Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


O’simlik moylari ishlab chiqarish texnika va texnologiyasining rivojlanishi



Download 0,49 Mb.
bet3/15
Sana08.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#758899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Pista moyi

O’simlik moylari ishlab chiqarish texnika va texnologiyasining rivojlanishi. Moyli urug’lardan yog’ olish Sharqda qadimdan ma’lum bo’lsa ham uning texnologik jarayonlari yozib qoldirilmagan. Turkiston o’lkasi paxtachilik sohasida qadim zamonlardan buyon dunyoga mashhur. Iqlim, yer-suv sharoitining qulayligi sababli paxtadan (o’z davri uchun) mo’l hosil olib kelingan. Dehqonlar paxtaning bir qismini shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ip, bo’z, gazlama tayyorlashga olib qolib, ko’p qismini savdogarlarga sotganlar. O’lkada paxta tozalash korxonalari bo’lmaganligi sababli paxta, chigitdan ajratilmagan holda, chet elga chiqarilgan, faqat chigit qisman qovun urug’i, qunjut, zig’ir urug’lari va meva danaklari mag’izi bilan aralashtirilib, moyjuvozlarda moy olingan. Bunday yog’lar zig’ir moyi deb atalishiga sabab, juvozga solinayotgan moyli urug’larning kamida yarmi zig’ir urug’i bo’lgan. Shu davrlarda, faqat Farg’ona vodiysida 4300 dan ortiq moyjuvozlar bo’lgan.
Turkiston o’lkasidan paxta hosili ko’plab chetga olib ketilib, uning o’rniga tayyor gazlama keltirib sotish keng yo’lga qo’yildi. Lekin paxtani chigiti bilan tashib yurishdan foyda kamligi sababli Turkistonda birin-ketin paxta zavodlari qurila boshladi.
V.G.Gofmeysterning “O’rta Osiyoda paxta chigitining ishlatilishi” va K.A.Aleksanderning “Turkiston o’lkasining sanoat korxonalari” kitoblarida paxta-moy sanoatining payda bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida ba’zi bir ma’lumotlar keltirilgan /2/. Bu ma’lumotlarga ko’ra O’rta Osiyoda qadim zamonlardan beri o’simlik moyini olish “moyjuvozlarda” – moyli mahsulotni ezib, siqib olish qurilmalarida bajarilgan. Moyjuvozning idishi va o’qi maxsus sharoitda quritilgan va tarashlangan zarang daraxtidan yasalgan. Bitta moyjuvozning quvvati judayam kichik bo’lishiga qaramay, hammasini birgalikda qo’shib hisoblaganda, ishlab chiqarilayotgan moyning miqdori tub aholining o’simlik moylariga bo’lgan iste’mol talabini qondira olgan.
XIX asrning ikkinchi yarmilarida O’rta Osiyoda moy zavodlari qurish zaruriyati paydo bo’ldi. Shu asrning yetmishinchi yillarida Qo’qon xonligi yo’qotilib, uning yerlari Turkiston general-gubernatori hukmronlik qilayotgan maydonlarga qo’shib yuborildi. Rossiyaning markaziy shaharlaridan O’rta Osiyoning qadimiy hunarmandlar va savdogarlar shahri Qo’qonga paxta xom ashyosi, pilla va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashdan manfaatdor bo’lgan savdogarlar va sanoatchilar kelaboshladi. Shaharda sanoat korxonalri yo’q edi.
Moskvalik savdogar Laxtin 1883 yilda Qo’qonning Achchiqko’l dahasida, aka-uka Kamenskiylarning paxta tozalash zavodi yaqinidan yer sotib olib, Turkiston o’lkasida birinchi moy zavodi qurishga kirishdi. Zavod 1884 yil 26 sentyabrda ishga tushirildi. Uning quvvati yiliga 10 ming pud moy bo’lib, zavodda chigit chaqadigan ikki dona mashina, yanchish stanogi, o’choq, tik o’rnatilgan qovurish qozonlari, ikkita gidravlik press va kunjara maydalagich o’rnatigan edi. Shunday qilib, birinchi paxta-moy zavodi Qo’qonda qurilgan bo’lsa, ikkinchisi Toshkent yaqinidagi qishloqlarning birida 1983-1984 yillarda qurilgan. Ikkala zavod ham 250 atm. bosim bilan ishlaydigan gidropresslar bilan jihozlangan edi. Qovurilgan mahsulotni issiq presslash yo’li bilan olingan moyning ta’mi, moy juvozlarda sovuq presslash yo’li bilan olingan moyga o’rganib qolgan mahalliy aholining talabiga mos kelmaganligi, ishlab chiqarilgan moyni texnik maqsadlarda ishlatish imkoniyatlari bo’lmaganligi va umuman, zavodlar mahsulotiga yetarlicha talab yo’qligi, zavodlarning yopilib ketishiga sabab bo’ldi. Marv shahrida 1893 yilda qurilgan bir pressli zavodning taqdiri ham xuddi shu kabi bo’lgan edi.
Qo’qondagi birinchi paxta-moy zavodini aka-uka Vad’yayevlar sotib olishdi va yangi mashinalar bilan jihozlashdi. Yangi uskunalarni o’rnatish sanoatda ishchi o’rinlarning o’sishiga olib keldi. 1904 yilda zavoddagi ishchilar soni 87 kishiga yetdi, ulardan 49 nafari mahalliy millat vakillari edi. Ammo 1910 yilga kelib ishlab chiqarishda keskin tushkunlik yuz berdi, buning ustiga uskunalar ham eskirib qolgan edi. Korxona egalari, hozirgi kundagi danakli urug’lar zavodi joylashgan yerda, yangi zavod qurishni rejalashtirishdi. 1910 yilning avgust oyida yangi, kattaroq quvvatga ega bo’lgan moy zavodi ishga tushirildi.
1922 yil 10 iyunda “Qovunchi” qishlog’ida Yangiyo’l moy zavodi qurilib ishga tushirildi, bu revolyusiyadan keyin O’zbekistonda qurilgan birinchi moy zavodi edi. O’sha paytda zavod sakkizta moy presslari bilan ta’minlangan edi, 1929 yilda to’qqizinchi press, 1930 yilda yana ikkita gidropress o’rnatildi. Zavodda 1936 yildan 1939 yilgacha muhim rekonstruksiya ishlari olib borilib, yana uchta press va qo’shimcha bitta qovurish qozoni ishga tushirilgan, chigit tozalash sexi kengaytirilgan. 1956 – 1960 yillar davomida, Ukrainaga ko’chirib yuborilgan qand zavodi territoriyasida, yangi moy zavodi qurildi. Yangi zavodda 14ta shnekpressli forpress sexi, ikkita ND-1250M liniyali ekstraksiya sexi, 10 ming tonna paxta chigitiga mo’ljallangan mexanizatsiyalangan chigit ombori qurildi. 1960 yildan boshlab yangi zavod ishga tushirildi va korxonaga “Yog’-moy kombinati” degan maqom berildi va kombinat tarkibiga Alimkent moy zavodi kiritildi. Kombinatning quvvati paxta chigiti bo’yicha kuniga 560 tonnaga yetkazildi. 1967 yilan shu bugungi kungacha Yangiyo’l yog’-moy kombinatida ishlab turgan sexlarning yirik rekonstruksiyasi, texnik jihatdan qayta qurollanishi, yangi sanoat obyektlarining qurilishi va ishga tushirilishi munosabati bilan korxona quvvati paxta chigitini qayta ishlash bo’yicha 800 t/kun dan oshib ketdi.
Navbatdagi zavod Farg’ona shahrida qurildi va 1930 yili 24 ta gidropressli moy zavodi ishga tushirildi. Hukumat 1934 yilda yog’ sanoatida moylarni ekstraksiyalab olishni qo’llash haqida qaror qabul qildi. Shunga ko’ra Kattaqo’rg’on moy zavodida birinchi ekstraksiya sexi ishga tushirildi.
O’zbekiston moy zavodlari o’zlarining rivojlanishini tubdan o’zgartiraboshladi. Qoloq mayda korxonalar o’rniga yirik zavodlar qurila boshladi. O’zbekistonda va Turkiston respublikalarida 1936 yilgacha 10 ta yirik zavod qurilgan edi. Ulardan to’qqiztasi 540ta linterlar va 112ta presslar bilan, bittasi – Kattaqo’rg’on yog’-moy zavodi 16 batareyali ekstaraktor bilan ta’minlanda. Bu zavodlar 1937 yilda 830000 t paxta chigitini qayta ishlash quvvatiga ega bo’ldi, ya’ni 1912 yilga nisbatan unumdorlik 2,7 marta ortdi. Bu zavodlar ichida bo’lgan, 1936 yilda qurilgan, yuqori quvvatli Kattaqo’rg’on ekstaraksiya sexining paydo bo’lishi, O’rta Osiyo va ayniqsa O’zbekistonda, oldinga texnik jihatdan katta qadam tashlash bo’ldi. Bu sexining qurilishi yog’-moy sanoatining texnik jihatdan qanchalik olg’a ketganligini va kelajakda asosiy rivojlanish yo’nalishini aniqlovchi korxona ekanligini tasdiqladi.
Yog’-moy sanoatining rivojlanishiga 1941-1945 yillardagi urush ham jiddiy xalaqit berdi, yangi zavodlar qurilish sur’ati susaydi. Alimkent, Denov, G’ijduvon, Xo’jayli, Xiva, Mang’it, Qo’ng’irot va Chimboyda 1943-1946 yillarda kichik moy zavodlari qurilib, ishga tushirildi. Keyingi yillarda Qo’qon, Uchqo’rg’on, Buxoro va Qarshi shaharlaridagi moy zavodlarda ekstraksiya sexlari qurildi. Shundan keyin paxta zavodlari beradigan hamma chigit respublikamizning o’zida qayta ishlanadigan bo’ldi. Natijada, urushdan keyingi o’n yil ichida (1945-1956 yillar) moy ishlab chiqarish 2,8 marta oshdi.Ko’p mahsulot beradigan Andijon, Asaka, Farg’ona, Yangiyo’l va boshqa zavodlarda ekstraksiyalash usulini qo’llash rejalashtirildi va joriy qilindi.
Respublikamiz yog’-moy sanoatining rivojlanishida mashinasozlik sanoatining o’sishi va olimlarimizning sanoat ilg’orlari bilan hamkorlikda o’simlik moylari ishlab chiqarish va yog’larni qayta ishlash fanlarini rivojlantirishdagi yutuqlari katta rol o’ynadi. Shu bilan birgalikda respublikamizda odamlarni ish bilan band qilish va aholini yuqori sifatli moy bilan ta’minlash maqsadida yog’-moy sanoatini rivojlantirish lozim ekanligini mamlakatimiz prezidenti o’z ma’ruzalarida va chiqishlarida ta’kidlab o’tdilar. Rahbarimiz bu yo’nalishga erishmoq uchun nima qilish kerak degan savolga shunday javob beradilar: “Buning hozircha faqat bitta chorasi bor – ish o’rinlari yaratish lozim. Buning uchun ishlab chiqarish tarkibini shunday qayta qurish zarurki, odamlar o’zlari yashayotgan joyidan uzoqqa ketmasdan, samarali mehnati hisobidan kerakli daromadga ega bo’lsin. ... Biz uchun asosiy yo’nalish, barcha vazifalarni hal etish kaliti – O’zbekistonning real siyosiy suvereniteti va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashdir”.
Natijada, qayta qurish davrida, respublikamiz hududida yirik zavodlar qatorida ko’plab kichik yog’-moy korxonalari qurilib, ularning tarkibida ekstraksiya sexlari ham o’z o’rnini topdi. Ular quyidagilaridir:




Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish