Test “Yulduzli tunlar”
1.Husayn Boyqaroning o’g’illarining ismi kim?
A)Badiuzzamon va Sulton Ahmad B)Sulton Mahmud va Muzaffar Mirzo C)Sulton Muhammad va Badiuzzamon D)Badiuzzamon va Muzaffar Mirzo
2.Bobur Samarqandni egallaganda Oyishabegim unga nima sovg’a qiladi?
A)A.Temur qilichini B)Bobosidan qolgan tug’ni C)Shohlik sallasiga qadash uchn ikkita gavhar donasi D)Barcha javob to’g’ri
3.Xurramshoh kim edi? A)Xonzodabegimning o’g’li,Boburning jiyani B)Husayn Boyqaroning o’g’li C)Axsidan o’lim xabarini olib kelgan chopar D)A va C javoblar to’g’ri
4.Boburning Xurosonlik turmush o’rtog’i,ya’ni Humoyinning onasi kim edi? A)Xub Nigorxonim B)Mohim Begim C)Oyshabegim D)Robiya
5.Otasining maxfiy maktubi borganda Humoyun qayerda betob bo’lib to’shakda yotardi?
A)Axsida B)Sambxalda C)Karkida D)Kobulda
6.Qaysi asarning birinchi qismi “Qil ustida turgan taqdirlar” deb nomlangan? A)”Yulduzli tunlar” B)”Avlodlar dovoni” C)”Kecha va kunduz” D)”O’tgan kunlar”
7.”Ro’za tutish shoh-u malayga barobar kelgan majburiyat”.Ushbu gap qaysi asarda keltirilgan?
A)”O’tgan kunlar” B)”Kecha va kunduz” C)”Avlodlar dovoni” D)”Yulduzli tunlar”
8.Boburning opasining ismi kim? A)Mohim begim B)Robiya C)Xonzodabegim D)Gulbadanbegim
9.”Yulduzli tunlar” asarida Navoiyning qaysi g’azali keltirilgan?
A)”Orazin yopg’och…” B)”Qoshi yosinmu deyin,…” C)”Qaro ko’zum,…” D)”Ko’rgali husningni…”
10.”Yulduzli tunlar” romanida Axsidan o’lim xabarini olib kelgan asar qahramoni kim?
A)Tohir B)Zunnun Arg’un C)Qosim D)Ismi keltirilmagan
11.”Vaqti soati kelur.Samarqand orzusiga ham yetursiz.Biroq hozir raiyat osoyishta umr kechirmoqqa mushtoqdur”.Ushbu gap Boburga kim tomonidan aytilgan?
A)Xonzodabegim B)Tohir vazir C)Mohim begim D)Qutlug’ Nigorxonim
12.Humoyun yigit yuragi,otasi ko’rsatgan ruhiy madaddan kuch olib,og’ir xastalikni yengganda necha yoshda edi?
A)21 B)24 C)23 D)22
13.Boburga bobosining qilichini kim beradi?
A)Onasi Qutlug’ Nigorxonim va Oyishabegim B)Bobur Samarqandni egallaganda Oyishabegim sovg’a qiladi C)Otasi D)Boburning turmush o’rtog’i Mohim begim
14.Boburning oldiga qopda o’ntacha kallani olib kelib oyog’i ostiga tashlagan, oxir-oqibatda o’zi ham shunday holga tushgan obraz kim?
A)Tilba Sulton B)Mahmudxon C)Ahmad Tanbal D)Muhammad Solih
15.Boburni o’limdan saqlash uchun Xonzodabegim kimga turmushga chiqadi?
A)Shayboniyxonga B)Husayn Boyqaroga C)Ahmad Tanbalga D)Tilba Sultonga
16.Bobur Samarqandni Shayboniyxonga boy berganda Hirot taxtida kim o’tirar edi?
A)Shayboniyxon B)Husayn Boyqaro C)tog’asi Mahmudxon D)To’g’ri javob yo’q
17.Boburning navkarlaridan biri,Tohirning rafiqasining ismi kim?
A)Robiya B)Oyshabegim C)Roqiya C)Mohim begim
18.”Yulduzli tunlar” romanida Navoiyning yoniga 15 yoshida kelib,uning saxovatlaridan bahramand bo’lib,shoir bo’lgan obraz kim?
A)Zunnun Arg’un B)Xondamir C)Zayniddin Vosifiy D)B va C javoblar to’g’ri
19.Shayboniyxonga turmushga chiqish uchun Samarqand eshiklarini ochib bergan personaj kim?
A)Xonzodabegim B)Zuhra begim C)Oyshabegim D)Mohim begim
20.Bobur Hirotga borganda Navoiyning qaysi shogirdi bilan u qurgan binolarni aylanadi?
A)Zunnun Arg’un B)Xondamir C)Zayniddin Vosifiy D)B va C javoblar to’g’ri
21.Badiuzzamonning eshik og’asi kim edi?
A)Tohir B)Qosimbek C) Zunnun Arg’un D)Xondamir
22.Bobur bilan nech janglarda qatnashgan,keyin esa Boburning roziligi bilan Hisorga ketgan,keyinchalik Boburning xizmatiga qaytgan sarkarda kim edi?
A)Tohir B)Qosimbek C) Zunnun Arg’un D)Xondamir
23.Boburning eng ishongan piri Xo’ja Afzalni kim o’ldiradi?
A)Tilba Sulton B)Mahmudxon C)Ahmad Tanbal D)Muhammad Solih
24.Quvadagi ko’prikni buzishda ishtirok etgan yigitlar nomi?
A)Tohir,Mahmud,Umrzoq B)Qosimbek,Tohir,Umrzoq C)Mahmud va Tohir D)Qosim,Tohir,Mahmud
25.Bobur 5 yoshida kimga unashtirilgan edi?
A)Xonzodabegim B)Zuhra begim C)Oyshabegim D)Mohim begim
26.Boburning tog’asi Mahmudxonga qaysi qahramon Bobur bilan jang qilish fikrini bildiradi?
A)Tilba Sulton B)Mahmudxon C)Ahmad Tanbal D)Muhammad Solih
27.Quvadagi ko’prik kimning taklifi bilan qurilgan edi?
A)Xondamirning B)Qosimbekning C) Zunnun Arg’unning D)Fazliddinning
28.Shayboniyxon tomonga qochib o’tib,Sulton Ali mirzoning harbiy sirlarini unga aytib bergan shaxs kim edi?
A)Tilba Sulton B)Mahmudxon C)Ahmad Tanbal D)Muhammad Solih
29.Bobur bilan Andijonda yashagan buvisining ismi kim edi?
A)Xub Nigorxonim B)Eson Davlatbegim C)Zuhrabegim D)Buvisining ismi keltirilmagan
30.Bobur qaysi voqedan keyin og’ir betob bo’lib,duduqlanib qoladi?
A)Quvadagi ko’prik buzilgandan keyin B)Opasi Shayboniyxonga turmushga chiqqandan keyin C)Humoyun og’ir xastalikka uchraganida D)Ahmad Tanbal Samarqandni tashlab qochib, Jahongir Mirzo bilan til biriktirgandan keyin
31.Dastlab Bobur uchun Samarqand darvozasini ochib bermoqchi, keyin esa Shayboniyxon uchun xizmat qilgan, oxir-oqibatda Shayboniyxon lashkarlari tomonidan o’ldirilgan kim? A)Xo’ja Yahyo B)Xurramshoh C)Mahmudxon D)Muhammad Solih
32.”Yulduzli tunlar” romanida tasvirlanishicha,”Bobur temuriylardan ekanligi, Abusaid Mirzo uning bobosi ekanligi” bois “Nohaq o’ldirilgan, otasi va akasi, nomusi toptalgan opasi uchun mana bu temuriyzodadan xun talab qilib qasd olish” niyatida Hindikushning qor bo’roni ostidagi dovon yo’llarida Bobur va uning navkarlariga yo’lboshchilik qilishga rozi bo’lgan, lekin safar davomida 25 yoshli Boburning fazilatlarini o’z ko’zlari bilan ko’rib: “Men sizdek mard podshoni umrimda birinchi ko’rishim. Uyga qaytib, barcha pashoyilarga siz to’g’ringizda so’zlab bermoqchiman,”-deya bu niyatidan qaytib, unga yordam bergan qahramon nomini toping.
A)Tohir B)Xo’ja Ubaydullo C)Ali Do’stbek D)Sulton
Do'stlaringiz bilan baham: |