Savol va topshiriqlar:
1. Cho’lpon taxallusining ma’nosi nimani anglatadi va shoir o’z taxallusini hayoti vaijodi bilan oqlay oldimi?
2. Cho’lpon jaded yozuvchisi sifatida qanday asarlar yozgan?
3. Cho’lpon she’rlarining bosh mavzusi nimadan iborat?
4. ”Yorqinoy” dramasining yaratilishi tarixi haqida so’zlab bering.
5. Cho’lpon she’riyatining Hamza she’riyatidan farqi nimada?
12-Dars. Cho‘lponning “Kecha va kunduz ” romani
Reja:
1. Adibning nasriy merosi
2. “Kecha va kunduz” o‘zbek romanchiligi ravnaqida yangi qadam
3.Romanning o‘ziga xosligi, bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati
Abdulhamid Cho’lponning “kecha va kunduz” romani jadid adabiyoti namunasi hisoblanadi. Unga “O`tgan kunlar asari darajasida” deb baho berilgan. “Kecha va kunduz” o`zbek adabiyotidagi ilk roman –dilogiya bo`lib, Cho`lpon bu asarida eng qaltis ijtimoiy-siyosiymasalalar talqinida, imperiya siyosati, jadidchilik harakati ifodasida haqiqatga sodiq qolgan.
Asarning birinchi qismi “Kecha” 1933-34-yillarda Moskvada yozilgan. Dastlabki boblari 1935-yilda Toshkentdagi adabiy jurnalning 1-sonida bosilgan, asar 1936-yilda to`liq holda nashr etilgan. Asardagi voqealar ilk bahorda boshlanib, qish chillasida tugaydi. Cho`lpon romaniga “Hamal keldi - amal keldi” maqolini epigraf qilib olgan.
“Kecha va kunduz”, Cho`lponning badiiy niyatiga ko`ra, ikki kitobdan iborat roman bo`lishi kerak edi. Lekin romanning “Bugun” deb atalgan ikkinchi qismining taqdiri to`g`risida ma`lumot yo`q. Xolbuki “Kecha” da tasvirlangan voqealarning mantiqiga ko`ra romanning “Kunduz” qismida Zebining Sibir surgunidan, Miryoqubning esa Qrim safaridan keyingi hayotlari tasvirlanishi lozim edi. Birinchi kitobdagi tasvir etilgan voqea birinchi jahon urushi endigina boshlangan kezlarida O`zbekiston viloyatlarining birida bo`lib o`tadi. Asardagi asosiy g`oya mavjud tuzumni tag-tomiri bilan o`zgartirishdir.
Roman markazida Zebi obrazi turadi. Farg`ona vodiysidagi shaharlarning birida tug`ilgan Zebi faqat ayollik latofati va olijanob insoniy fazilatlari bilangina emas, ayni paytda xush ovozi bilan ham hammaning e`tiborini qozonadi. Ammo ijtimoiy tengsizlik hukmron bo`lgan va ayollar qadr-qimmati oyoq osti qilingan jamiyatda Zebining taqdiri boshqa o`zanda kechadi. Keksa mingboshi uning orzu- havaslalarini yanchib, bir necha xotinlari ustiga xotin qilib oladi. Bechora Zebining romanda tasvir etilgan hayoti fojiali bir yo`sinda tugaydi: u erini qasddan o`ldirishda ayblanib, Sibirga 7yilga surgun qilinadi.
Asar qahramonlari: Zebi (15 yoshida beva qoladi), Qurvonbibi (ahvoli o`zgargan obraz, Zebiningonasi), Razzoq So`fi (kulishi kasal odamning kulishiday og`ir, ziqna odam, Zebining otasi, ishlamay tishlovchi, tamagirlik va tekinxo`rlik orqasida kun ko`ruvchi inson. U boshliq uy-qizi va xotini uchun zindon, uning o`zi esa shu zindonning ko`zi ko`r, qulog`I kar qorovuli), Miryoqub (dunyoqarashi o`zgargan obraz, shamolning qaysi tomonga esishiga qarab ish tutadi, ezgulik bilan tubanlik o`rtasida xarakat qiladi. Noyib to`ra uni amerikalik tadbirkorlarga o`xshatadi), Sharafiddin Xo`jayev (jadid), Akbarali mingboshi (“odam shaklidagi it” , buyruqlarni bajarishnigina bilgan, uning mohiyati, odamlarga foyda-zarari bilan qiziqmaganliklari uchun bosqinchilarga kerak bo`lgan , millatdoshlarini o`ylamaydigan, ularga achinmaydigan, odamiylik haqidagi “ortiqcha” injiqliklardan xoli , shuning uchun kattalarning zanjirdagi itiday gapga aylanib qolgan amaldorlar timsoli), Noyib to`ra (asardagi “Soddasan , Akbarali. Podshohlik hamma vaqt yurtning obro`li odamlarini himoya qiladi. Obro` davlat bilan topiladi, muni bilasan… Sen xomsan siyosatda…” degan gaplar unga tegishli), Zunnun (Akbarali mingboshi o`rniga oson o`tirgan), Hokim to`ra, Poshshaxon (uning hiylasidan Akbarali mingboshi o`ladi, u bir kishining o`limiga, bir kishining surguniga bevosita hamda bir oilaning barbod bo`lishiga bevosita aybdor bo`ladi), Mariya Ostrova (Miryoqub “bazzoz do`konidan o`ziga toza ko`ylaklik tanlaganday” tanlab olgan obraz), Sultonxon (Siz qancha sevinsangiz, men sizdan ortiqroq sevinaman! Siz –quruq vahimani quchoqlab sevinasiz, men –tirik va joni bor odamni quchoqlab yayrayman. Kim axmoq?!” degan), Saltanat, O`lmasjon (aravakash), Xadichaxon, Eshon, Obrezqora (u asarda “shaharda bo`lsin, uni tanimagan odam yo`q, o`zi yerlilardan … Obrezqora – yerli xalqlardan chiuqqan “advokat” debt a`riflagan) va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |