Savol va topshiriqlar:
1.“Zaharli hayot pessasida nega Mahmudxon bilan Maryamxonim bir-birlarini seva turib, o’z maqsadlariga erishmaydilar?
2.“Maysaraning ishi” dramasining bosh g’oyasi nimada?
3. Ushbu asarning bosh qahramoni kim? Maysarani komediyaning bosh qahramoni deb hisoblansa, nega Cho’pon bilan Oyxon asarning bosh qahramoni bo’la olmaydilar?
4.Asarga Mullado’st obrazini kiritishdan maqsad nima?
5.Hamza dr asarlarining tili to’g’risida nima deya olasi
9-Dars. Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, hajviyalari.
Reja:
1. Yangi o‘zbek adabiyoti rivojida Abdulla Qodiriyning o‘rni
2. Adib shaxsiyati, ijtimoiy faoliyati; fojeiy qismati va jasorati
3. Yozuvchining adabiy merosini o‘rganish
A BDULLA QODIRIY
(1894 - 1938)
«... Yozmoqqa niyatlanganim yangi zamon romanchiligi bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir».
Abdulla Qodiriy («O’tkan kunlar»)
Abdulla Qodiriy o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.
U 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida bog‘bon oilasida tug‘ilgan. U moddiy muhtojliklar sababli 9-10 yoshlarida maktabga boradi, bir boyga xizmatkor bo‘ladi, toqichilik hunarini o‘rganadi, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi.
1912 yilda Abdulla rus-tuzem maktabini tugatib, ikki yil o‘tgach, Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o‘qishga kiradi. U 1912 yilda Rasulmuhammadboy ismli savdogarga prikazchik bo‘lib ishga kiradi, 1914-yilda boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi va Nafisa, Habibulla, Adiba, Anisa, Mas’ud nomli farzandlarni tarbiyalaydi. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi ham o‘sha davrga to‘g‘ri keladi. «Shu miyonalarda, - deb eslaydi A.Qodiriy, - bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg‘on gazetalarni o‘qib, dunyoda gazeta degan gap borlig‘iga imon keltirdim. 1913 yilda o‘zbekcha «Sadoyi Turkiston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag‘och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg‘ondi». Abdulla Qodiriy 1919-yilda «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir bo‘ladi, so‘ngra «Ro‘sta» gazetasiga muxbir, «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida xodim, «Inqilob», «Kommunist yo‘ldoshi» majmualarida sarkotib va xodim bo‘lib ishlaydi.
Adib o‘z asarlarini «Qodiriy», «Julqunboy», «Kalvak Maxzum», «Toshpo‘lat», «Ovsar», «Dumbul», «Shig‘oy» degan imzo-taxalluslar bilan e’lon qilgan. Moskvadagi adabiyot kursida (1925-1926) o’qidi. 1919-1925 yillar oralig’ida matbuot nashrlarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan shug’ullandi. Abdulla Qodiriy 1926 yilda «sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali obro‘sizlantirdi» degan tuhmat bilan sudlanadi, 1927-yilda qatag‘onga uchraydi va 1938 yil 4-oktyabrida Cho’lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. 1958 yildan boshlab Qodiriyning qutlug‘ nomi, asarlari xalqqa qaytarila boshlandi.Qodiriyning katta o‘g‘li Habibulla Qodiriy (1919-1987) shifokor, yozuvchi bo‘lib yetishdi, «Otam haqida», «Abdulla Qodiriyning so‘nggi kunlari» kabi asarlar muallifi sifatidatanilgan.
Abdulla Qodiriy «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz o‘g‘ri», «Dahshat» kabi romanlar yaratish orzusida ham bo‘lgan.
Asarlari: «Jinlar bazmi» (mavhum hikoya), «Baxtsiz kuyov» («Padarkush» p’esasidan ta’sirlanib yozilgan. Qodiriy o‘z tarjimai holida bu haqda quyidagicha yozgan: «1913 yillarda chiqqan «Padarkush» pesasi ta’sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib yuborg‘onimni bilmay qoldim (1915 yilda)». Bu dramada amakisining maslahati bilan Solih ismli yetim yigit katta qarz ko‘tarib dabdabali to‘y qilib, boy xonadon qiziga uylanadi. Vaqtida qarzini uzolmay, garovga qo‘yilgan hovli-joyidan ajralish oldida sharmandalikdan o‘zini-o‘zi o‘ldiradi, sadoqatli umr yo‘ldoshi ham o‘ziga pichoq uradi), «Juvonboz» («Padarkush» pesasiga taqlidan yozilgan, bu hikoyada o‘qishni tashlab buzuq, shaltoq yo‘llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi; oxiri jinoyatga qo‘l uradi, qamaladi), «Obid ketmon» (1934, qahramonlari: Obid ketmon, Berdi tatar, Xatib domla, mulla Muhsin va boshq. Asarda mulla Obid qaynotasi in’om etgan besh tanob yerda tadbirkorlik bilan halol ishlab, katta boylik, shuhrat topadi. Oybek yezuvchining mahoratiga tan berib shunday yozadi: «Domlalarning obrazini chizishda yozuvchi san’atkor. Domlalarning yurish - turishi, so‘zlari, fikr yuritishi, xalqni aldaish va hokazo butun sifatlari o‘quvchining ko‘z oldida jonlanadi. Asarda domlalarni yozuvchi yetaklamaydi, ular o‘zlari domlalarcha yuradilar. Ularning og‘ziga yoeuvchi o‘z so‘zlarini tiqmaydi, ular o‘zlaricha so‘zlaydilar... »), «O’tkan kunlar» romani (1926), «Mehrobdan chayon» (1928), «O’tgan kunlar» ham «O’tgan kunlar» tanqidi ostida ba’zi mulohazalar» (Sotti Xusaynga javob), «Yig‘indi gaplar», Qodiriy 20-yillarning o’rtalarida yozgan “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo’lat tajang nima deydi?” hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini o’zgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va g’oyalari o’z ifodasini topgan. «Uloqda» (1915, bosh qahramoni Turg‘un. Muallif bu asar haqida «Bolalik davrimning yodgori bo‘lganligi uchun ortiqcha o‘zgartirishlar kiritmadim» deb yozgan. Bu hikoya oktyabr inqilobigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotidagi realizmning cho‘qqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi, yetuk namunasi bo‘lib, unda uloq voqeasi tasvirlangan. Oybek bu asarga yuksak baho berib: «Uloqda» hikoyasida tashviqotchining, voizning o‘g‘lini san’atkor oladi. Yozuvchi bu asarda voqealar ustidan muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar bilan ko‘rsatadi» - degan. «Ahvolimiz», «To‘y» va «Millatimga» she’rlari, «Ravot qashqirlari», «1918 yil yodgori», «Yangi masjid va maktab» («Sadoyi Turkiston» gazetasining 1914 yil 1 aprel sonida bosilgan). Abdulla Qodiriy tilshunos va tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning “Fizika” (1928), N.V. Gogolning “Uylanish” (1935), A.R. Chexovning “Olchazor” (1936) asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan “To’la ruscha-o’zbekcha lug’at”ni (1934) tuzishda ishtirok etdi.
Ma’rifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol g’oyalari Abdulla Qodiriy asarlarining asosiy g‘oyasini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |