- balki muharrirlarning o‘zi tushunmayotgandir.
20S
Jek London
...........‘
"
Martin Iden
209
Yana nima istaydi ular? Ular bundan
narsalarni bosib yotishibdi-ku. Ular bosayotgan
asarlarning hammasi... deyarli hammasi mening
asarlarimdan ancha sust.
U nonushtadan keyin yozuv mashinkasini
gllofiga solib, Oklendga olib ketdi.
- Mening bir oylik qarzim bor, - dedi u gu-
mashtaga. - Xo'jayinga aytib qo tying, men ish-
ga ketyapman, qarzimni qaytib kelgandan keyin
to layman. Bir oy yo shunga yaqin vaqt ichida
qaytib kelaman.
U paromda San-Fransiskoga suzib o‘tdi-da,
to‘g‘ri vositachilik idorasiga bordi.
- Qanday ish bolsa ham baribir, ishlashga ro-
ziman, - deb Martin endi gap boshlagan edi, yan-
gi mijozning kirib kelishi uning gapini boldi; bu
yangi odam aysh-ishratga o‘rgangan ishchilarga
o'xshab jo'ngina, ammo olifta kiyingan edi.
Stol ortida o'tirgan kishi umidsizlik bilan
boshini chayqadi.
- Nahotki hech kim topilmasa! - deb so‘radi
yangi kirgan kishi. - Men shu bugunning o'zida
albatta bironta odamni topishim kerak.
U o‘girilib Martinga qaradi, Martin ham unga
qaradi-yu, ishrat bilan o‘tgan tundan keyin
bo‘zarib, ozib ketgan, ammo xiyla xushroty cheh-
rali yigitni ko'rdi.
- Ish qidirib yuribsanmi? - deb so‘radi u Mar-
tindan. - Qanaqa ishni bilasan?
- Har qanday oglr ish qolimdan keladi: den-
gizchilikni bilaman, mashinkada yozaman, le
kin stenografiyani bilmayman, ot minishniyam
beshbattar
210
Jek London
bilaman - xullas, to‘g‘ri kelgan hamma ishni
qila olaman.
Kelgan kishi «ma’qul» deganday bosh irg‘adi.
- Durust, to‘g‘ri keladi. Mening otim Douson.
Jo Douson, kirxonada ishlash uchun o'zimga
yordamchi axtaiyapman.
- Kirxonada? - ayollaming to‘r tikilgan har xil
mayda-chuyda nozik kiyim-kechaklariga dazmol
bosish haqidagi fikr Martinga juda alomat tu-
yuldi. Lekin ishga yollovchi yigitning allaqayeri
unga yoqib qoldi, shunga ko‘ra u qo'shib qo*ydi:
- umuman, kir yuvishni bilaman. Dengizda suz-
gan paytimda о ‘rganganman.
Jo Douson bir daqiqa o'ylanib qoldi.
- Menga qara, biz kelishib olsak kerak dey-
man. Gapning nima to‘g‘rida borayotganini bi-
lishni istaysanmi?
Martin tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi.
- «Qaynar Buloq» degan kurort shaharchasi-
dagi mehmonxona qoshida kichkinagina kirxo-
na bor. U yerda ishlash uchun ikki kishi kerak.
Bosh ishchi bilan yordamchi. Men bosh ishchi-
man. Har kim o‘z ishini qiladi, lekin sen menga
bo^sunasan. Qalay, rozimisan?
Martin o'ylanib qoldi. Ishning natijasi uni
qiziqtirib qo“ygan edi. Bir necha oy ishlasa - ke
yin mashg4aloti uchun yana vaqt topiladi. U ha-
lol ishlashni, jon-jahdi bilan o'qishni bilaxdi.
- Ovqatlari yaxshi, alohida xona, - dedi Jo.
Shu gap masalani hal qildi. Alohida xona
bolsa, kechalari chiroq yoqib otirishiga hech
kim xalal bermaydi.
- Lekin ish juda og'ir, - deb qo'shib qoVdi Jo.
Martin Iden
211
Martin yengi ostidan turtib turgan
larini siladi.
- Men ishdan qo'rqmayman.
- Bolmasa kelishdik!
Jo peshanasiga qolini qo^di.
- Uf, la’nati! Haligacha ko‘zim tinib, boshim
aylanyapti. Kecha juda ko‘p tortib yuboribman,
shekilli... Ha, aytganday, shartimiz bunday: Ik-
kalamizga yuz dollar pul va kvartira beriladi.
Men oltmish dollar olardim, yordamchim qirq
dollar. Lekin u yigit ishni yaxshi bilardi, sen hali
yangisan. Dastlabki paytlarda sen uchun ham
ancha-muncha ishlashimga to‘g‘ri keladi. Faraz
qilaylik, sen awaliga o‘ttiz dollardan olasan-u,
lekin bora-bora qirq dollardan oladigan bola-
san. Men tovlamayman. Ishga moslashib olib,
chinakamiga ishlay boshlaganingdan keyin qirq
dollaringni olaverasan.
- Roziman, - dedi Martin va qolini cho'zdi, Jo
uning qolini siqdi. - Faqat ozgina bay puli ber-
sangiz yaxshi bolardi. Yolkiraga, yana boshqa
xarajatlarga.
- Hamma pulimni xaijlab boldim, - dedi
ma’yuslik bilan Jo, yana peshanasini ishqalar-
kan, - faqat qaytish chiptasi qoldi, xolos.
- Men oxirgi sentimgacha ijara haqiga tola-
shim kerak.
- E, parvo qilma bunga, - deb maslahat berdi Jo.
- Ilojim yo‘q. 0 ‘z opamdan qarzman.
Jo uning ahvoliga achinganday, hushtak cha-
lib qo*ydi, chehrasidan chuqur o“yga tolganga
o^xshardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |