Yangi o‘zbek adabiyoti va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,56 Mb.
bet9/18
Sana18.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#823888
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
3-kurs 1-sem adab maruza

Savol va topshiriqlar:
1.Qodiriyning bolalik va yoshlik yillari qanday kechgan?
2.Qodiriyning ilk ijodi, asarlariga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
3.adibning inqilobiy o’zgarishlar davridagi ijtimoiy faoliyati to’g’risida gapiring.
4.A.Qodiriy nima sababdan ta’qib ostiga olindi va qamaldi?
5.Qodiriy jurnalist sifatida qanday ishlar olib borgan ?
10-Dars. “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari
Reja:
1. “O‘tkan kunlar” kashfiyoti
2. Roman tevaragidagi bahslar
3. “Mehrobdan chayon”–o‘xshashi yo‘q badiiy obida
O’tkan kunlar” romanining ma’no-mundarija doirasi juda keng. Unda xilma-xil ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy axloqiy muammolar qalamga olingan. Biroq, ular orasida eng muhimi – yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasidir.
Bu asarni muallif 1919-yilda yoza boshlagan edi. Romandan parchalar1922-yilda “Inqilob” jurnalida bosilgan. 1925-yili asarning bo’limlari alohida-alohida, so’ng 1926-yilda yaxlit kitob bo’lib chiqadi. Romanni o’zbek o’quvchisi, butun turkey tilda so’zlashuvchi xlqlarning zukko kishilari katta bayramdek kutib oldi. Ilk bor xuddi shu roman orqali o’zbek xalqi o’z bisotini, asl qiyofasini, ichki dunyosining kuchli va ojiz tomonlarini bor bo’yicha go’yo tiniq ko’zgudagidek aniq ko’rdi.
Abdulla qodiriy bu asarda “Moziyga qaytib” ish ko’rgan, tariximizning eng kir, qora kunlari bo’lgan, “xon zamonlari” ni mavzu qilib olgan. Bu roman “1264-hijriy dalv oyining o’n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botgan, tevarakdan shom azoni eshitdilar” degan jumla bilan boshlanadi.
Bu asarda Qodiriy bir o’rinda kitibxonni uch ayol bilan tanishtaradi. Bular Oftoboyi, Oyshabibi va To’ybekalardir. Asarda “Tashkand ustida qonliq bulutlar” nomli bob ham mavjud.
Asarning asosiy qaxramonlari quyidagilar: Otabek(bosh qahramon, u Afrosiyob ota ustidagi chor askarlari bilan to’qnashuvda qahramonona urshib, shahid bo’lgan), Kumush(u “So’zimni o’zimning oxirgi ham chin baxt ishlari hidlagan tariximdan boshlayman” deb boshlanuvchi xatini Otabekning jasoratidan so’ng Toshkentga yozgan), Yusufbek hoji (u Otabekka “ota-onani haqsiz tashlab qo’ymaslik” va “ota-ona orzusiga ham haq berish”ni tushuntirgan), Azizbek (xalqning o’zi jazolab, ot tuyoqlari ostiga tashlagan), Rahmat, Ziyo shohichi, Mirzakarim Qutidor (bu uch kishi Otabek Marg’ilon hokimi tomonidan birinchi marta qamalganda birga qamalgan edilar) Rajabbek (qipchoqlarni qatl qilish maslahati uning uyida bo’lgan edi), Xudoyorxon, Hamid, O’bek oyim(“Xudoyorxon ham bir kun kechasi kelib, bizga mehmon bo’lganlar” deb maqtangan qahramon) O’ttaboy qushbegi, Qayum ponsad (asarda asosiy yorliq uning nomiga yozilgan edi), Musulmonqul (cho’ltoq supurgi), Jannat, Xushro’y (“men shu kungacha bandasiga bosh egishni va bandasi oldida tavba qilishni o’zimga or bildim va shu orlanishim orqasida har kimning ustida yurdim……” degan qahramon) Zaynab, Oftoboyim, To’ybeka (u Otabekni chiroyli yigit, aqilli yigit deb maqtagan, o’;zi ham Qutidorning “aqli balo” degan mqatoviga sazovor bo’lgan) Hasanali (“Ota o’rnida ota” “ma’naviy ota”), Oybodoq (Hasanalining xotini), cho’ri qiz Hanifa, Usta Farfi, Usta Olim va boshq.
“Mehrobdan chayon” romani haqida
Muallif bu asarni 1928-yil 15-fevralda tugatgan. 1929-yilda u Samarqqandda bosilgan. Abdulla Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida tarixiy haqiqatni, shaxslarni “orttirmay va kamitmay”, “o’z holicha ko’rsatish”, “yo’qni yo’ndirmay, o’z holicha yozish” yo’siniga amal qilgan.
Romanda Anvar va Ra’noning muhabbat yo’lidagi halma xil mojarolar qalamga olinadi. Bu jarayonda asar personajlarining qismati, xarakteri, ruhiy olami namoyon bo’ladi.
“Mehrobdan chayon” romanidagi “qo’rqinch bir jasorat” Anvarning Sultonalini qutqarish uchun Xudoyorxon xuzuriga kelishi edi. Bu holat asarda quyidagicha tasvirlangan: “shunda o’rda arbobi bukun peshindan bir oz ilgariroq mujassam bir vijdon, tog’yurak bir yigit va o’lim sari kulib keluvchi bir arslonni o’z tarixida birinchi marotaba ko’rdi va tong ajabda qoldi. Bu ulug’ jasorat birin necha marotaba o’lim itlarini sukutga soldi, ularni ostlari uchib, soqol tuklari silkindi va biroz so’z topolmagandek tamshanib turdi”. Shundan so’ng u Anvarga qarab shunday deydi: “sen bizga xiyonat qilding it, uvli!”.Quyidagi pasrcha ham “Mehrobdan chayon” romanidan olingan: “Roziya oyim mendan uyalgan qiyofada : - Xon qursin, unung olgan xotinlarining hisob kitobi yo’q, bolam, - dedi va manimcha juda to’g’ri so’zni aytdi”.Asardagi Anvar va Ra’noning she’r aytishuvida Ra’noning quyidagi baytidan so’ng Anvar “Yengding Ra’no” deb yengilganini tan oladi:
“Muhabbat jomidin nosh aylagan ahli zako bo’lmish.
Fununi tibda majnundir kishining kuysa safrosi”.
“Mehrobdan chayon” romanidan “Oila va kishilar bilan muomala”, “Hayot sha’mi”, “Ochiq xat” kabi bo’limlar ham o’rin olgan. Bu roman asosida “Zulmatni tark etib” kinofilmi yaratilgan.
Asarning eng asosiy qahramonlari quyidagilar: Anvar (u Sultonalini qutarish uchun xon saroyiga kelganda’ Xudoyorxon uni “sen bizga xiyonat qilding it, uvli!” degan so’zlar bilan kutib oldi. Shu muloqot davomida Anvar Xudoyorxonning adolatsizligi, xotinbozligini yuziga soladi va “musulmonchilik olamida yuzlab xotin ustiga, bir kambag’al uylanmoqchi bo’lgan qizga ham zo’rlik qilish bormi qiblai olam!” deydi “Meni dor ostiga kim keltirdi? Vijdon emasmi taqsir? Sizni bu yerda kim tomoshabin qildi? Ifloslik emasmi taqsir?” degan gaplar ham unga tegishli), Ra’no (asarda u “……tabiat xasis emas; tikandan gul, aridan bol yarata beradi. …… uni fazl va zakovatda ham o’tkan xon zamonlari asrining nodir uchayturgan yakto fozila qizlaridan sanaymiz va sanashda ham o’zimizda majburiyat his etamiz. Jodu ko’zi kishiga kishiga qaraganda qoralikdan bosgqacha yana bir turlik nur socha edi. Kipriklari ostida nafis bir surma doirasi bor edi. Qoshi tutash kabi ko’rinsa ham, ko’ndalang ikki qilich orasini nafis quyulib ko’tarilish ajratib turar edi, sochlari juda quyuq, kokillari orqa o’,gini tutib turar, qaddi uzunlik bila qisqalikning o’rtasi, bu qiz yolg’iz Qo’qonninggina emas balki Farg’onaning ham kuylariga qo’shib kuylanadigan go’zallaridan edi” deb ta’riflangan), Solih maxdum (u “Xayrul – umuri afsatuho ”(har bir ishning o’rtasi yaxshi) hadisni o’ziga shior qilib olgan), Nigor oyim, Gulshan (u o’zini onhazratining “otgan o’qlari” hisoblaydigan, xon haramini do’ndiq qizlar bilan to’ldirib turishni kasb qilib olgan), Sultonali, Abdurahmon Domla, Xudoyorxon, Safar bo’zchi, Qobil (Anvarning akasi), Roziya oyim (Xudoyorxon rafiqasi) va boshq.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish