Takroriy dukkakli-don ekinlarida mineral o'G'itlar me'yorlarini g'O'zaning o'sishi va rivojlanishi ta'siri mamadjonova Nafisa Abdimannobovna



Download 252 Kb.
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi252 Kb.
#669133
  1   2
Bog'liq
Nishonov O maqola (2)


TAKRORIY DUKKAKLI-DON EKINLARIDA MINERAL O'G'ITLAR ME'YORLARINI G'O'ZANING O'SISHI VA RIVOJLANISHI TA'SIRI


Mamadjonova Nafisa Abdimannobovna- Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Dehqonchilik va o’rmon melioratsiyasi” kafedrasi dotsenti q.x.f.f.d.
Nishonov Ozodbek Baxtiyorkon o`g`li- Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistri

Hozirda dunyo qishloq xo'jaligi amaliyotida g'o'zadan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlarini ekish, ekinlarni oziqlantirish me'yorlarini belgilashda o‘tmishdosh ekin turlari va qo‘llanilayotgan almashlab ekish tizimlarini inobatga olgan holda belgilash, ularni etishtirishda resurstejamkor agrotexnologiyalarni qo‘llash, dukkakli don ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berish orqali ushbu ekinlarni parvarishlashda qo‘llaniladigan azotli o‘g‘itlar me'yorlarini kamaytirish bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi.


Respublikamizda aholini oziq-ovqat va chorvani em-xashak mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘la qondirish hamda g‘o‘za majmuidagi ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 20172021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida “... qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish”1 muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan.
Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlarida sug‘oriladigan erlardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlarini ekish orqali tuproq unumdorligini saqlash va g‘o‘za majmuidagi ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishga ta'sirini aniqlash bo‘yicha R.Oripov, B.M.Xalikov, N.Xalilov, N.O‘razmatov, A.A.Iminov, F.B.Namozov, M.M.Tojiev, S.Baxromov, Q.Jo‘raev, YA.Bo‘rievlar, kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekinlarni parvarishlash agrotexnologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish bo‘yicha R.Oripov, X.N.Atabaeva, B.M.Xalikov, N.Xalilov, N.O‘razmatov, D.Yo.Yormatova, N.M.Ibragimov, A.A.Iminov, F.B.Namozov, M.A.Avliyoqulov, M.Tojiev, F.M.Xasanova, YA.Bo‘riev, L.A.Mirzaev, I.T.Karabaev, A.Mansurov va xorijda B.Volger, H.M.Taylor, H.R.Gardner, G.Zhou, O.Christen, B.Pallut, J.Strassemeyer, S.Dieke, B.Malander kabi olimlar tomonidan keng ko‘lamdagi tadqiqotlar olib borilgan.
Respublikamizda joriy etilayotgan qisqa navbatli almashlab ekish tizimlariga kuzgi boshoqli don ekinlaridan so‘ng takroriy ekin sifatida dukkakli-don ekinlarini kiritish g‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlar hosildorligini oshirishga hamda uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishiga hizmat qiladi. Buning natijasida tuproqlarimizning unumdorligini saqlash va oshirishga erishilib, sug‘oriladigan maydonlardan foydalanish samaradorligi ham ortadi. Bu esa o‘z navbatida aholini oziq-ovqat va chorvani em-xashak maxsulotlari bilan ta'minlashga hizmat qiladi. Bu yo‘nalishda respublikamizda qishloq xo‘jalik ekinlari strukturasiga o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng kuzgi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga takroriy va oraliq ekinlarni kiritish, ularning tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishdagi samarasi to‘g‘risida bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan hamda ulardan olingan natijalar respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlari uchun tavsiya etilgan.
A.Iminov va E.Avliyoqulovlarning [2008 y]ma'lumotlariga ko‘ra, qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1 (g‘o‘za:g‘alla) tizimida g‘o‘zani takroriy ekin sifatida etishtiriladigan dukkakli-don (soya, loviya, mosh) va aralash siderat (perko, suli, ko‘k no‘xat) ekinlaridan so‘ng etishtirilganda undan yuqori va sifatli paxta hosili olishni ta'minlab, g‘o‘za hosildorligini 3,9-6,0 s/ga, tola chiqishini 1,0-2,0 foizga, 1000 dona chigit massasini 7,5-14,0 g. ga, tola uzunligini esa 0,4-0,9 mm ga yuqori bo‘lishini ta'minlagan.
F.B.Namozovning [2010 y] ta'kidlashicha, g‘o‘zani vilt kasalligi bilan zararlanishini kamaytirish hamda uni sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini ta'minlash uchun g‘o‘za-g‘alla qisqa navbatlab ekish tizimlarida g‘o‘zani kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin ekilmagan fonda birinchi yili parvarish qilinganda vilt kasalligini 64,8%-48,9%ga, takroriy ekin soya va oraliq ekinlardan keyin birinchi yil parvarish qilinganda 48,9-52,2% ga, ikkinchi yil parvarish qilinganda esa 56,6-57,4 % ga kamaytiradi. Umuman olganda, g‘o‘zani vilt bilan kasallanishini oldini olishda, kasallik bilan zararlanish darajasini kamaytirish uchun ekinlarni navbatlab ekishni o‘rni beqiyos ekanligi uning tadqiqotlarida yana bir bora o‘z isbotini topgan.
S.T.Negmatovaning [2011 y] ma'lumotlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatining o‘tloqilashib borayotgan, sug‘oriladigan taqirsimon tuproqlari sharoitida ham, Toshkent viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida ham g‘o‘za qator oralariga chuqur ishlov berish qatlamlarini 18-20 smdan 30-32 smqatlamgacha oshirib borilishi g‘o‘zani vilt kasalligi bilan zararlanish darajasini doimiy g‘o‘za ekilgan dalada 1,8-2,3% gacha, g‘o‘zani almashlab ekish tizimida kuzgi bug‘doydan keyin parvarish qilingan dalada 2,5% dan 3,5% gacha kamaytirishga sabab bo‘lgan.
Mamlakatimizda aholi sonini keskin ortib borishi hisobiga sug‘oriladigan maydonlardan foydalanish samaradorligi ham ortib bormoqda. Respublikamizda ekilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlari asosini g‘o‘za va kuzgi boshoqli-don ekinlari tashkil etadi. Hozirda sug‘orib dehqonchilik qilinadigan erlarimizning bir million gektardan ortiq maydonida har yili kuzgi boshoqli-don ekinlari etishtirilmoqda. Demak, kuzgi boshoqli don ekinlarining hosili yig‘ishtirib olingandan so‘ng shuncha miqdordagi maydonda takroriy ekinlar etishtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda asosiy e'tiborni aholini kundalik oziq-ovqat va chorvani em-xashak maxsulotlariga bo‘lgan talablarini qondiradigan dukkakli don, don, sabzavot hamda em-hashak ekinlarini takroriy ekin sifatida etishtirish kelgusida respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlashga, aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirishga zamin yaratadi.
Dukkakli-don ekinlari ildizida yashab, havodagi erkin holatdagi azotni o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalarning faoliyati va faolligi etishtirilayotgan o‘simlik hayoti bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning faolligi etishtirilayotgan ekinlarni qay darajada parvarish qilinishiga, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga, ayniqsa har bir xududning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda ularni ekish muddatlari va me'yorlarini to‘g‘ri belgilashga bog‘liqdir.
Dukkakli-don ekinlari vositasida fiziologik faol moddalar hosil bo‘lib, ularning ildizidagi tuganak bakteriyalarning faoliyatini yaxshilaydi. Buning natijasida havodagi erkin azot yaxshi o‘zlashtiriladi. O‘zlashtirilgan azotning bir qismi kelgusida o‘simlikning hayoti uchun zarur hisoblanib, uning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi. Izlanishlardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Evropaning unumdor tuproqlarida mosh ekini tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, maqbul muddatlarda ekilganda don xosildorligi o‘rtacha 20,3 s/ga, ba'zi bir yillarda esa 23,5 s/gani tashkil etgan.
Ma'lumki, ziroatlarni sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida etishtirish uchun o‘ziga xos agrotexnologiyasini ishlab chiqish talab etiladi. Chunki, sug‘oriladigan maydonlardan samarali foydalanish iqtisodiy manfaatdorlikni oshirishning ichki imkoniyatlaridan biri hisoblanib, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda takroriy ekinlarning o‘rni beqiyosdir.
Hozirgi kunga qadar respublikamizda kuzgi boshoqli don ekinlarining hosili yozning o‘rtasida yig‘ishtirilib olinganidan so‘ng takroriy ekinlar etishtirib, ulardan mo‘l va sifatli hosil olish bo‘yicha ko‘p ilmiy va amaliy tadqiqotlar amalga oshirildi. Lekin, takroriy ekin sifatida tuproqning unumdorlilik darajasini oshiruvchi dukkakli-don va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqishga oid ilmiy manbalar etarli emas.
Shunday ekan, sug‘oriladigan maydonlardan bir yilda ikki marta hosil etishtirishda mosh, soya, loviya va boshqa dukkakli-don ekinlarini takroriy ekin sifatida etishtirib, ulardan yuqori va sifatli hosil olishmumkin. Shuning uchun ham aholi ehtiyojini oqsil va vitaminlarga boy bo‘lgan don mahsulotlari bilan ta'minlashning asosiy manbalaridan biri bo‘lgan dukkakli-don ekinlari maydonini oshirishning asosiy imkoniyati ularni takroriy ekinlar sifatida etishtirishdan iborat bo‘lmog‘i kerak.
Ishlab chiqarish sharoitida o‘tkazilgan tajribada ham g‘o‘zaning hosildorligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar soya va mosh ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilib, mineral o‘g‘itlarning N30 R90K60kg/ga me'yori qo‘llanilgan fonlarda kelgusi yili g‘o‘za parvarish qilingan variantlardan olinib, 40,3-41,2 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, soya va mosh ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilmasdan mineral o‘g‘itlarning N60R90K60kg/ga me'yori qo‘llanilgan fonlarda kelgusi yili g‘o‘za parvarish qilingan variantlardan esa 38,7-39,5 s/ga miqdorida paxta hosili olindi.

Kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida etishtirilgan soya va mosh ekinlarida nitragin qo‘llanilmasdan o‘g‘itsiz parvarish qilingan nazorat variantlarida kelgusi yili parvarishlangan g‘o‘zadan 34,3-34,9 s/ga miqdorida paxta hosili olingan bo‘lsa, soya va mosh ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilib, soya va mosh ekinlarini o‘g‘itsiz parvarish qilingan variantlarda esa kelgusi yili etishtirilgan g‘o‘zadan 35,6-36,0 s/ga miqdorida paxta hosili olindi (D.Xoldarova 2019 y).
Xulosa qilib aytganda, dukkakli don ekinlarining ildizida tuganak bakteriyalarning hosil bo‘lishi soya, mosh ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilib, mineral o‘g‘itlarning N30 R90 K60 kg/ga me'yori qo‘llanilgan variantlarda 28,9-41,4 donani tashkil etib, hech qanday mineral o‘g‘it qo‘llanilmagan nazorat variantlariga nisbatan 15,4-16,4 donaga ko‘p miqdorda hosil bo‘lishini ta'minlaydi. Azotli o‘g‘itlarning me'yoridan ortiqcha qo‘llanilishi esa o‘simlikning ildizida hosil bo‘ladigan tuganaklarning miqdorini kamayib borishiga sabab bo‘ladi. Qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1 (g‘o‘za:g‘alla) tizimida g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirish uchun kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy ekin sifatida etishtiriladigan soya ekini urug‘larini ekish oldidan Bradyrhizobium japonicum SB5, mosh ekini urug‘larini Phaseolus radiatus 148 shtammlaridagi nitraginlar bilan ishlov berilgan urug‘larini ekilib, takroriy ekinlarda mineral o‘g‘itlarning N30 R90 K60 kg/ga, g‘o‘za ekinida esa N200 R140 K100 kg/ga me'yorlarda qo‘llash tavsiya etiladi.



Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish