning 

boisi  shuki,  bir  haftadan  keyin  muallimlikka 

mutlaqo yaramasligimni aytib, haydab yuborish- 

sa kerak deb о у  layman.

Martin  gapga  jimgina  quloq  solib  o'tirardi; 

u  Olnining  haqligini  sezar,  lekin  ayni  paytda 

uning  Rufga  nisbatan  betakalluflik  qilayotgani- 

ni  qoralardi.  Shu  munozara  paytida  uning  mi- 

yasida  muhabbat  haqida  yangi  fikrlar  tuglldi. 

Aql  muhabbat  masalalariga  aralashmasligi  ke­

rak.  Sevgan  yoring  to‘g‘ri  mulohaza  qilyaptimi, 

yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q. Muhabbat aqldan 

yuksakdir.  Martin  uchun  mansabning  naqadar 

zarur ekanligini Ruf tushunmayotganga o'xshar- 

di,  lekin tushunmasa ham latofati kamaymasdi.



Martin  Iden

171

U  g‘oyat  latofatli  qiz,  lekin  oyiayotgan 

ning o‘z latofatiga aslo daxli yo‘q edi.

-  Nima  dedingiz?  -   deb  so'radi  Martin  Olni- 

dan,  Olni  to‘satdan  savol  berib,  uning  xayolini 

bolgan edi.

-  Nahotki  tentaklik  qilib,  lotin  tilini  ham 

o‘rgansangiz deb so'radim.

-   Lotin  tili  kishini  madaniyatli  qilibgina  qol- 

maydi,  -   deb  gapni  boldi  Ruf,  -   u  yana  aqlni 

rivojlantiruvchi mashg4ilot hamdir.

-  Xo'sh,  nima deysiz Martin,  lotin tilini o‘rga- 

nasizmi? -  deb talddlab so‘ray boshladi Olni.

Martin  noiloj  ahvolga  tushib  qolgan  edi.  Ruf 

uning javobini sabrsizlik bilan kutayotgan edi.

-  Vaqtim  bolmas  deb  qo‘rqaman,  -  javob  qil- 

di Martin nihoyat,  -  u tilni o‘rganardim-u,  lekin 

vaqtim yetmaydi-da.

-  Ko‘rdingizmi,  «umumiy madaniyat»ingizning 

Martinga aslo keragi yo‘q! -  dedi Olni shodlanib.

- U hayotda muayyan narsaga erishishni, odam­

lar qatoriga kirishni istaydi.

-   Ha,  lekin  bu  aqlni  rivojlantiruvchi  mash- 

g4ilot-ku,  bu  -   intizom!  Lotin  tili  aqlni  intizom- 

ga soladi! -  Ruf shu  so'zlarni aytarkan,  go у  о o‘z 

fikringizni o‘zgartiring deb iltimos  qilayotganday 

Martinga boqdi. -  Futbolchilarning о “yin oldidan 

mashq qilishini  ko‘rganmisiz?  Lotin  tili  ham  ta- 

fakkur ahli uchun shunday zaruriy narsa.  Bu -  

mashq.


-  Qanday bema’nilik!  Bu gapni bizning miya- 

mizga bolaligimizda quyishgan edi!  Lekin  shun­

day bir haqiqat borki, uni o‘z vaqtida miyamizga 

quyishni unutishgan. U haqiqatni o‘z aqlim bilan

narsasi-



topdim,  -   Olni  hozir  aytmoqchi  bolgan  gapidan 

tinglovchilar kuchliroq ta’sirlansin uchun sukut- 

ga toldi,  so‘ng  tantanali vaziyatda dedi:  -  Jentl- 

men  lotin  tilini  o'rganishi  kerak,  lekin jentlmen 

uni bilishi kerak emas.

-   Bu  insofdan  emas!  -   deb  qichqirib  yubordi 

Ruf. -  Hamma gapni hazilga yo‘yishingizni bilgan 

edim.


-   Lekin  hazilimning bama’niligini  e’tirof etar- 

siz!  -   deb  e’tiroz  bildirdi  Olni.  -   Boz  ustiga  bu 

haq  gap.  Lotin  tilini  faqat  dorixona  xodimlari, 

advokatlaru  lotin  tili  muallimlarigina  bilishadi. 

Agar Martin dorixonada ishlamoqchi yo advokat 

bolmoqchi  bolsa,  men  tilimni  tiyaman.  Lekin 

u  holda,  bunga  Gerbert  Spenserning nima dax- 

li  bor?  Martin  endigina  Spensemi  topib,  undan 

benihoya hayajonlangan.  Nega?  Negaki  Spenser 

unga biron ma’naviy ozuqa beradi. Sizga Spenser 

hech nima berolmaydi,  menga ham.  Keyin bizga 

hech nimaning keragi ham yo‘q.  Siz bir kun ke­

lib,  turmushga  chiqasiz,  mening  esa,  umuman, 

hech  qanday  qiladigan  ishim bolmaydi,  chunki 

men uchun hamma ishni har xil ishonchli vakil- 

lar  va  ish  boshqaruvchilar bajaradi,  ular  otam- 

dan  menga meros  bolib  qoladigan  sarmoyaning 

g'amini yeydilar.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish