1. Oltin O'rda xonligiga qaysi hududlarini o‘z ichiga olgan?
1. Xorazm, Shimoliy Kavkaz 2. Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq 3. Qrim va G‘arbiy Sibir 4. Sibir va Astraxan
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3
2. Abu Said Mirzo halok bo‘lgach Movarounnahr uning o‘g‘illari hukmdor bo‘lgan amalda uch mustaqil davlatga bo’linib ketdi. Chunonchi, Samarqandda (a), Farg‘onada (b), Hisor, Xuttalon va Badaxshonda (c) hukmronlik qildilar.
A) a-Sulton Ahmad, b-Umarshayx Mirzo, c-Ibrohim Sulton
B) a-Sulton Ahmad, b-Umarshayx Mirzo, c-Sulton Mahmud Mirzo
C) a-Mironshoh, b-Umarshayx Mirzo, c-Sulton Mahmud Mirzo
D) a-Sulton Ahmad, b-Abdulatif, c-Sulton Mahmud Mirzo
3. Bobur yosh bo`lgani uchun davlat ishlarini kimlar yordamida boshqargan?
A) Ishonchli beklaridan Hojiqozi va onasi Qutlug` Nigorxonim
B) Ishonchli beklaridan Uzun Hasan va onasi Qutlug` Nigorxonim
C) Ishonchli beklaridan Ahmda Tanbal va onasi Robiya Sultonbegim
D) Onasi Robiya Sultonbegim va ishonchli beklaridan Hojiqozi
4. Muhammad Shayboniyxon Toshkent va Shohruxiya shaharlarini egallagandan keyin kimni Turkistonga hokim qilib qo`yadi?
A) Ko`chkunchi Sulton B) Sulton Ali Mirzo
C) Jonibek Sulton D) Suyunchxo`ja Sulton
5. Buxoro xoni shayboniy Ubaydullaxonning tarixiy xizmatari tog`ri berilgan javobni aniqlang
1. Ismoil Safaviyning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy siyosiy-siyosiy tazyiqlardan saqlab qoldi 2. Ubaydulaxon o`z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi 3. Hirotni ishg`ol etgan Eron qo`shinini bir necha marta mag`lubiyatga uchratgan 4. Mamlakat ichkarisidagi o`zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi 5. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o‘sdi
A) 1,3 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4
6. Abdullaxon II ning jasoratli kurashi natijasida qaysi davrga kelib Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylandi?
A) XVI asr oxirida B) XVII asr boshida C) XVI asr boshida D) XVII asrda
7. Buxoro xonligida ashtarxoniy Abdulazizxonning hukmronlik yillarini aniqlang
A) 1611-1642-yillar B) 1642-1645-yillar C) 1645-1681-yillar D) 1681-1702-yillar
8. Buxoro xonligida Shayboniylar sulolasi humkronligi davrida xon va shahzodalar o`rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan qaysi amaldor shug`ullangan?
A) parvonachi B) xon yasovuli C) ko`kaldosh D) dodxoh
9. Vaziyat taqozo etganida maxsus xizmatlar qo‘shinning … qismi tomonidan ham amalga oshirilgan.
A) ilg‘or yoki qorovul B) hirovul yoki ilg‘or C) qorovul yoki tug‘chi D) ilg‘or yoki tug’chi
10. Shayboniylar davrida davlat yerlari nima deyilgan?
A) mamlakai podshoh B) mulki xos C) mamlakai sulton D) A va C
11. Rossiya Sibir xonligiga qarshi qo’shin jo’natgan (a) va rus qo’shinlari Sibir ustidan g’alaba qozongan (b) yillarni aniqlang.
A) a-1872-yil, b-1598-yil B) a-1581-yil, b-1584-yil C) a-1581-yil, b-1598-yil D) a-1552-yil, b-1556-yil
12. Quyidagi qaysi asar Dashti Qipchoq va Movarounnahrning XV asr o`rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo`lgan davr voqealarini o`z ichiga oladi?
A) Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarida
B) Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asarida
C) Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida
D) Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» asarida
13. . Doniyolbiy otaliq kimlarning qarshiligini sindira olmagan?
A) katta yer egalarining B) harbiylarning C) Shayxulislomning D) saroy amaldorining
14. Amir Haydar hukmronligi davrida ukasi Dinnosirbek qaysi viloyatining hokimi edi?
A) Marv B) Miyonqol C) Balx D) Badaxshon
15. Buxoro amirligining davlat muassalari nimalardan iborat edi?
1. ma`muriy 2. moliya 3. qozilik 4. mirshablik 5. harbiy 6. tashqi ishlar
A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2,3,6 D) 1,2,4,5,6
16. Buxoro amiri Nasrullo tomonidan harbiy islohot o`tkazligan sanani aniqlang
A) 1856-yi l B) 1830-yil C) 1837-yi l D) 1840-yil
17. Buxoro amirligining yer maydonini aniqlang
A) 250 km.kv B) 270 km.kv C) 290 km.kv D) 200 km.kv
18. Buxoro shahridagi madrasa (1), masjid(2), karvonsaroy(3) lar sonini aniqlang.
A) 1-200 dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 ta
B) 1-100 ga yaqin, 2-300 dan ortiq, 3-28 ta
C) 1-100 dan ortiq, 2-200 dan ortiq, 3-38 ta
D) 1-100 dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 t
19. Ernazarbiy elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan tashqari qaysi shaharda Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga erishgan?
A) Moskva B) Novogorod C) Astraxon D) Volgagrad
20. «Xusn-u Dil» dostoni qachon yozilgan?
A) 1765-yilda B) 1775-yilda C) 1778-yilda D) 1780-yilda
21. Husayn Boyqaroning Xorazmdagi noibi Chin So`fi qaysi qabiladan chiqqan edi?
A) Qo`ng`irot B) Naymann C) Uyg`ur D) Qipchoq
22. Xiva xoni Arab Muhammadxonning hukmronlik yillarini aniqlang?
A) 1602-1623-yillar B) 1605-1619-yillar C) 1623-1643-yillar D) 1644-1663-yillar
23. ………… tabaqasining madadiga tayangan qo`ng`irot qabilasining yo`lboshchisi Muhammad Amin inqolik lavozimiga ko`tarilgan
A) Harbiylar va ruhoniylar B) Zodagonlar va ruhoniylar
C) Saroy amaldorlari va ruhoniylar D) Aslzodalar va harbiylar
24. XIX asrda Xiva xonligi hududuni to’g’ri joylashtiring.
1. G‘arbda 2. Janubda 3. Shimolda a) Atrek daryosi b) Orol dengizi havzasi c) Kaspiy dengizi
A) 1-a, 2-b, 3-c. B) 1-c, 2-a, 3-b. C) 1-c, 2-b, 3-a. D) 1-b, 2-c, 3-a.
25. Xiva xonligida 10 tanobdan ortiq yer berilgan xo‘jaliklar (a), 5 tanobdan 10 tanobgacha yer berilganlar(b), 5 tanobgacha yer berilganlar (c) yiliga qancha soliq to‘laganlar?
A) a-3 tilla, b-2 tilla, c-1 tilla B) a-5 tilla, b-2 tilla, c-1 tilla
C) a-5 tilla, b-3 tilla, c-1 tilla D) a-3 tilla, b-2 tilla, c-3 kumush tanga
Do'stlaringiz bilan baham: |