240
Jek London
Martin Iden
241
unga yana ham yaqinlashishni istardi. Bundan
tashqari, uning Martinga rahmi kelar, shu sa-
babli uning qalbida Martinni to‘g‘ii yolga sol-
sam degan soddagina orzular paydo bolardi. Qiz
yoldan ozgan bu yigitni qutqarmoqchi, uni qur-
shab olgan muhitdan xalos etmoqchi, yigitning
xohishiga xilof bolsa-da, uni o‘zidan qutqarmoq
chi edi. Rufning nazarida, uni bu ishga undayot-
gan narsa mavhum va oliyjanob mulohazalar
edi, shuning uchun ham bulaming hammasiga
faqat rashk va ishq istagi sabab ekanligi uning
xayoliga kelmasdi.
Kuz, havo ochiq kunlari ular ko'pincha velo-
siped minib, shahardan chetga, juda uzoqlarga
ketishardi, u yerlarda, tepaliklarda o‘tirib, kishi-
da nash’ali fikrlar uyg‘otuvchi yaxshi, ta’sirli
nazm asarlarini galma-gal ovoz chiqarib o‘qi-
shardi. Ruf unga fidoyilik, sabr-toqat, mehnat-
sevarlik xislatlarini talqin qilishga harakat qilar-
di, chunki qiz bu xususiyatlarni o‘z otasi, mister
Betler va butun dunyoni kitob bilan ta’minlayot-
gan «kitoblar qiroli»ga aylangan, ко‘chib kelgan-
da bir qashshoq bola bolgan Endiyu Karnegida
ko‘rgan edi.
Rufning bu urinishlarini Martin qadrlar edi.
U endi qizning fikr-o'ylarini xiyla yaxshi tu-
shunar, uning qalbi muhr bosilgan sirli kitob-
ga o^xshamasdi. Ular suhbatlashishar, teng
kishilardek fikrlaxini ochiq aytishardi. Bu suhbat
paytida paydo bolgan ixtiloflar Martin Rufni se-
vishiga xalal bermasdi. Yigitning muhabbati to-
bora teranlasha va zo‘raya bordi, chunki u Rufni
shu turishicha sevar, hattoki qizning jismoniy
242
Jek London
zaifligi uning ko‘zida alohida go‘zallik baxsh etar-
di. U uzoq yillar o‘midan turib bir qadam ham
yurmagan va nihoyat, unutilmas bir kun Brau-
ning bilan birga qochib, ochiq havoda dadil qa
dam tashlagan kasalmand ayol Elizabet Barret
haqida o‘qigan edi. Brauning o‘z sevgilisi uchun
nelar qilgan bolsa, Martin ham Ruf uchun shun
day qilishga bel boglagan edi. Lekin awal Ruf
unga ko‘ngil qo^ishi kerak. Qolgani osonlikcha
bolaveradi. U qizning joniga malham, beliga quv-
vat boladi. Martin Ruf bilan kelgusida turmush
qurib, birga yashashi haqida tez-tez xayol surardi.
U o‘zi bilan Rufni mehnat bilan bunyod qilingan
huzur-halovatli va farovon hayot qoynida tasav-
vur qilardi. Ular kitob o'qishadi va she’riyat haqi
da suhbat qurishadi, Ruf rang-barang yostiqcha-
larga yonboshlab yotib, ovoz chiqarib unga kitob
o'qiydi. Martinning ko‘z oldida hamisha ikkovla-
rining butun hayotlari ramzi bolgan bir man
zara namoyon bolardi. Ba’zida qiz emas, o‘zi ovoz
chiqarib o‘qiydi, bunday paytlarda u qizning be-
lidan quchoqlab oUradi, qizning jajji boshi esa
Martinning yelkasiga qoyilgan boladi, ba’zan ik-
kovlari bir kitobni ovoz chiqarmasdan o‘qishadi va
bosma satrlardan ufurib turgan butun nafosatni
yolg'iz ko'zlari bilan qamrab olishadi.
Ruf tabiat manzarasini yaxshi koVardi va
shunga ko‘ra Martinning boy tasawuri shu
ko‘ngilli voqea sodir bolayotgan sahna dekorat-
siyasini o'zgartirishga imkon berardi. Goh ular
baland tik qoyalar bilan o'ralgan vodiyda oti-
rishadi, goh bu manzara allaqayerdagi toglar
qo^nidagi chamanzorga yoki etaklariga dengiz
Martin Iden
243
tolqinlari kelib shaloplab urilayotgan xilvat
tepalarga aylanib qoladi, ba’zida u o‘zi bilan Ruf
ni tropik yurtdagi vulqonli orolda his qiladi, bu
yerda shovillab oqib tushayotgan shalolalarning
tomchilarini shamol dengizga uchirib olib keta-
di. Lekin ular, go'zal orzular sultonlari bolmish
Martin bilan Ruf, hamisha oldinda, kitob uzra
bosh egib o'tirgan holda namoyon bolar, tabiat
go'zalligi ular uchun fon vazifasini o'tardi, xolos.
Bu lavhaning ichkari tomonida ularning jahon
boyliklaridan lazzatlanishiga imkon tug'dirgan
mehnat va muvaffaqiyat hamda shu mehnat tu-
fayli orttirilgan davlat kolankalari tuman parda-
si orasidan g'ira-shira ko'zga tashlanib turardi.
- Qizginam, ehtiyot bolsang yaxshi bolardi, -
dedi bir kun Rufning onasi qiziga ogohlantiruv-
chi ohangda.
- Nima deyotganingizga tushunyapman, lekin
bu bolmagan gap. U mening...
Ruf uyalganidan qizarib ketdi, bu - hayotning
muqaddas sirlari haqida o‘z onasi bilan, ya’ni, uning
uchun muqaddas hisoblangan ona bilan umrida
birinchi bor gaplashgan qizning uyalishi edi.
- U sening tenging emas, - deb onasi qizning
gapini tamomladi.
Ruf bosh irg'adi.
- Men bunday demoqchi emasdim, lekin bu
to‘g‘ri gap. U qo'pol, beso'naqay, kuchli... Had-
dan tashqari baquwat, u yomon muhitda...
Qiz duduqlanib qoldi. Onasi bilan bunday
mavzularda gaplashish uning uchun mutlaqo
yangilik edi. Bu safar ham ona qizning fikrini ni-
hoyasiga yetkazdi.
qum
244
Jek London
- U yomon muhitda yashagan. Shunday de-
moqchimiding?
Ruf yana bosh irg'adi, yuziga qon yugurdi.
- Ha, men aynan shuni aytmoqchi edim. Bu,
albatta, uning aybi emas, lekin u haddan tash-
qari ko‘p to‘qnash kelgan...
- Hayot sarqitlarigami?
- Ha. Shuning uchun nimasi bilandir meni
xavotirga solyapti. Ba’zan o‘z boshidan kechir-
ganlami xotirjamlik bilan hikoya qila bosh-
laganda meni dahshat bosadi. Go*yo u aytayot-
gan gaplaming hech yomon tomoni yo'qdek. Le
kin bu yaxshi emas. To'g'rimi?
Ona-bola bir-birlarini quchoqlab o‘tirishar-
di, Ruf sukutga tolgan edi, ona qizining yana
gap boshlashini kutib, mehribonlik bilan qolini
siladi.
- Lekin u bilan birga bolish men uchun ma-
roqli, - deb gapida davom etdi Ruf, - birinchidan,
men unga ba’zi jihatdan vasiylik qilaman. Undan
keyin... men shu paytgacha erkaklardan hech
do‘st orttirmagan edim, aslida u menga do‘st
emas. U ayni vaqtda ham do‘st, ham shogird.
Ba’zida men undan qo'rqaman, shunda men
xuddi buldog it bilan - tishlarining oqini ko'rsa-
tib, irillab, hozir zanjirini uzib menga tashlan-
moqchi bolib turgan mana bundoq katta buldog
bilan оynashayotganga o'xshayman.
Ruf yana sukutga cho'mdi, onasi esa uning
gapirishini kutardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |