Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish



Download 0,49 Mb.
bet1/15
Sana08.07.2022
Hajmi0,49 Mb.
#758899
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Pista moyi



REJA:


Kirish
Asosiy qism

  1. Yog’-moy sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi.

  2. Moyli urug’larni chaqish va mag’izni qobiqdan ajratish

  3. Moyli mahsulotni qovurish to’g’risida umumiy tushunchalar

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish
Oziq – ovqat sanoatining muhim va murakkab yo‘nalishlaridan biri yog‘-moy tarmog‘i hisoblanadi. Yog‘-moy sanoati strukturasida moy ekstraksiya korxonalari, yakuniy mahsulotlari, tabiiy o‘simlik moylari (paxta, kungaboqar, loviya, raps va boshqalar) bo‘lgan korxonalar, margarin mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, sovun ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pligi va korxona strukturasining xilma – xilligidan yog‘ – moy sanoati korxonalari uskunalari ham turli – tumandir. Moy va moy maxsulotlari ishlab chikarish murakkab fizik-kimyoviy jarayonlardan tashkil topgan. Shularni inobatga olgan xolda talabalarga "Korxona uskuna va jixozlari " fanini xozirgi davr talablari asosida o‘qitilishi g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Mag’izdan qobiqni ajratish zarurligi. Texnologik nuqtai nazardan yog’li urug’lar ikki qismdan: mag’iz va qobiqdan iborat. Ba’zi yog’li urug’lar masalan, paxta chigiti, kanop, kanakunjut va shunga o’xshashlarda urug’ ustida faqat qobiq bo’ladi, ba’zi bir moyli urug’lar masalan, pista, yer yong’oq, soya va shu kabi urug’lar ustida qobiqdan tashqari mag’iz va qobiq orasida yupqa mag’iz pardasi ham bo’ladi. Qaysi turdagi urug’lar bo’lishidan qat’iy nazar, barcha moyli urug’larning ustki qobig’i luzga deb ataladi, faqat paxta chigitning qobig’i esa shulxa deb nomlanadi. Qobiq va mag’izdagi tarkibiy moddalar miqdori turlichadir. Urug’lar qobig’ida asosan kletchatka yoki sellyuloza ko’p bo’lib, ular bilan bir qatorda, ammo kamroq miqdorda yuqori molekulali uglevodorodlar, mumsimon moddalar, yanada ozroq miqdorda oqsil va suv bo’ladi. Mag’izda esa asosiy kerak bo’lgan moddalar – yog’lar, oqsillar, fosfatidlar, vitaminlar va moy bilan ergashib yuruvchi ko’pchilik boshqa moddalar mavjud. Qobiqda moyning miqdori juda kam bo’lib, bu moy “botanik moylilik” deyiladi. Masalan, paxta chigiti qobig’ining botaniq moyliligi 0.5-0.6 %, pista urug’inig botaniq moyliligi 2-3 % atrofida bo’ladi. Vaxolanki, yuqorida ko’rsatilgan urug’larning mag’izlari moyliligi paxta chigiti mag’izi uchun 34-38%, pista urug’i mag’zi uchun 60-65% ni tashkil qiladi. Bu raqamlardan ko’rinib turubdiki har qanday moyli urug’ning moyi asosan mag’izda bo’lib, qobig’da esa nihoyatda kam. Agarda moyli urug’lar qobig’i ajratilmay qayta ishlansa, bu holda olinayotgan o’simlik moyi tarkibida qobiq tarkibida bo’lgan yuqori molekulali uglevodlar, mumsimon moddalar ko’payadi. Bu hol olinayotgan o’simlik moyining sifatini buzilishiga va ayniqsa kislota sonining oshishiga, rangining yuqorilab ketishiga hamda moyning loyqalanishiga olib keladi. Ulardan tashqari qobiq ajratilmagan holda urug’ qayta ishlansa, texnologik jarayonda qo’llanilayotgan mashinalarning bir qism mahsuldorligi moyi nihoyatda kam bo’lgan qobiqni yanchish, presslash, ekstraksiya qilish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi. Umuman olganda butun bir sexning mahsuldorligi susayadi. Yuqorida izohlangan fikrlarni nazarda tutib, imkoniyat boricha maksimal ravishda qobiqni mag’izdan ajratish kerakligi e’tiborga sazovordir. Lekin ba’zi bir moyli urug’larning qobig’ini ajratish ancha mushkul yoki texnologik nuqtai nazardan mumkin emas. Bularga indov (raps), kanop urug’i, kunjut, ko’nori va ko’pchilik o’simlik urug’lari kiradi. Ammo kungaboqar, paxta, yer yong’oq, kanakunjut va shunga o’xshash moyli urug’lar qayta ishlanganda jarayon albatta, qobiqni mag’izidan ajratish yo’li bilan olib boriladi. Moy olish texnologiyasida bu jarayon urug’larni chaqish yoki kesish yo’li bilan bajariladi. Hosil bo’lgan mahsulot to’la chaqilgan yoki kesilgan bo’lsa chaqilma (rushanka) deb ataladi. To’liq chaqilmagan moyli urug’larni esa yarim yoki chala chaqilma (nedorushka) deb ataladi.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish