Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

ragЪatlantirmasdi.

olardi



Martin Iden

179

Martin  unga  yozganlarini  biron  marta 

ko'rsatmagan  edi.  Allaqanday  andisha  yolini 

to‘sib  turardi;  bundan  tashqari,  u  qizning  uni- 

versitetda  bandligini  bilgani  uchun  uning  vaq- 

tini  olishni  o‘ziga  ep  ko‘rmasdi.  Lekin  imtihon- 

lar tamom  bolgandan  keyin  Rufning  o‘zi uning 

asarlaridan birontasini o‘qishni istaganini bildir- 

di.  Martin  ham  sevinib,  ham  qo‘rqib  ketdi.  Ruf

- haqiqiy hakam.  U  san’atshunos.  U  adabiyotni 

professorlar qol ostida o‘rgangan.  Ehtimol, mu- 

harrirlar  ham  tajribali  hakamlardir,  lekin  Ruf 

boshqa, u Martinning asarlariga boshqa ko‘z bi­

lan qaraydi. U Martinga bosma blankka yozilgan 

rad javobini yubormaydi, hikoyalaringizning ijo- 

biy xislatlarga  boy  bolishiga  qaramay,  afsuski, 

mazkur  nashriyotda  bosa  olmaymiz  deb  xabar 

qilmaydi.  Ruf  unga  insoniy,  jonli  til  bilan  o‘z 

fikrini  izhor  qiladi,  eng  muhimi -   Ruf,  nihoyat, 

chinakam Martin Idenni ko‘radi.  Qiz Martinning 

asarlarida uning dili va qalbini his qiladi, uning 

nimalarni  orzu  qilishini  va  nimalarga  qodir 

ekanligini  ozgina  bolsa  ham,  qittakkina  bolsa 

ham anglab oladi.

Martin hikoyalaridan bir nechasini tanladi-da, 

bir  oz  taraddudlanib  turgandan  keyin,  yana 

«Dengiz  qo‘shiqlari»ni  ham  ilova  qildi.  Jazirama 

iyun kunlarining birida u Ruf bilan velosipedlar- 

ga  minib,  shahar  tashqarisidagi  tepalik  tomon 

jo‘nab ketishdi.  Qiz bu yerni yaxshi ko'rardi.  Bu 

ularning  ikkinchi  marta  birga  sayr  qilishi  edi. 

Ular kunning taftini pasaytiruvchi dengiz shaba- 

dasiga yuzlarini  tutib,  velosipedda  ketib  borar- 

kanlar,  Martin olamning go'zalligini, yashash va

ham



180

Jek  London

qanday soz ekanligini butun vujudi bilan 

his qila boshladi. Ular velosipedlarini yol yoqasi- 

ga qo'yib,  o'zlari qo‘ng‘ir tepa boshiga chiqishdi; 

quyoshda jizg'anak bolgan o‘t-olandan yaqinda 

o'rilgan  pichanning  quruq  xushbo^  hidi  gurki- 

rab dimoqqa urildi.

-  


Bu  o'tlar  o'z vazifasini  о‘tab  bolgan,  -   dedi 

Martin  yerga  o‘tirishgandan  keyin.  Ruf  uning 

kurtkasiga,  u  esa to'ppa-to'g'ri  issiq yerga  o'tir- 

gan edi.


Martin  kishini  mast  qiluvchi,  yoqimli,  xush- 

boV  hidlardan  to'yib-to'yib  nafas  olarkan,  shu 

zahotiyoq  odati  bo'yicha  xususiy  hodisalardan 

umumiy va  asosiy  hodisalarga  o‘tib,  fikr yurita 

boshladi.

-  


O'zining hayotiy vazifasini o'tab  boldi bu,  -  

deb  gapida  davom  etdi  Martin  oftobda  qovjira- 

gan o'tlami mehribonlik bilan silarkan, -  qishki 

yog'in  suvini  shimirib,  bahorning  ilk  bo'ronlari 

bilan  kurashdi,  gullab  qumursqa-yu,  bolarilar- 

ni o'ziga jalb  etdi, uruglarini shamolga sovurib, 

atrofga taratdi,  endi esa tabiat oldida o'z vazifa­

sini o'tab bolib...

-   Nima  uchun  siz  hamma  narsaga  ko'ngilni 

xira  qiladigan  bunday  amaliy  nuqtai  nazardan 

qaraysiz? -  deb Ruf uning so'zini boldi.

-   Tadrijiy  takomil  nazariyasini  o'rganayot- 

ganimdan  shunday  bolsa  kerak.  Ochig'ini  ayt- 

ganda,  men  hamma  narsaning  asl  mohiyatini 

yaqinginada anglay boshladim.

-   Lekin,  mening  nazarimda,  siz  ana  shu 

amaliy  nuqtai  nazaringiz  tufayli  go'zallikni  tu- 

shunmay  qolayotganga  o'xshaysiz.  Go'dak  bola

sevish




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish