Martin Iden
245
shim uchun... xalaqit beradigan tomonlari
о z emas. Ко‘rib turibsizki, men hamma narsa
to'g'risida oyiab qo^yganman. U so'kinarkan,
chekarkan, icharkan, mushtlasharkan ham, bu
to‘g‘rida menga uning o‘zi gapirib berdi, hatto
mushtlashishni yaxshi ko‘rishiniyam aytdi. Bu
mutlaqo men orzu qilgan... - birdan qizning ovozi
so'ndi, so‘ng past ovoz bilan jumlani tamomladi:
- Men er qilishni xohlagan odam emas. Bundan
tashqari, u qo‘pol, kuchi haddan tashqari ко‘p.
Mening sevikli yorim fusunkor shahzodaga
o'xshab, xipcha bel, sarvqomat, qop-qopa sochli
detain yigit bolishi kerak. Yo‘q, xavotir olmang,
Martin Idenga ishqim tushmaydi, agar uni sevib
qolsam, eng baxtiqaro qiz bolardim.
- Men buni aytganim yo‘q, - dedi onasi muj-
mal qilib, - lekin sen uni o^ladingmi? Bunday
odam har jihatdan senga munosib emas... Agar
seni sevib qolsa, nima boladi?
- Lekin u... u meni anchadan beri sevadi! -
deb chinqirib yubordi Ruf.
- Shunday bolishi muqarrar edi, - mehribon-
lik bilan dedi missis Morz. - Axir seni bilgan
odam sevmay tura olarmidi?
- Olni meni yomon ko‘radi! - jo'shqin ovoz bi
lan dedi Ruf. - Men ham Olnini yomon ko‘ra-
man. U menga yaqin kelganida, xuddi mushuk-
dek uni timdalab olgim keladi, bilaman, u
meni yoqtirmaydi, lekin, har holda, uni yoq-
tirmasligim aniq. Martin Iden yonida o‘zimni
yaxshi sezaman. Hali hech kim meni sevmagan,
«shu qadar» sevmagan. Axir «shu qadar» sevil-
moq qanday yaxshi. Nima demoqchi bolganim-
ham
246
Jek London
ni tushunyapsizmi, oyijon? Qiz bola o'zini ayol
deb his qilishi juda ko'ngilli bolarkan... - Ruf
yuzini onasining siynasiga yashirdi. - Bilaman,
men olgudek yomonman, lekin yolg'on gapirib
nima qilaman, nima his qilayotganimni sizga
ochiq aytyapman.
Missis Morz ham xafa boldi, ham sevindi.
Qizi - universitet diplomini olgan qizchasi g'o-
yib bolib, qarshisida qaddi kamolga yetgan qizi
turardi. Tajriba o'ngidan keldi. Rufning tabi-
atidagi kamchilik toldirildi, toldirilgandayam
bexatar va yengilgina toldirildi. Bu beso'naqay
matros o‘z burchini ado etdi. Ruf uni sevmasa
ham, har holda, qizda ayollik hislarini uyg‘ot-
gan edi.
-
Uning qollari qaltiraydi, - derdi Ruf uyal-
ganidan yuzini yashirib, - bu ham kulgili, ham
bema’ni, unga hatto rahmim keladi. Qollari
juda qattiq titrab, ko‘zlari juda qattiq chaqnay
boshlaganda, unga nasihat o'qib, hamma kam-
chiliklarini yuziga sola boshlayman. U meni
boshida ko'tarib yurishgayam tayyor, bilaman,
uning qollari bilan ko'zlari kishini aldamaydi.
Shuni o'ylashim bilanoq, o'zimni ulg'aygan-
dek sezaman. Demak, vujudimda tabiatim-
ga monand bir narsa borki, men ham boshqa
qizlarga... va... va... yosh ayollarga o‘xshash-
ligimni his qilaman. Bilaman, men ilgarilari
ularga о ‘xshamasdim va o'xshamasligim sizni
hayajonga solardi. Siz bezovtalanayotganin-
gizni sezdirmasdingiz-u, lekin men sezardim...
va Martin Idenning ta*biricha, «safga turish»ni
istardim.