10
Olamni va uning qonuniyatlarini bilish mumkinligini
inkor etuvchi falsafiy oqim.
Martin Iden
167
zuvchilarning asarlarida Spenser fikri
ganini ko'rardi. Martin qancha ko'p shug'ullan-
sa, uning ko‘z oldida ilmning tadqiq etilmagan
sohalari shuncha ko'p namoyon bo la boshladiki,
u bir sutkaning atigi yigirma to‘rt soatdan iborat
ekanligiga afsus qila boshladi.
Bir kuni vaqtni tejash maqsadida algebra bilan
geometriyadan voz kechishga ahd qildi. Trigono-
metriyani esa o'rganishga hali kirishmagan ham
edi. Keyin dars jadvalidan ximiyani ham o'chirib
tashlab, faqat fizikani olib qoldi.
- Men mutaxassis emasman-ku, - dedi u Ruf
ga o'zini oqlash uchun vaj axtarib, - undan ke
yin, men mutaxassis bolmoqchi ham emas man.
Chunki fanlar shu qadar ko‘pki, ulami o'rga-
nish uchun bir kishining umri yetmaydi. Men
umumiy malumot olmoqchiman. Agar maxsus
bilim kerak bolib qolsa, kitoblarga murojaat qi-
lishim mumkin.
- Lekin bu ilmlarni kishining o‘zi egallagani
boshqa, - deb e’tiroz bildirdi qiz.
- Nima keragi bor ulami egallashning? Biz
har doim mutaxassislardan foydalanamiz. Ular
shuning uchun ham keraklar-da. Mana, bugun
uyingizga kirib, mo'ri tozalovchilar ishlayotgani-
ni ко'r dim. Ular ham mutaxassis, ular o'z ishi-
ni bitirib ketgandan keyin, pechning tuzilishini
mutlaqo bilmagan holda, tozalangan mo'ridan
foydalana boshlaysiz.
Yo'q, bu juda o'rinsiz o'xshatish!
Qiz unga norozi qiyofada boqdi, Martin uning
ko'zlari va ovozida ta’na alomatini sezdi. Lekin
yigit o'zining aqliga qat’iy ishongan edi.
tasdiqlan-
Jek London
~
'
'
- Umumiy masalalar to‘g‘risida mulohaza yu-
ritgan barcha mutafakkirlar, jamiki aql-idrok
sohiblari, aslida, ayrim masalalar bo^icha doi-
mo mutaxassislaxning fikrlariga asoslanganlar.
Gerbert Spenser ham aynan shunday qilgan. U
ming-minglab tadqiqotchilarning kashfiyotlari-
ni umumlashtirgan. Agar ularning hammasini
o‘zi o'zlashtirmoqchi bolsa, unga ming kishining
umri kerak bolardi. Darvin ham xuddi shunday
ish tutgan. U boglDonlar va chorvadorlaming taj-
ribalaridan foydalangan.
-
Siz haqsiz, Martin, - dedi Olni, - siz o'zin-
gizga nima kerakligini bilasiz, lekin Ruf bilmay-
di. U hatto shaxsan o‘ziga ham nima kerakligini
bilmaydi. Ha, ha, - deb davom etdi u Rufning
e’tiroz bildirishiga yol qoymay. - Bilaman, siz
buni umumiy madaniylik deb ataysiz. Lekin
agar maqsad shu umumiy madaniylikka eri-
shish bolsa, nimani o'rgansang baribir emasmi?
Siz fransuz tilini o'rganishingiz, nemis tilini yoin-
ki esperantoni o'rganishingiz mumkin, baribir,
o‘sha «umumiy madaniyat» deb atalgan narsaga
muyassar bolasiz. Yo bolmasa lotin tili va yunon
tili bilan shugHillaning. Rost, bu tillaming na uni-
si, na bunisi hech qachon sizga kerak bolmay-
di, ammo sizni madaniyatli qilishi muqarrar.
Axir ikki yil burun Ruf eski ingliz tilini o'rgangan
edi, hatto juda muvaffaqiyat bilan o'rgangan edi,
endi bolsa o‘sha o'qiganlaridan bir misragina
she’r esida qolgan, xolos: «Aprel kelib, yomg'ir-
lar yog‘di». Shunday edi, shekilli? Ana shu misra
tufayli siz «umumiy madaniyat» sohibi boldingiz,
- deb kulib yubordi yana Rufning e’tiroz bildi-
Martin Iden
169
rishiga imkon bermay, - bilaman, bilaman.
biz bir kursda o‘qirdik-ku.
- Siz madaniyat haqida shunday gapirasizki,
go у о u maqsad emas, balki bir vositaday nar
sa! - dedi Ruf. Uning ko‘zlarida o‘t chaqnadi,
yonoqlarida ikki dona qirmizi xol paydo boldi. -
Madaniyatning qimmati o‘zi bilan.
- Lekin Martinga bu kerak emas.
- Siz qayoqdan bilasiz?
- Siz nima istaysiz, Martin? - deb so‘radi Olni
shartta u tomonga burilib.
Martin juda o‘ng‘aysizlanib ketib, Rufga yolvo-
ruvchi bir tarzda tikildi.
- Ha, aytavering, nima istaysiz, - dedi Ruf. -
Javobingiz bahsimizni hal qiladi.
- Albatta, madaniyiik zarur menga, - dedi
Martin taraddudlanib. - Men go'zallikni yaxshi
ko‘raman, madaniyat esa go'zallikni yaxshiroq
anglashga, uni qadrlashga o‘rgatadi.
Ruf g'olibona qiyofada bosh irg‘adi.
- Bolmagan gap! Buni o‘zingiz yaxshi bilasiz,
- deb gapira boshladi Olni. - Martin madaniyatli-
likka emas, mansabga intilyapti. Uning hayotida
mansabning madaniyatga bogliqligi oddiy taso-
dif, xolos. Agar u kimyogar bolishni istagani-
da, unga madaniyatning hech keragi bolmas-
di. Martin yozuvchi bolishni xohlaydi, lekin Ruf
ba’zida yengilib qolmasin deb, niyatini aytgani
qo'rqyapti. Nima uchun Martin yozuvchi bolish
ni istaydi? - deb davom etdi u. - Chunki uning
puli yo‘q. Nima uchun siz eski ingliz tili va jamiki
boshqe «umumiy madanivat»ingiz bilan boshin-
gizni qotirdingiz? Chunki hayotda o'zingiz uchun
Axir
Do'stlaringiz bilan baham: |