Martin Iden
223
to‘g‘risida о У lay olmasdi. Uning miyasida
qa hech qanday fikr yo‘q edi ham. U hatto Ruf
ni sevish-sevmasligini ham bilmay qolgandi. Ruf
go У о yo'qday edi, chunki oglr zahmat chekkan
Martinning xotiralarga berilishga majoli yo'q,
faqat kechqurunlari o‘ringa yotayotganda yoki
ertalab nonushta paytlaridagina uning ko‘z oldi
da qizning sharpasi g‘ira-shira ko‘rinib qolardi.
- Do‘zax ham bunchalik bolmasa kerak-a,
to‘g‘rimi? - deb so‘rab qoldi bir kuni Jo.
Martin bosh irg'adi, lekin birdan asabi qo‘zib
ketganini sezdi. Bu shundoq ham malum edi.
Ular odatda ish paytida gaplashishmasdi. Suh
bat ishdan adashtirib qolardi, mana hozir ham
Martin Joning savoliga alahsib, dazmolini ikki
marta ortiqcha oborib, olib keldi.
Juma kuni ertalab kir yuvadigan mashi-
nani ishga tushirishdi. Haftada ikki marta
mehmonxonaning
dasturxonlari,
sochiqlari,
choyshab va yostiq jildlarini yuvishga to‘g‘ri ke-
lardi. Bulaming hammasini yuvib, dazmollab
bolishgach, nafis ichki kiyimlarga gal kelardi.
Bu nihoyatda mashaqqatli va charchatadigan ish
bolib, g‘oyat darajada ehtiyotlikni talab qilardi,
shuning uchun Martinning ish sur’ati shu yer-
ga kelganda sekinlashib qolardi; buning ustiga,
u xato qilib qo‘yishdan qo'rqar, chunki bunday
paytdagi xatosi unga faqat ziyon keltirardi.
- Mana buni ko'ryapsanmi? - dedi Jo, bir
siynabandni ko'rsatib, u shu qadar nafis ediki,
g'ijimlansa bir qisim bolardi, - kuydirib qo^ygin-
chi, xizmat haqingdan yigirma dollar chegirib
qolishadi.
bosh-
226
Jek London
vaqtlar terlama kasali bilan og'rigan edim.
Kasalxonada ikki yarim oy yotdim, shuncha vaqt
ichida hech narsaga qol urmadim. Juda qoyil
bolgan edi-da!
-
Ha, qoyil bolgan edi! - deb takrorladi u bir
daqiqadan so'ng oychanlik bilan.
Martin vannaga tushgani ketdi, qaytib chiq-
sa, Jo allaqayoqqa g'oyib bolibdi. Bir stakan
pivo ichgani ketgandir, deb o'yladi Martin, lekin
uni qidirgani qishloqqa borish uchun yuragi dov
bermadi. U oyoq kiyimini yechmay karavotiga
yotdi, so‘ng fikrlarini bir yerga to‘plashga urinib
ko'rdi. Kitoblarga-ku qol ham urolmadi. U juda
ham holdan toygan edi, to kechki ovqatgacha
hech narsa o'ylamasdan chala olik bolib yotdi.
Jo hali ham kelgani yo‘q edi. Martinning savoli-
ga bogljon, Jo mayxonaning peshtaxtasi oldida
ildiz otgan bolsa kerak, deb javob qildi. Kech
ki ovqatdan keyin Martin uxlagani kirib ketdi,
u ertasiga ertalab uyg'ondi; nazarida, tamomila
hordiq chiqarganday edi. Jodan esa hamon da-
rak yo‘q edi. Martin gazetaning yakshanba soni-
ni ochib, daraxt tagiga, soyaga borib yotdi. U
ertalabki paytning qanday olib ketganini ham
sezmay qoldi. Hech kim unga xalaqit qilmadi, u
uxlamadi, ammo shunday bolsa ham gazetani
o‘qib chiqa olmadi. Tushki ovqatdan keyin yana
gazetxonlikka kirishgan edi, lekin o'qib turib, bir
ozdan so‘ng uxlab qoldi.
Yakshanba kuni shu zaylda oldi, dushanba
kuni ertalab esa u astoydil berilib, kirlami nav-
larga ajratardi. Jo esa boshini sochiq bilan o‘rab
olib, soIdna-soIdna sovun qorishtirar va kir yu-
vadigan mashinani yurgizardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |