C h o' lpon (1897-1938)



Download 1,77 Mb.
bet1/3
Sana18.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#561989
  1   2   3
Bog'liq
Cho\'lpon ijodi

C H O' L P O N (1897-1938)

  • O’zbek yangi she’riyatining asoschilaridan biri, dramaturg, nosir, publitsist va tarjimon.
  • Cho’lpon 1897 yili Andijonda tug’ilgan. Eski maktabda savod chiqargan. Keyin rus-tuzem maktabida o’qigan. 1914 yili Toshkentga keladi va o’z faoliyatini “Sadoi Turkiston” gazetasi bilan bog’laydi. Uning asarlari Orenburg, Ufa, Qozon va Bog’chasaroyda chiqadigan gazeta va jurnallarda ham bosilib turgan. 1916-1917 yillarda Orenburgda yashaydi va u yerda boshqird hukumati mahkamasida kotib bo’lib ishlaydi.
  • Shundan keyin jadidlarga qarshi boshlangan kompaniya Cho’lponni ham chetlab o’tmadi. Ta’qib va tazyiqlarga qaramay, u qizg’in ijodiy faoliyat bilan shug’ullandi. 30-yillarning boshida yana Moskvaga ketadi va SSSR Markaziy Ijroiya Komitetida tarjimon bo’lib ishlaydi. Cho’lpon 1937 yil 14 iyulda qamoqqa olinadi va 1938 yil 4 oktyabrda otib o’ldiriladi.
  • Cho’lponning “O’zbek yosh shoirlari” (1923), “Go’zal yozg’ichlar” (1925), “Adabiyot parchalari” (1926) majmualarida chop etilgan she’rlari, o’z she’rlari asosida nashr qilingan “Uyg’onish” (1922), “Buloqlar” (1923), “Tong sirlari” (1926), “Soz” (1935) kabi to’plamlari yangi o’zbek she’iyati taraqqiyotida muhim o’rin tutadi.
  • Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon XX asr she'riyatining yirik vakili, o'zbek nasri, dramaturgiyasi, tanqidchiligiga katta hissa qo'shgan mutafakkirdir.
  • "Cho'lpon", "Qalandar", "Mirzaqalandar", "Andijonlik" kabi taxalluslar bilan ijod qilgan. Abdulhamid Sulaymon 1897 yilda Andijonda Qatorterak mahallasida tug'ilgan. Uning onasi uy bekasi bo'lgan, otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus o'g'li dehqonchilik, hunarmandchilik, bazzozlik bilan shug'ullangan. Cho'lponning otasi zamonasining peshqadam ziyolilaridan bo'lgan, "Rasvo" taxallusi bilan g'azallar yozgan.
  • Abdulhamid avval eski maktabda o'qiydi, yaxshilab xat-savodini chiqargach, Andijon va Toshkent madrasalarida tahsil ko'radi, arab, fors, turk tillarini mukammal egallaydi. U yoshligidayoq sharq adabiyotini shu qadar sevib qoladiki, butun umri davomida Firdavsiy, Hofiz, Sa'diy, Umar Hayyom, Rumiy, Navoiy, Tavfiq Fikrat, Nomiq Kamol, Abdulla To'qay kabi buyuk so'z san'atkorlarining asarlarini yod olishdan to'xtamaydi, ular haqida hayajonli maqolalar yozadi. Zamona zaylini chuqur his etgan Cho'lpon Andijonda yangi ochilgan rus-tuzem maktabiga ham kirib o'qiydi, u yerda bir qancha dunyoviy ilmlarni, ayniqsa, rus tilini mukammal o'rganadi. Shunday qilib, Cho'lpon 16-17 yoshlaridayoq ham sharqona, ham yevropacha puxta ma'lumot olgan, ilg'or fikrli ziyoli bo'lib yetishadi.
  • U 1913-14 yillardan ijod qila boshlaydi. Uning dastlabki asarlari "Sadoi Turkiston", "Sadoi Farg'ona" kabi mahalliy gazetalarda, shuningdek, Orenburgda chiqqan "Sho'ro" jurnalida bosiladi. Cho'lponning dastlabki asarlariga "Vatanimiz Turkistonda temir yo'llar", "Adabiyot nadur?" kabi maqolalari, "O'sh" ocherki, "Qurboni jaholat" feletoni, "Doktor Muhammadiyor" hikoyalarini kirgizish mumkin.
  • "Adabiyot nadur?" degan maqolasida Cho'lpon adabiyot bahonasida Turkistonning istiqboli haqida qayg'uradi, xalqning kelajagini ta'minlaydigan omillar To'g'risida mulohaza yuritadi. U yozadi: "Hech to'xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga suv, havo naqadar zarur bo'lsa, maishat yo'lida har xil qaro kirlar ila xiralangan ruhimiz uchun shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa millat yashar..." Bu mulohazalar bugun ham o'z qimmatini yo'qotgan emas.

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish