Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin  Iden

163

uiar  orasidagi  munosabatni 

ko'ngli  tinchimas  edi.  Shunday  qilib,  muhab- 

bat,  she’riyat,  zilzila,  olov,  chinqiroq  ilon,  ka- 

malak,  qimmatbaho  toshlar,  bedavolik,  qu- 

yosh  botishi,  sherning  na’rasi,  yorituvchi  gaz, 

vahshiylik,  go'zallik,  qotillik,  richaglar,  tayanch 

nuqtasi  va  tamakilar  orasida  aloqa  mavjudligi 

aniqlandi.  Endi butun koinot uning ko‘z oldida 

bir butun holida gavdalandi, endi bu koinotning 

tor  ko‘chalari,  so‘qmoqlari  va  chakalakzorlari- 

da,  nomalum maqsad sari sirli chakalakzorlar- 

ni yorib o‘tib borayotgan sayoq yolovchi singari 

emas, balki hech narsani ko‘zdan qochirmaslik- 

ka urinuvchi va har bir ko‘rgan narsasini xarita- 

ga ko‘chiruvchi  tajribali  mushohadachi  sayyoh 

sifatida  kezib  yurardi.  U  qancha  ko‘p  narsani 

o‘rgansa, olamdan, o'zining bu dunyodagi hayo- 

tidan shuncha ko‘p zavqlanardi.

-  


Voy, galvars-e! -  deb qichqirardi u ko‘zguda- 

gi o‘z aksiga, -  yozuvchilik qilging keldi, yozding 

ham,  ammo  yozadigan  narsangning  tayini  yo‘q 

edi-ku!  Xo'sh,  nimang  bor  edi?  Go'zallik  haqi­

da  go'daklik  tushunchasi,  xom-xatala  hislar, 

g‘ira-shira  tasawurlar,  jaholat  zulmati  va  mu- 

habbat  tuyg4isidan  yorilayozgan  yurag-u,  yana 

shu  muhabbating  singari  ulkan  va  jaholating 

singari  umidsiz  izzat-nafsing  bor  edi.  Yana  sen 

yozuvchi bolmoqchimiding? Lekin nima to‘gVida 

yozish  kerakligini  endi  tushunyapsan-ku.  Sen 

go'zallik  bunyod  etmoqchi  bolding,  о‘zing  esa 

go'zallikning  tabiati  haqida  hech  nima  bilmas- 

ding. Sen hayot haqida yozmoqchi bolding, о‘zing 

esa uning mohiyatidan bexabar eding.  Sen dun-

aniqlamaguncha




yo  haqida yozmoqchi bolding,  ammo bu  dunyo 

sen  uchun  bir  muammo  edi;  shuning  uchun, 

nima  to'g'rida  yozsang  ham,  nodonligingni  bir 

karra  isbotlagan  bo larding.  Lekin  xafa  bolma, 

inim  Martin!  Sen  hali  ko‘p yozasan.  Hozir ham 

ba’zi  narsalami  bilasan,  lekin  sen  endi  to'g'ri 

yoldan ketyapsan, yaqinda yana ko‘p narsalar- 

ni  o'rganib  olasan.  Agar  omading  kelsa,  vaqti 

kelib,  bilish  kerak  bolgan  narsalarning  deyar- 

li  hammasini  bilib  olasan.  Ana  o‘shanda  yoza 

boshlaysan!

Martin  o‘z  quvonchi  va  taajjubini  Ruf  bilan 

baham ko'rish ehtiyoji tugllganini his qilib,  o‘zi- 

ning buyuk kashfiyotini qizga bayon qildi.  Lekin 

Ruf bunga juda xotirjamlik bilan quloq soldi, af- 

tidan,  bulaming  hammasini  oldindan  bilar  edi. 

Shuning  uchun  ham  Martinni  talvasaga  solgan 

narsaga  qizning  bu  qadar  loqayd  munosaba- 

ti  yigitni  ajablantirmadi,  bu  o'rinda  qiz  uchun 

hech qanday yangilik yo‘qligini tushunardi. Mar­

tin  bildiki,  Artur  bilan  Norman  tadrijiy  takomil 

nazariyasi  tarafdori  ekanlar  va  ikkovlari  ham 

Gerbert  Spensemi  o'qigan  ekanlar,  ammo  ular- 

da Spenser Martinga ta’sir qilganday zo‘r taassu- 

rot  qoldirmaganga  o'xshardi,  ko‘zoynak  taqqan, 

sochlari paxmaygan yigitcha esa (uning ismi Vill 

Olni  edi),  Spenseming  nomi  tilga  olinganda  za- 

harxanda kuldi va Martin ilgari eshitgan achchiq 

kinoyani  takrorladi:  «Nimaligini  bilib  bolmay- 

digan  narsadan  boshqa  xudo  yo‘q,  Gerbert 

Spenser esa uning payg‘ambari».

Lekin  Martin  uning  bu  kinoyasiga  ahamiyat 

bermadi,  chunki  u  Olnining  Rufga  hech  ham

-*64 


j ek  London

------------------------- ------------------------------------- —




Martin  Iden

165

oshiq  emasligini  seza  boshlagan  edi. 

lik  har  turli  mayda  dalillarga  asoslanib,  Olni- 

ning  Rufga  nainki  oshiq  emasligi,  hattoki  qizni 

ochiqdan-ochiq yoqtirmasligini bilib oldi.  Martin 

bunga tushuna olmasdi. Bu shu qadar noyob ho- 

disa ediki, Martin bu hodisani koinotdagi boshqa 

hodisalarga  hech  boglay  olmadi.  Hatto  Martin­

ning bu yigitga rahmi ham kela boshladi, aftidan, 

yigitda mavjud  bolgan  allaqanday jismoniy illat 

Rufning  latofati va  go‘zalligini  qadrlashiga xalal 

berayotgan bolsa kerak. Ular yakshanba kunlari 

ko'pincha birgalikda velosipedda sayrga chiqar- 

dilar,  shu  sayr  paytlarida  Ruf bilan  Olni  do‘st 

ko'rinsalar  ham,  Martin  ularning  qoyinlarida 

tosh  borligini  angladi.  Olni  ko'proq  Norman  bi­

lan do‘stona aloqada bolar, Rufni esa Artur bilan 

Martinga topshirar,  buning uchun  Martin  Olni- 

dan behad minnatdor edi.

Yakshanba  kunlari  Martin  uchun  ikki  qatla 

bayram  edi,  chunki  bu  kunlar  uning  Ruf bilan 

uchrashishiga  imkon  berardi;  bundan  tashqa- 

ri,  uni  qizning  sinfiga  mansub  yigitlar  bilan  bir 

qatorga qo'yardi. Bu yigitlar muntazam ravishda 

tahsil olgan bolsalar ham,  Martin aqliy jihatdan 

o'zining ulardan  sira  ham  keyinda  qolmaganini 

ko‘rardi; ular bilan qilinadigan suhbat esa Martin 

uchun  og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun  taj ri­

ba maktabi vazifasini o'tardi. U o‘zining kuzatuv- 

chanlik  qobiliyatiga  ishonib,  ko'pdan  beri jami- 

yatdagi  axloq-odob  qoidalari  haqidagi  qollan- 

malarni o'qimay qo^gan edi. U suhbat mavzuiga 

berilib  ketib,  hamma  narsani  unutib  yuborgan 

paytlarini  mustasno  qilganda,  o‘z  hamrohlari-

Keyincha-



ning xatti-harakatini doimo zo‘r e’tibor bilan ku- 

zatar  va  ulaming  o‘zaro  munosabatlaridagi  har 

turli  mayda-chuyda  tafsilotlami  xotirlab  qolish- 

ga harakat qilardi.

Spenserni,  umuman, juda  oz  mutolaa  qilish- 

lari  Martinni  ajablantirardi.  «Gerbert  Spenser,  -  

dedi  kutubxonaning  malumot  bolimida  ishlay- 

digan  xodim,  -   o,  g'oyat  zo‘r  zakovat  sohibi  u». 

Lekin ko‘rinishidan,  kutubxonachining o‘zi ham 

bu  buyuk  zakovat  sohibining  asarlarini juda  oz 

o'qiganga o'xshardi. Bir kuni Martin Morzlarniki- 

da  ovqat ustida mister Betler huzurida  Spenser 

haqida  gap  ochib  qoldi.  Mister  Morz  ingliz  fay- 

lasufining agnostitsizm10ini qattiq qoraladi, lekin 

ayni vaqtda uning «Asosiy manshalar»ini o‘qima- 

ganligini  e’tirof etdi;  mister  Betler  esa,  Spenser 

kishining  yuragini  siqib  yuboradi,  shu  sabab- 

dan  uning  asarlaridan  bir  satrini  ham  o'qima- 

ganman,  ammo o‘qimagan bolsam ham,  o‘zimni 

juda  yaxshi  his  qilyapman,  deb  ajrtdi.  Martin­

ning dilida shubha tug‘ila boshladi, agar o‘ta da- 

rajada o'ziga xos odam bolmaganda,  kim bilsin, 

ko‘pchilikning mulohazasiga quloq osib, bundan 

buyon  Spenserni  mutolaa  qilishdan  voz  kech- 

gan bolarmidi. Lekin Spenserning dunyoqarashi 

Martinga  shu  qadar  ishonarli  bolib  tuyulgan 

ediki,  undan voz kechish dengizchining kompas 

bilan  xaritani  suvga  uloqtirishi  bilan  baravar 

gap  edi.  Shuning uchun  Martin tadrijiy takomil 

nazariyasini  o‘rganishda  davom  etar,  bu  ilmni 

tobora chuqurroq egallar va minglab boshqa yo-

^66 


Jek  London

-—


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish