Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin  Iden

183

Lekin  siz  juda  yaxshi  gapiryapsiz,  -   deb 



takidladi  Ruf,  -   shu  qisqa vaqt  ichida buncha- 

lik  gapirishni  o‘rganib  olganingizdan  taajjubda- 

man.  Mister  Betler  -   hammaga  manzur  bolgan 

notiq.  Shtat  qo‘mitasi  doirn  saylov  oldi  kampani- 

yasi paytida uni nutq so‘zlashga da Vat etib  tura- 

di.  Lekin  siz anovi  kuni ovqat paytida undan yo- 

mon  gapirmadingiz.  Faqat  u  o'zini  bosib  gapira 

oladi. Siz juda qiziqqonsiz; hali siz ham asta-sekin 

o'zingizni tutib  olasiz.  Siz juda yaxshi notiq bolib 

ketishingiz  mumkin.  Juda katta muvaffaqiyatlar- 

ga erishishingiz mumkin...  agar xohlasangiz.  Siz- 

da qandaydir  bir  sir bor.  Shunga qaraganda,  siz 

ommaga  bosh  bolishingiz  mumkin,  men  bunga 

aminman.  Siz yolingizga g‘ov bolgan har qanday 

qiyinchilikni xuddi grammatikani o'zlashtirganday 

yengib  olishingiz  mumkin.  Taniqli  advokat  yoki 

siyosiy  arbob  bolishingiz  mumkin.  Mister  Betler 

erishgan  muvaffaqiyatga  erishishingiz  uchun  siz- 

ga hech nima xalal bera olmaydi. Erishgandayam, 

oshqozoningizni kasal qilmasdan erishasiz,  —

 deb 

tabassum bilan ilova qildi Ruf.



Ular  hamon  suhbat  qilib  o‘tirardilar;  Ruf o‘z 

odati bo“yicha o‘qishning zarurligi haqida yotig'i 

bilan,  ayni  vaqtda,  talabchanlik  bilan  gapirar, 

lotin  tilini  ilmning  har  bir  sohasida  eng  asosiy 

negiz  vazifasini  o‘tashini  talddlardi.  U  inson- 

ning,  xususan,  erkak kishining eng mukammal 

namunasi  qanday  bolishini  Martinga  tasvirlab 

berdi;  bu kamolot namunasi  butunicha o‘z  ota- 

sidan ko'chirib,  unga mister Betlerning ba’zi bir 

xususiyatlari ilova qilingan edi.  Martin chalqan- 

cha  tushib  yotib,  Rufning  gaplarini  tinglarkan,



184

Jek  London

uning  dudoqlari  harakatini  kuzatishdan  huzur 

qilar,  biroq  qizning  aytayotganlarini  mutlaqo 

singdirmasdi.  Ruf tasvirlab  bergan  istiqbol  uni 

qiziqtirmasdi, shunga ko‘ra u umidsizlikdan pin- 

hona  g4issa  chekarkan,  ayni  vaqtda,  shiddatli 

ishq  azobi  uni  o'rtardi.  Qiz  uning  adabiy  faoli- 

yati haqida lom-mim demadi,  Martin olib kelgan 

qolyozmalar yerda unutilib yotardi.

Nihoyat,  suhbat uzilib qolgan paytlardan biri- 

da  Martin  quyoshga  tikilib,  uning  ufqda  yetib 

kelishiga  qancha  qolganini  chamalab  ko‘rdi-da, 

qolyozmalarini yig'ishtira boshladi, shu harakati 

bilan u qolyozmalar borligini Rufga eslatgan edi.

-  

Voy,  esimdan  chiqibdi-yu,  -   dedi  Ruf  sho- 



sha-pisha,  -   o‘qib  bersangiz,  jon-jon  deb  eshi- 

tardim!


Martin  unga  o'zining  eng  yaxshi  ko'rgan  hi- 

koyasini  o‘qib  berdi.  Hikoyaga  «Hayot  sharobi» 

deb  nom qo^ygan edi.  Martin hikoya yozayotgan 

chog'ida uni mast qilgan o'sha sharob,  endi shu 

hikoyani o'qiyotgan chog'ida yana miyasiga urdi. 

Ajoyib mavzuda yozilgan bu hikoyada o‘ziga xos 

bir nafosat ruhi mavjud edi, ammo Martin tumta- 

roq so‘zlar va iboralar bilan bu nafosatni yanada 

kuchaytirishga uringandi.  U  hikoya yozayotgan 

chog'da lovillab yonib turgan ilhom alangasi ho­

zir ham uni qurshab  olgan  edi,  shuning uchun 

u  o‘zining  hech  qanday  nuqsonini  sezmasdan, 

zo‘r ehtiros bilan o‘qirdi. Lekin hikoyaga Rufning 

munosabati  tamomila  boshqacha  edi.  Hikoya- 

ning barcha zaif tomonlari, barcha mubolag‘alar, 

yosh  qalamkashlargagina  xos  bolgan  haddan 

ziyod  shavq-zavq,  juda  ko‘p  yerda jumlalardagi



Martin  Iden

185

hamohanglikning buzilishi darhol Rufning 

quloqlariga  chalindi.  Ochigl,  u  Martinning  hi- 

koyasida ohangdorlik yo‘qligini sezdi,  dabdabali, 

salmoqdor  jumlalar  bundan  mustasno  edi,  al- 

batta;  ammo  aynan  shu jumlalarning yuzakiligi 

Rufning  g'ashiga  tegdi.  «Diletantizm»11 -   qizning 

bu asarga bergan qat’iy bahosi shu edi,  lekin bu 

fikmi  aytmadi.  Aksincha,  u  bor-yo‘g‘i  bir necha 

mayda kamchiliklami tilga olib, umuman,  hiko- 

yani o‘ziga yoqqanligini aytish bilan kifoyalandi.

Lekin Martinning hafsalasi pir boldi.  Qiz haq- 

li tanqid  qildi,  Martin buni  e’tirof etmay iloji edi, 

ammo hikoyasini unga mayda-chuyda kamchilik- 

lami  tuzatish uchun  o'qimagan  edi-ku.  Gap  taf- 

silotda emas.  Buning hammasini tuzatsa boladi. 

Vaqti  kelib,  uning  o‘zi  mayda  nuqsonlami  pay- 

qaydigan,  hatto ularga yol qo'ymaydigan boladi, 

albatta. Lekin u o‘z hikoyasida ulkan, jonli hayot- 

ning  bir  qismini  ifodalamoqchi  bolgan  edi-ku. 

Martin  Rufga nuqta va vergullar bilan  ajratilgan 

bir qator jumlalami emas, balki ana shu jonli ha- 

yotning bir qismini ко‘rsatmoqchi edi.  Martin o‘z 

ko‘zi  bilan  ko‘rgan,  o‘z  tafakkuri  bilan  anglagan 

va o‘z qollari bilan mashinkada bosgan mana shu 

satrlardagi ulkan va muhim narsalami Ruf ham 

anglashini istardi.  Aftidan,  bu  istagimga muyas­

sar bolmadim,  shekilli,  deb  o^ladi u.  Balki mu- 

harrirlar  chindan  ham  haqdirlar.  U  hayotning 

ulkan,  muhim jihatlarini  mushohada  qilardi-yu, 

ammo uni  so‘z bilan ifodalashga qodir emas  edi. 

Natijada,  Martin hafsalasi pir bolganini yashirib, 

qizning tanqidiy mulohazalariga shunday osonlik

otkir



Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish