198
Jek London
oyoqlari oqsardi. Uning a’zoyi badani momataloq
bolib ketgan, qollari timalgan, ba’zi timalgan
yerlari yiring boglay boshlagan edi. Uning biqin-
lari, beli, yelkalari zirqirab og‘rirdi; boshi xud-
di qo‘rg‘oshin quyib qo^ilganday garang edi. U
maktabda o“ynay olmasdi, o‘qishdan ham orqa-
da qolib ketdi. Kun bo“yi partada oliirish uning
uchun azob edi. Bu har kungi janglar boshlan-
gandan beri, nazarida, oradan necha yuz yil-
lar o'tib ketganga o'xshardi, vaqt muttasil yan
gi to'qnashishni kutish bilan, xuddi qo'rqinchli
tushday o'tardi. «Nimaga Moy Qovoqni yengib
bolmaydi?» - deb o^lardi Martin. U engilganida,
Martin jami azoblardan birvarakayiga qutulgan
bolardi. Lekin taslim bolish va Moy Qovoqning
o'zidan kuchliroq ekanligini e’tirof etish hech
xayoliga kelavermasdi.
Shunday qilib, ham ruhan, ham jisman qattiq
azob chekkan Martin matonat saboglni oldi, har
kun bosmaxona darvozasi oldiga sudralib borar
va u yerda o‘zi singari qattiq azob chekkan ashad-
diy dushmani Moy Qovoq bilan mushtlashardi;
Moy Qovoq gazeta sotuvchi bolalar oldida shar-
manda bolishni istamas edi, agar shu bolalar
gij-gijlatmaganda jon-jon deb urishga barham
bergan bolardi. Bir kuni urishning hamma qoi-
dalariga (tepmaslik, chalmaslik, yotganni urmas-
lik) rioya qilgan holda yigirma daqiqa jiqqamusht
urishishgandan keyin Moy Qovoq gandiraklab
kelib, zo‘rg‘a nafasini rostlab, jangni durang bi
lan tugatib qo*ya qolishni tavsiya qildi. Martin
hozir bu taklifni eslab lazzatlanganidan seska-
nib ketdi: u hansirab, yorilgan labidan oqqan
Martin Iden
199
qon tomog'iga tiqilib, Moy Qovoqqa
pirishiga xalaqit qilayotgan og‘zidagi qonni tupu-
rib tashladi-da: «Durangga rozi emasman, agar
Moy Qovoq holdan toygan bolsa, taslim bolsin»,
- deb qichqirdi. Lekin Moy Qovoq taslim bolishni
istamadi, jang yana davom etdi.
Ertasi kuni yana mushtlashishdi, undan ke
yin ham har kuni mushtlashaverishdi. Har sa-
far urish boshlanishi oldidan Martin badanini
zirqirab og‘riganidan qattiq iztirob chekardi,
lekin keyin og‘riq sezilmay qolar va xuddi tush
ko'rayotganday vujudi g'azabga to lib musht-
lasharkan, ko‘z oldida faqat Moy Qovoqning
keng jaglarini va vahshiy hayvonnikiga o'xshab
yonib turgan ko'zlarini ko‘rardi, xolos. U bu
tun diqqatini shu basharaga qaratar, boshqa
hech narsa ko'ziga ko'rinmas edi. Uning uchun
dunyoda shu basharadan boshqa hech nima
yo‘q edi, shuning uchun Martin shu bashara-
ni bir parcha qonli go‘shtga aylantirmaguncha,
yoki o‘z afti qonli go'shtga aylanmaguncha,
ko‘ngli tinchimasligini bilardi. Ana o'shanda-
gina mushtlashishni to'xtatsa bilardi. Lekin
Martinning durangga rozi bolishi aslo mumkin
emas edi! Nihoyat, bir kun Martin bosmaxo-
na darvozasi oldiga odatdagi vaqtda kelib, Moy
Qovoqni topa olmadi. U kelmagan edi. Bolalar,
Moy Qovoq taslim boldi, deb Martinni tabriklay
boshladilar. Lekin Martinni bu ajrim qoniqtir-
madi. U Moy Qovoqni yengmadi, Moy Qovoq ham
uni yengmadi. Ora ochilmay qoldi. Keyinchalik
bilishsa, xuddi o‘sha kuni Moy Qovoqning otasi
to'satdan о lib qolgan ekan.
tashlandi, ga-
200
Jek London
Martin xayolan bir necha yilni hatlab otdi va
o‘zini teatr galyorkasida ko'rdi. U endigina den-
giz safaridan qaytib kelgan edi, yoshi o‘n oltiga
to lib, endi o‘n yettiga qadam qolgan edi. Birdan
tomoshabinlar orasida janjal ko'tarildi. Kimdir
allakimni turtib yuboribdi. Martin janjalga ara-
lashdi-yu, birdan ko'zi eski raqibi - Moy Qovoq-
ning chaqnab turgan ko'zlari bilan to'qnashdi.
- Tomoshadan keyin seni do'pposlayman, -
deb unga shivirladi Martinning raqibi.
Martin «yaxshi» deganday bosh irg'adi. Chun
ki janjal ko'tarilgan yerga tartib noziri shoshilib
kelayotgan edi.
- Tomosha tamom bolgandan keyin eshik ol
dida uchrashamiz, - deb pichirladi Martin, o'zini
sahnadagi o'yinni berilib tomosha qilayotganga
solib.
Tartib noziri - polismen ularni bir ko'zdan ke-
chirdi-yu, nari ketdi.
- Sheriklaring bormi? - deb so'radi Martin
parda yopilganda Moy Qovoqdan.
- Bolmasam-chi!
- Unday bolsa men ham uch-to'rtta sherigim-
ni chaqiraman, - dedi Martin.
Tanaffus vaqtida u mix zavodida ishlaydigan
uchta og'aynisini, bitta o't o'chiruvchini, olti-
ta matros va Market-Stritdagi mashhur o'g'rilar
to'dasidan ham shuncha azamat yigitni chorlab,
bir to‘da tuzdi.
Tomosha tamom bolgandan keyin ikkala
to‘da ko'chaning ikki chekkasidan yurib ketdi.
Sal nariroqdagi xilvatgina tor ko'chada ular to'p-
lanishib, harbiy kengash ochishdi.
Martin Iden
201
- Eng ma’qul joy - Sakkizinchi ko‘
ko'prigi, - dedi Moy Qovoq to'dasidan malla yigit,
- ko'prikning o'rtasida elektr fonarlari yorug'ida
mushtlashasiz, biz esa fir’avnlarga13 ko‘z-quloq
bolib turamiz. Bir tomondan kelib qolishsa, ik
kinchi tomonga qochib ketamiz.
- Mayli, roziman, - dedi Martin o‘z odamlari
bilan maslahatlashib olgandan keyin.
San-Antonioning okeanga quyilish yerida-
gi tarmogl ustiga qurilgan Sakkizinchi ko'cha
ko'prigining uzunligi shahardagi uch kvartal-
ning uzunligiga teng kelardi. Ko‘prikning o'rta-
sida va ikki boshida elektr fonarlar yonib turar-
di. Bironta ham polismen bu yerga pisib kela
olmasdi. Martinning yumuq ko‘zlari oldida jang
qilish uchun qulay bolgan bu joy butun tafsilot-
lari bilan namoyon boldi. U har qaysisi o‘z jang-
chisi orqasida, bir-birlarining ro‘paralarida ado-
vat bilan xo(mrayishib turgan ikki to'dani ko'rdi.
Martin bilan Moy Qovoq bellarigacha yechinish-
di. Kuzatuvchilar ko'prikning har ikki boshiga
borib, o‘rinlarini egalladilar. Matroslardan biri
Martinning kurtkasi, koyiagi va qalpoglni qoli-
ga ko'tarib oldi, politsiya bosib kelib qolgudek
bolsa, u kiyimlarni bexavotirroq joyga olib qochi-
shi kerak edi. Martinning ko‘z oldida o'sha vaqt-
dagi o‘z qiyofasi yaqqol ko'rindi; mana, u davra
oVtasiga chiqdi, Moy Qovoqning ko'ziga tik qa-
rab, mushtini ko'targancha dedi;
- Hech qanday takallufga hojat yo‘q! Bilding-
mi? Ora ochdi bolguncha mushtlashamiz! Ba-
chaning
Do'stlaringiz bilan baham: |