Yangi o‘zbek adabiyoti va uning o’ziga xos xususiyatlari



Download 0,56 Mb.
bet17/18
Sana18.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#823888
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-kurs 1-sem adab maruza

Савол ва топшириқлар:
1. Мақсуд Шайхзода қаерда туғилган?
2. У бадиий ижод билан бир вақтда ижоднинг яна қайси тури билан шуғулланган?
3. Шоир шеьрларининг ўзига хос хусусиятлари деганда нималарни тушунасиз?
4.“Шеьр чин гўзаллик синглиси экан”номли асарнинг асосий ғоявий-бадиий йўналишини тахлил қилиб бера оласизмми?
5. “Айрилиқ”шеьри кимга бағишланган?
6. “Жалолиддин Мангуберди”драмасида қайси тарихий давр акс эттирилган?
7. Драмага шўро даврида қандай муносабат бўлган?
8. Драмадаги қайси қахрамонлар тарихий, қайси қахрамонлар бадиий тўқима эканини биласизми?
9. Жалолиддиннинг қахрамонлиги ва ватанпарварлиги қайси фазилатларда кўринади?
19-Dars. Abdulla Qahhor hayoti va ijodi, hikoyalari
Reja:
1. XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotida A.Qahhorning o‘rni
2. Adibning hayot va ijod yo‘li
3. Qahhor hikoyachilik maktabi asoschisi
4. Abdulla Qahhor saboqlari
O'zbek milliy nasrining zabardast vakillaridan biri yozuvchi Abdulla Qahhor 1907-yilning 17-sentabrida Qo'qon shahridan uncha uzoq bo'l-magan Asht qishlog'ida Ko’mir bozori mahallasida dunyoga kelgan. Uning otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shug'ullanardi. A. Qahhor uzi haqida shunday deydi: “ Otamning temirchi bo’lganligi sababli biz qishloqma- qishloq ko’chib yurar edik. Bir qishloqda bolalarga endi qo’shilib o’rtoq ortirganimda, boshqa qishloqqa ko’chib yana (ko’chmanchining bolasi, kelgindining bolasi) bo’lib qolar edim. Bu gaplar qattiq haqorat yo’sinida aytilar edi. Qudashga ko’chganimizda, qishloqning chiqaverishida pastqamlikdan oqadigan katta ariq ko’prigida oyog’imni salanglatib o’tirib, o’zim ashula to’qigan edim. Bu ashulaning o’zi esimda yo’q, lekin mazmuni shunday edi: “ Qayerga borsam, kelgindiman. Bolalar o’yinga qo’shmaydi…”
Ustaning oilasida garchi juda ko'p far-zand tug'ilgan bo'lsa-da, ular orasidan faqat Abdullajongina yashab qo-lib, boshqalari go'daklik chog'laridayoq turli sabablarga ko'ra nobud bo'lishadi. Abdullajon tug'ilgan davrini tasavvur qilar ekansiz, avvalgi darslarda o'tilgan G'afur G'ulom mavzusi, o'sha ijodkor, ayniqsa, uning Shum bolasi taqdiri darrov yodingizga tushgan bo'lsa, ajab emas. To'g'ri sezdingiz - Abdulla Qahhorning bolalik yillari ham boshqa tengdosh yozuvchi-shoirlarniki singari juda og'ir kechgandi. Yana bir o'zbek shoiri Hamid Olimjon o'sha yillarni eslab:
Men bir qora kunda tug'ildim, Tug'ildim-u, shu on bo'g'ildim,
deyishi bejiz emas edi. Zero, o'sha yillardagi Turkiston o'lkasi nihoyatda og'ir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma'naviy tanglikni boshdan kechirardi. Abdulla Qahhor endigina yetti yoshga kirganida boshlangan Birinchi jahon urushi esa bu ahvolni yanada og'irlashtirgandi.
Usta Abduqahhor tirikchilik uchun pul topish ilinjida Qo'qon atrofi dagi qishloq-kentlarga ustaxonasini ko'chirib borar, oila ham uning ortidan sarson-sargardon sudralib yurardi. Bir qishloqda yarim yil turilsa, boshqa birida ikki oyga yetar-yetmas temirchi usta qiladigan ishlarning tagi ko'rinib qolardi. Yana ko'ch-ko'ronni ko'tarib yo'lga chiqilar, qayerga borilsa, birovlarning uyi yoki tashlandiq hovlisida sig'indi bo'lib yashashga to'g'ri kelardi. Bularning bari Abdullajon-ning - bo'lg'usi yozuvchining ruhiyatiga, dunyoqarashi va xarakteriga ta'sir qilmasligi mumkin emas edi, albatta. Agar Abdulla Qahhorning «Sarob» romani (uning 1937-yildagi 1-nashridan o'rin olgan temir-chining o'g'li Sarimsoq tarixi), «O'tmishdan ertaklar» (yozuvchi bolaligi to'g'risida batafsil hikoya qilingan avtobiografik asar) qissasi, o'tmish hodisalari yoritilgan o'nlab hikoyalariga nazar solsak, bu ta'-sirning qanchalar kuchli bo'lganini ko'ramiz. Mazkur asarlarida yozuv­chi o'sha kunlarni quyuq bo'yoqlarda - xalq taqdiridagi eng og'ir kun-lar sifatida tasvirlaydi.
Abdullajonning savodi o'sha qishloqlardagi eski maktablarda chiq-qan bo'lsa-da, ota-onasi Qo'qonga ko'chib kelib, muqim o'rnashgandan keyingina u chinakam maktab ta'limini oladi. Avvaliga shahardagi so-biq xotin-qizlar gimnaziyasi o'rnida tashkil qilingan intematda, keyin esa (1922-1924-yillari) o'qituvchilar tayyorlanadigan texnikumda o'qiydi.
U yillari savodli, qo'lida qalami bor yosh kadrlarga talab nihoyatda katta edi. Shu tufayli ham Abdulla Qahhor Turkiston o'lkasining markazi -Toshkentga keladi va «Qizil O'zbekiston» (hozirgi «O'zbekiston ovozi») gazetasiga adabiy xodim bo'lib ishga joylashadi. 1926-1930-yillar ora-lig'ida O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy univer-siteti)ning pedagogika fakultetida o'qiydi. O'qib yurgan kezlari _«Mushtum» jurnalida, ko'plab gazetalarda uning o'nlab felyetonlari, hikoya va hajviyalari ketma-ket chop etiladi. Yozuvchi bu asarlar ostiga Norin shilpiq, Mavlono Kufur, Gulyor, E- boy, Erkaboy Sarimsoqjsingari taxalluslar qo'yardi. Yosh yozuvchi tez orada yirik janrlarga ham dadil qoi uradi. Agar «Qish-loq hukm ostida» nomli dastlabki qissasi 1932-yilda chop etilgan bo'lsa, 1934-yilda u «Sarob» deb atalgan yirik romanini yozib tugatadi. 1935— 1939-yillar oralig'ida adibning uchta «Hikoyalar» to'plami, 1937-yilning oxirida esa «Sarob» romani o'quvchilarga kitob shaklida taqdim etiladi.
1941—1945-yillarda bo'lib o'tgan Ikkinchi jahon urushi Abdulla Qah-hor ijodida ham o'z izini qoldirmay qo'ymadi. O'sha yillari adib fashist gazandalarini la'natlagan qator felyetonlar, urushda mardlik namunalarini ko'rsatayotgan o'zbek jangchilarini madh etgan maqolalar, urish ortida zahmatli mehnat qilayotgan qariyalar va ayollar to'g'risidagi o'nlab hikoyalarini bitdi.
Urushdan keyin - 1949-yilda Abdulla Qahhor qishloq xo'jaligini jamoalashtirish (kolxozlashtirish) mavzusi yoritilgan «Qo'shchinor» nomli romanini yozib, e'lon qiladi. Biroq matbuotda, Yozuvchilar uyushmasida va boshqa joylarda bildirilgan noo'rin tanqidiy gaplar tufayli bu asar jid-diy qayta ishlanadi va «Qo'shchinor chiroqlari» nomi bilan 1951-yilda boshqatdan chop etiladi.
Abdulla Qahhor milliy teatr san'atimiz rivojiga ham jiddiy hissa qo'shgan ijodkor sanaladi. Uning «Shohi so'zana» (1951-y.), «Og'riq tishlar» (1954-y), «Tobutdan tovush» (1962-y), «Ayajonlarim» (1967-y.) singari komediyalari o'z davri tomoshabinlarining sevimli asarlariga aylangan edi. Xuddi shuningdek, adibning «Sinchalak», «O'tmishdan ertaklar», «Muhabbat», «Zilzila» (tugallanmagan) qissalari zamonaviy qissachilik rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.
Abdulla Qahhorning qator hikoyalari, hajviy asarlari, «Sinchalak» qissasi, «Qo'shchinor chiroqlari» romani asosida telespektakllar, video va badiiy filmlar suratga olingan.
Abdulla Qahhor 1968-yilning 25-may kuni vafot etdi va Toshkent-dagi Chig'atoy qabristoniga dafn qilindi. Poytaxtimizda adib yashab ijod etgan maskan bugungi kunda «Abdulla Qahhor uy-muzeyi»ga aylan-tirilgan. O'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo'shgan ulkan hissasi uchun Abdulla Qahhor «O'zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga, mustaqillik davrida esa «Buyuk xizmatlari uchun» ordeniga munosib topilgan.
Abdulla Qahhor hikoyalari
Maston”,“Ko’r ko’zning ochilishi”,“Boshsiz odam”,“Anor”,“O’g’ri”,“Bemor”, “Tamoshabog’’, “Millatchilar”, “Dahshat”, “Hurqiz”, “Teshiktosh”, “Bashorat”,
Qabirdan tovush”, “Bek”,“Og’aynilar”, “Munofiq”, “Ikki yorti – bir butun”,
Sanatkor”,“O’jar”,“Ayb kimda?”,“Mirza”,“Ko’k konvert”,“Kampirlar sim qoqdi”
Xotinlar”,“Qizil convert”,“Adabiyot muallimi”.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish