Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

YIGIRMA IKKINCHI BOB

Missis  Morz  onalik  tuyg4isidan  mahrum 

bolganda  ham,  Rufni  ko'rgan  zahoti  nima  hoi 

yuz berganini bilib olgan bolardi. Buning uchun 

qiz  yonoqlariga  yugurgan  qizillikka,  ham  qu- 

vonch, ham zafar shodligi aks etib turgan porloq 

ko'zlariga bir qarashning o‘zi kifoya edi.

-   Nima  boldi?  -   deb  so'radi  missis  Morz,  to 

qizining  o‘miga  kirib  yotgunicha  zo'rg'a  sabri 

chidab.


Ruf, o‘z navbatida, titroq ovoz bilan:

-  Sezdingizmi? -  deb so'radi.

Ona javob berish o‘miga qizini mehribonlik bi­

lan bag'riga bosib, sochini siladi.

-  U hech nima demadi! -  dedi Ruf... -  Bunday 

bolishini men hech istamagan edim, gapirishiga 

sira ham yol qo'ymagan bolardim, lekin u hech 

nima demadi.

-  ModomUri, u hech nima demagan ekan, hech 

nima roty bermabdi-da?

nimani his



272

Jek  London

-

 Shunday bolsa ham, го*у berdi.

-  Xudo haqi,  erkam, nimalar deyapsan о‘zing!

-  dedi missis Morz. -  Nima gap o‘zi? Nima boldi?

Ruf onasiga hayron qarab qoldi.

-   Hamma  gapga  tushungandirsiz  deb  o“ylov- 

dim, -  dedi qiz. -  Biz endi Martin bilan kelin-ku- 

yovmiz.


Missis  Morz  qah-qah  urib  kuldi,  uning  bu 

kulgisida shubha va taassuf sezilib turardi.

-   Lekin  u  hech  nima  demadi,  -   deb  gapi- 

da davom  etdi  Ruf.  -  U  meni  sevadi,  vassalom. 

Bu  siz uchun  nechoglik  kutilmagan  hoi  bolsa, 

men  uchun  ham  xuddi  shunday  kutilmagan 

hoi.  U  bir  og‘iz ham  so‘z  aytmadi.  U  shunchaki 

meni quchoqladi-yu, men...  men esimni yo‘qotib 

qoydim.  U  meni  o‘pdi,  men  ham  uni  o'pdim... 

0 ‘zga ilojim yo‘q edi. Men uni o'pishim kerak edi. 

Ana o'shanda uni sevishimni anglab qoldim.

Ruf  onasining  erkalashini  kutib,  jim  qoldi, 

ammo  missis  Morz jahl  aralash  sukut  qo^nida 

edi.


Albatta, o'zim ham tushunib turibman, xunuk 

ish  bolgan,  -   nafasi  ichiga tushib  yana  gapida 

davom etdi Ruf. -  Meni afv eta olarmikinsiz, bil- 

mayman. Lekin boshqa ilojim yo‘q edi. Men o‘sha 

daqiqagacha  uni  sevishimni  bilmagan  edim. 

Faqat endi otamga o'zingiz ayting.

  Balki  otangga  bildirmay  qo*ya  qolganimiz 



ma’quldir?  Martin  Iden  bilan  o‘zim  gaplashib, 

unga hamma gapni tushuntiraman. U tushuna- 

di, bergan va’dasidan voz kechadi.

— Yo‘q, yo'q, -  deb  qichqirib yubordi Ruf dar- 

rov.  —  Uning  mendan  kechishini  istamayman.



Martin Iden

273

Men uni sevaman,  sevish juda yaxshi 

Men  unga  turmushga  chiqaman,  agar  rozilik 

bersanglar albatta.

-  Ruf,  tasaddug‘im,  otang  ikkovimizning  sen 

to‘g‘ringda  boshqa  rejalarimiz  bor...  Yo‘q,  yo‘q, 

yo‘q,  birontaga  zo'rlab  erga  berisharkan  deb 

xayolingga  ham  keltirma.  Biz  shunchaki  sen 

o‘z muhitimizdan bironta nufuzli va obroli,  chi- 

nakam jentlmen kishini о'zing tanlab,  о‘zing se- 

vib turmushga chiqishingni istardik.

-  Axir men endi Martinni sevaman-ku,  -  dedi 

Ruf mungli ovoz bilan e’tiroz bildirib.

-   О‘zing  kuyov  tanlashingga  aslo  to‘sqinlik 

qilmoqchi  emasmiz,  lekin  sen  bizning  farzan- 

dimizsan,  shuning  uchun  bunday  odamga  tur­

mushga  chiqishingga  yol  qo^ya  olmaymiz.  U 

sening  jamiki  latofatu  nazokatli  muomalangga 

qo‘pollik va adabsizlik bilan javob beradi.  U aslo 

tenging emas. Hatto seni boqishga ham qurbi yet- 

maydi.  Biz boylikning ketidan quvadigan odam- 

lar emasmiz,  lekin  er  degan xotinining bekamu 

ko'st va farovon yashashiga imkon tug'dira olishi 

shart;  shuning uchun  ham  qizimizning yalang- 

oyoq,  muttaham,  matros,  kovboy,  kontraban- 

dachi va xudo bilsin yana allanima balo bolgan 

odamga  emas,  balki  u  bilan  rohatu  farog'atda 

yashay  oladigan  kishiga  turmushga  chiqishini 

istaymiz.  Buning  ustiga,  Martin  Iden  olgudek 

yengiltak, hech mas’uliyatni sezmaydigan odam.

Ruf onasining haq gapirayotganini e’tirof etib, 

lol qoldi.

-   U  vaqtini  bolmag“ur  yozuv-chizuv  bilan 

o‘tkazib yuribdi, hatto eng layoqatli va malumoti

bolarkan.



274


Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish