Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

253

edi.  Martinning  sevishi  qizga  kunday  ravshan 

edi,  shuning uchun Ruf unda muhabbat nisho- 

nalari paydo bolishidan, ko'zlarining chaqnashi- 

dan, qollarining qaltirashidan, oftobda qoraygan 

yonoqlarining  birdan  cho'g'dek  qizarib  ketishi- 

dan lazzatlanardi.  Ba’zida Ruf hatto  Martinning 

yuragiga o*t yoqar,  lekin buni  shu  qadar tortin- 

choqlik  va  munislik  bilan  qilardiki,  na  Martin, 

na o‘zi payqardi buni.  Ruf o'zida ayollik qudrati 

borliginn  tushunib,  bundan  o'zida  yo'q  sevinar 

va Martin bilan o'ynashib,  unga tegajoqlik qilib, 

bamisoli Momo Havodek lazzat topardi.

Martin  esa  sukut  saqlardi,  chunki  gapni  ni- 

madan  boshlashni  bilmasdi,  u  vujudini  qam- 

rab olgan tuyg4ilaming benihoya kuchli bolgani 

uchun  sukut  saqlar  va  qo‘rqa-pisa,  no'noqlik 

bilan  yaqinlashish  yolini  axtarardi.  Martinning 

qol  tegizishidan  qiz  huzur qilar,  huzur  qilish u 

yoqda  tursin,  hattoki  lazzat  olardi.  Martin  buni 

bilmas,  ammo  o'zining  Rufga yoqishini  sezardi. 

To'g'ri,  ular  salomlashganda  va  xayrlashgan- 

dagina  qol  siqishar,  lekin  velosipedga  minayot- 

ganda,  bir-birlariga  kitob  uzatganda  yoki  uni 

birgalikda  varaqlaganda,  ko'pincha  barmoqlari 

bir-biriga  tegib  ketardi.  Shunday  vaqtlar  ham 

bolardiki,  qizning soch tolalari uning yonoqlari- 

ga tegib ketar yoki qiz kitobning qiziq yeriga kel- 

ganda engashib bir ongagina yelkasi bilan yigit- 

ga suykalib ketardi.  Ruf bunday damlarda o'zini 

qamrab olgan ajib tuyg4ilardan xijolat bolib, jil­

mayib qo'yardi: masalan, ba’zida Ruf Martinning 

sochlarini  titkilagisi  kelardi;  Martin  esa,  ajntii 

vaqtda,  o'qishdan  charchab,  boshini  uning  tiz-




254

Jek  London

zasiga qo'yishni va ko'zlarini yumgancha kelajak 

haqida -  ikkovlarining kelajakda birga yashash- 

lari haqida o'ylashni jon-dili bilan istardi. Martin 

yakshanba kunlari bog' sayiliga chiqqan paytlari- 

da juda  ko‘p  marta boshini  bironta  qizning  tiz- 

zasiga  qo^ib,  bamaylixotir  uxlab  ketardi,  Mar- 

tin  o‘sha qizga uni  quyoshdan  saqlash,  o‘zining 

muhabbatga haddan tashqari loqayd  ekanligiga 

ajablanib,  oshiqona  ko‘zlari  bilan  tikilib  o‘tirish 

imkonini  berar  edi.  Ma’shuqasining  tizzasiga 

bosh qo'yish Martinga dunyoda eng oson ishdek 

tuyulardi,  endi esa,  Rufning jamoliga boqarkan, 

buni  imkon  xorijidagi  aqlga  sig'maydigan  orzu 

deb tan oldi.  Lekin Martin tabiatidagi tamkinlik, 

uning  o'ziga  ham  sezdirmay,  maqsad  sari  olib 

borayotgan  edi.  U  aynan  shu  tamkinligi  tufayli 

Rufning  ko'nglida  shubha  tug'dirmadi.  Tajriba- 

siz  va  uyatchan  Ruf bu  uchrashuvlarining  oqi- 

bati qanday xatarli ekanligini tushunmasdi.  Ruf 

nima qilayotganini o‘zi ham bilmay, yigit sari tal- 

pinar,  u  esa oradagi yaqinlik tobora zo'raya bo- 

rayotganini sezarkan,  dadilroq bolishni istar va 

lekin jur’at eta olmasdi.

Bir kun Martin axiyri jur’at qildi. Rufning uyi- 

ga kelib,  uni  pardalan  tushirilgan xonada  o4ir- 

ganini  ko‘rdi;  qiz  boshi  qattiq  oe'riyotganidan 

shikoyat qildi.

-  Hech nima kor qilmayapti, -  dedi qiz Martin­

ning  savoliga javoban.  -  Doktor  Xoll  dori  ichi- 

shimni man qilib qo'ydi.

  Men  sizni  hech  qanday  dori-darmonsiz  tu- 



zataman,  —

  dedi  Martin.  —

  Albatta,  sizga  uning 

ta’sir  etish-etmasligini  bilmayman,  lekin  xohla-




Martin Iden

255

sangiz,  sinab ko‘rish mumkin.  Mening 

usulim -  uqalash. Buni Yaponiyada o'rgatishgan 

edi. Yaponlar uqalashga juda mohirdirlar. Keyin- 

chalik xuddi shu uqalash usulini xiyol o'zgartiril- 

gan  shaklini  gavayaliklarda  ham  ко‘r dim.  Ular 

bu  usulni  «lomi-lomi»  deb  atarkanlar.  Bu  uqa­

lash  ba’zan  har  qanday  dori-darmondan  ham 

yaxshiroq ta’sir qiladi kishiga.

Martinning qoli qizning peshanasiga tegar-teg- 

mas, Ruf xo'rsinib turib dedi:

-  Qanday yaxshi-ya!

Yarim soatdan keyin qiz:

-  Charchamadingizmi? -  deb so'radi.

Bu  savol  ortiqcha edi,  chunki qiz Martinning 

nima deb javob berishini bilardi. Shuning uchun 

Ruf  mudrab,  o‘zini  Martinning  ixtiyoriga  top- 

shirdi.  Uning  barmoqlaridan  shifobaxsh  kuch 

oqib olib,  dardiga davo bolardi -  har holda, qiz­

ga shunday tuyulardi.  Nihoyat,  ogViq shuncha- 

lik  yo‘qoldiki,  Ruf bahuzur  uxlab  qoldi,  Martin 

esa sekingina xonadan chiqib ketdi.

Kechqurun qiz unga telefon qildi.

-  Kechki ovqat mahaligacha uxlab man, -  dedi 

Ruf, -  siz meni butunlay tuzatib qoydingiz, mis­

ter  Iden,  minnatdorchiligimni  qanday  bildiri- 

shimni ham bilmayman.

Martin  ham  sevinganidan, 

ham  xijolat 

bolganidan zo‘rg‘a gap topib javob qildi,  chunki 

Brauning bilan Elizabet Barret o'rtasidagi ishqiy 

mojaro  hech  xayolidan  ketmasdi.  Brauning  o'z 

ma’shuqasi uchun nimalar qilgan bolsa, u, ya’ni, 

Martin  Iden  ham  Ruf  Morz  uchun  shuni  qila 

oladi.  U  xonasiga  qaytib  kirib,  o'rniga yotdi-da,

davolash



Spenserning «Sotsiologiya»sini o'qishga kirishdi. 

Lekin o'qigani bilan miyasiga hech nima kirmas- 

di.  Uning  butun  fikru  zikri  muhabbatda  edi,  u 

bir  ozdan  so‘ng,  hamma yog‘iga  siyoh  tomib  if- 

los  bolib  ketgan  stolcha  oldiga  borib  o'tirgani- 

ni  o‘zi ham  sezmay qoldi.  Shu  oqshom yozilgan 

sonet,  «Muhabbat sonetlari» turkumidagi ellikta 

she’ming  birinchisi  boldi;  bu  she’rlarni  u  ikki 

oydan keyin yozib bitirdi.  U Elizabet Barretning 

«Portugalcha  sonetlar»idan  ilhomlanib  yozgan 

edi. Martin she’rlarini buyuk ijod uchun eng qu- 

lay vaziyatda -  oshiqi shaydo bolib yurgan ma- 

halida yozgan edi.

U  Ruf  bilan  uchrashmagan  vaqtlarida  «Mu­

habbat  sonetlari»  bilan  shug'ullanar,  o‘z  uyida 

yoki  qiroatxonada mutolaa  qilar,  noshirlarning 

qanday asarlarni yoqtirishlarini bilishga urinib, 

jurnallarning  hamma  sonini  navbatma-navbat 

diqqat  bilan  kuzatib  borardi.  Martin  Ruf bilan 

birga  bolgan  paytlarida  esa  ham  orzu-umid- 

larga tolar,  ham ko'ngli alag‘da bolardi,  ammo 

ham  u,  ham  bu  hoi  Martinni  bir  xilda  iztirob- 

ga  solardi.  Martin  Rufning  bosh  og‘riq  kasali- 

ni tuzatgandan keyin bir hafta o'tgach, Norman 

oydin  kechada  Merrit  kolida  qayiqda  sayr  qi- 

lishni taklif qildi. Artur bilan Olni buni bajonidil 

ma’qullashdi.  Martindan boshqa hech  kim yel- 

kanli  kemani  boshqarishni  bilmasdi,  shuning 

uchun ham undan kapitanlik vazifasini zimma- 

siga olishni iltimos qilishdi.  Ruf qayiqning tum- 

shug‘iga,  Martinning yoniga  o'tirdi,  qolgan  uch 

yigit  qayiq  о rtasidagi  ko'ndalang  o‘rindiqcha- 

larga о tirib  olib,  о zlanning talabalikka tegishli

256 

Jek  London

...



Martin  Iden

257

ishlari  haqida  uzundan-uzoq  munozara  bosh- 

lab yuborishdi.

Oy hali chiqmagan edi, yulduzlar charaqlagan 

osmonga jimgina tikilib o‘tirgan Ruf birdan o'zini 

yolg'iz his qila boshladi. Martinga qaradi. Birdan 

esib kelgan shamol qayiqni xiyolgina bir tomonga 

og‘dirdi,  shunda Martin bir qoli bilan  rumpel14, 

ikkinchi  qoli  bilan  grotashkotni15 ushlagancha, 

suvga turtib  chiqib turgan sohilni aylanib  o'tish 

uchun,  qayiqning yo‘nalishini  bir  oz  o'zgartirdi. 

U  qizning  qarayotganini  sezmas,  qiz  esa  unga 

tikilib  qarab  o‘tirarkan,  bu  zo‘r  iste’dodli  yi- 

gitni  bekorga  vaqt  sarflab  muvaffaqiyatsizlikka 

uchrashi  ochiq-oydin  ko‘rinib  turgan  o'rtamiyo- 

na  hikoya va  she’rlar yozishga  undagan  antiqa 

havas haqida o^lardi.

Rufning ko‘zlari yigitning chiroyli qo'ndirilgan 

boshiga,  yulduzlar yorugida  g'ira-shira ko'rinib 

turgan  baquwat  bo“yniga  tushdi,  so‘ng  uning 

vujudini yana  shu  boyinni  mahkam  quchoqlab 

olish  istagi  qamrab  oldi.  Martinning  Rufga yoq- 

mayotganday tuyulgan o‘ziga xos kuchi ayni za- 

monda  uni  maftun  ham  qilgan  edi.  Ruf borgan 

sari o'zini yolg'iz his qilib, holdan toyganini sezdi. 

Qayiqning  chayqalishi  g'ashiga  tegardi.  U  Mar­

tinning  faqat  qoli  tegishi  bilan  boshining  og‘ri- 

shi qolganini esladi. Martin uning yonida, shun- 

doqqina yonginasida  o'tiribdi,  qayiq  qiyshaygan 

paytda  qiz  Martin  tomonga  surilayotgandek 

boldi.  Shu  payt  birdan  Rufning  Martinga  su-


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish