Kitob mutolaasining inson ruhiyatiga ta’siri annotatsiya



Download 45 Kb.
bet1/2
Sana08.07.2021
Hajmi45 Kb.
#112999
  1   2
Bog'liq
Kitob mutolasi-1


KITOB MUTOLAASINING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kitob o’qishning inson ruhiyatiga ta’siri, hayotimizdagi o'rni beqiyosligi, jonli va elektron kitoblarning foydali tomonlari, kitob insonni kamolotga yetaklovchi vosita ekanligi to’g’risidagi fikrlar tahlil qilingan.

Reja:


1. Kirish. Hayotimizda ,millat yuksalishida kitob va kitobxonlikning ahamyati.

2. Asosiy qism. Eletron kutubxonalar. Jonli va elektron kitob Mutolaa qilishning o'ziga xos xususiyatlari, qulayliklari, afzalliklari va farqi.

3. Xulosa.

Respublikamizda kitobxonlik bugungi kunda jamiyatimizning muhim ijtimoiy hamda ma'naviy voqeyligiga aylanmoqda. Kitobga oshno bo'lgan kishi hech qachon zamondan ortda qolmaydi. Kitob inson kamolotiga benazir ma'naviy qanot hisoblanadi. Kitob insonni yaxshilikka yetaklaydi. Inson qancha ko'p kitob o'qisa shuncha ma'naviyiyati oshib boradi.



Kitob o'qimagan odamning ham,

Millatning ham kelajagi yo'q.

Shavkat Mirziyoyev.

Yurtboshimiz takidlaganlaridek kelajakda yuksak marralarni ko'zlagan har bir inson albatta kitob bilan oshno bo'ladi.Kitob o'qigan inson bilan o'qimagan inson o'rtasida yer bilan osmoncha farq bor. "Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala-bu yoshlarning odob-axloq, yurish-turishi bir so'z bilan aytganda dunyoqarashi bilan bog'liq.Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ko'proq his etadigan kim-yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz qanday ulug' zotlarning avlodimiz,degan davat ularning qalbida doimo aks-sado berib,o'zligiga sodiq qolishaga undab tursin.Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan." deb yurtboshimiz yoshlar tarbiyasiga katta etibor qaratadilar. Prezidentimiz yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish ,ularning bo'sh vaqtini sermazmun tashkil qilish va yosh avlod o'rtasida kitobxonlikni rivojlantirib, kitob Mutolaa qilish yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishini alohida takidlab o'tadilar.

Har birimizning hayotimizda axbarot olamining ahamiyati tobora kuchayib borayotgani kundek ravshan.Biz izlayotgan kitob yoki ma’lumotni topish uchun endi ko'p vaqt va mablag' sarflashning hojati yo'q. Bu masalani yengillashtirish maqsadida elektron kutubxonalar tashkil qilingan.Istagan kitobni elektron shaklda olib Mutolaa qilish imkoniyati mavjud.

Kutubxonalar insoniyat barcha ruhiy boyliklarining durdonalaridir.

Leybnits.

Elektron kutubxona-Internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonada barcha kitoblar mavjud bo'lib ular elektron shaklda bo'ladi. Elektron kitoblardan foydalanish esa juda qulay hisoblanadi. Elektron kutubxona orqali biz dunyoning ixtiyoriy nuqtasidagi kitobning elektron shaklini olishimiz mumkin. Yana bir qulay tomoni zarur malumot nusxasini ko'chirib olishimiz mumkin.Faraz qilaylik biror bir malumot bilan tanishish uchun elektron kutubxonadan foydalanmoqchimiz. Kompyuter va Internet yordamida malumotni bir necha daqiqada topish mumkin.

Elektron kutubxonaning imkonyatlari.

- Joy tejalishi ya'ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joy zaruryatining yo'qligi.

-Nodir asar va ma'lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatining mavjudligi.

-Qidiruv tizimining mavjudligi.

-Ma'lumotlar audio, video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq aks etishi.

-Vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi , ya'ni undan 24 soat mobaynida foydalanish mumkinligi.

Elektron kitoblar va jonli kitoblar ya'ni qog'ozli kitoblarning solishtirma farqi.

Ustunliklari.

- Elektron kitobda matn bo'yicha izlashni, giperilovalar bo'yicha o'tishlarni vaqtinchalik ajratishlarni va ilovalarni aks ettirishni amalga oshirish mumkin.

-Bir qurulmada yuzlab va minglab kitoblarni saqlash mumkin.

-Elektron kitobning og'irligi va hajmi kichigligi hisobiga bosma kitoblarga qaraganda olib yurish oson va istalgan vaqtda ,istalgan joyda o'qish mumkin.

-Shrifti tuzilishi va kattaligini o'zgartirish mumkin.

-Elektron kitobda animatsiyali suratlarni , multimediyali kliplarni aks ettirish mumkin yoki audio-kitoblarni tinglash mumkin.

-Elektron kitoblarni tarqatish va izlash oddiy kitoblarga qaraganda kam xarjat talab etadi.

-Elektron kitoblardan foydalanish tabiatga yetkaziladigan zararni kamaytiradi chunki ularni ishlab chiqarishda ko'p miqdordagi qog'oz tejaladi.

Kamchiliklari.

-Ba'zi nashriyotchlar elektron kitoblarni qog'oz kitoblar bilan birgalikda ishlab chiqarmaydilar ,bu esa elektron variantlari paydo bo'lishini ancha kechiktirishga olib keladi.

-Elektron kitoblarni o'qish uchun bosma kitoblarga qaraganda qurilmalar fizik tasirlarga ega hisoblanadi.

-Har qanday elektron qurilma orqali kitob Mutolaa qilishda qog'oz kitoblarga qaraganda kuchliroq ko'z charchaydi.

Shunday ekan elektron kitoblarning ham jonli kitoblarning ham afzalliklari bor va harbir inson o'zi uchun nima muhimligini tanlashi kerak. Asosiysi kitobning qay shakldaligi emas balki uning Mutolaasida ,mazmunini tushunib uning nechog'li foydali ekanligini anglab yetishda hisoblanadi.

Kitob o'qishning 21 fodasini "Ad Meru" o'z tatqiqotlari natijasida ko’rsatib o’tgan.

1. Mutolaa asabni tinchlantiradi.

2. Mutolaa uyqusilikdan qutilishga yordam beradi.

3. Mutolaa qalbni yumshtadi.

4. Mutolaa miya faoliyatini yaxshilaydi.

5. Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishda yordam beradi.

6. Mutolaa insonni go'zallashtiradi.

7. Mutolaa hayotda maqsadni anglashda va qiyinchiliklarni yengishda yordam beradi .

8. Kitob o'qiydigan inson hayotda faol bo'ladi.

9. Mutolaa xotira va fikirlash qobilyatini yaxshilaydi.

10. Mutolaa so'z boyligini oshiradi.

11. Mutolaa yozuvchanlik qobilyatini rivojlantiradi.

12. Mutolaa chet tilini o'rganishni osonlashtiradi.

13. Mutolaa tinglash qobilyatini rivojlantiradi.

14. Mutolaa ijodkorlik qobilyatini rivojlantiradi.

15. Mutolaa Altsegeymer xastaligiga chalinishni oldini oladi.

16. Birgalikda kitob o'qish ota-onalar va bolalarning o'zaro munosabatini yaxshilaydi.

17. Mutolaa moliyaviy qiyinchiliklarni yengishda yordam beradi.

18. Ko'p kitob o'qiydigan bola darslarni yaxshi o'zlashtiradi.

19.Mutolaa jinoyatchilikni oldini oladi.

20.Mutolaa yaxshi hikoyago'yga aylantiradi.

21.Mutolaa doimo yaxshilik qilishga undaydi.

Demak kitob o'qishning anashunday ajoyib xususiyatlari bor ekan. Shunday ekan kitob insonni chin do'sti va ezgulikka eltuvchi nur desak mubolag'a bo'lmaydi.




Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish