amiyatdagi tanglik vaziyatidan chiqish yechimini u butun dunyo miqyosida axloqiy va ijtimoiy islohotlar o‘tkazish, sivilizatsiyaning moddiy va ma'naviy tomonlari o‘rtasida muvozanatni barqaror qiladigan insoniyatning personalizatsiya qilinishi «ayrim shaxslarga aylanishi» va xalqlar tomonidan hozirgi zamonning axloqiy talablariga rioya etishni ko‘radi. Laxbabiy fikricha, islom va yahudiylik dini bir necha asrlardan buyon hayotning ma'naviy va moddiy tomonlari orasida to‘la muvozanatni barqaror etishga qaratilgan personalizm urug‘ini «sepib» kelmoqdalar. Livanlik personalist Rene Xabatiy J.P.Sartning ateistik ekzistensializmini tanqid qilib, diniy axloq yordamida «boshqalardan» begonalishish kabi be'mani his-tuyg‘udan qutilish choralarini izlab, tarixiy jarayonni harakatga keltiruvchi bosh kuch sifatida hammani bir-biriga nisbatan rahm-shafqat qilishga chaqiradi.

Hindistonda XX asrdagi falsafa taraqqiyoti ikki bosqichga bo‘linadi: istiqlolgacha va mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyingi davrdagi rivojlanish bosqichi. Shunga ko‘ra, uning har bir bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Hozirgi zamon hind falsafasining umumiy belgilarini tushunish uchun muhim bo‘lgan narsa Hindistondagi falsafa va kundalik ongning o‘zaro munosabatidir. Hindlarning diniy e'tiqodga berilganligi – ularning ijtimoiy psixologiyasining asliy elementidir. Bu narsa hayot tarzining barcha qirralari, maishiy va axloqiy me'yorlar, ijtimoiy muassasalar tomonidan mustahkamlangan. Javohirlal Neruning ta'kidlashicha, Hindistonda falsafa faqat tor doiradagi faylasuflargagina nasib etgan narsa emas. Falsafa xalq ommasi ijtimoiy psixologiyasining muhim elementi bo‘lib maydonga chiqqan. Bunday holat hind falsafasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bo‘lgan –mamlakatda tarqalgan dinlarning asosiy qoidalari bilan chiggalashib ketgan idealizmning hukmronligidir.
Hozirgi zamon hind falsafasiga milliy ma'naviy an'analar sezilarli darajada ta'sir o‘tkazgan. Mustamlakachilik sharoitida bu an'analarga berilganlik G‘arbning madaniy va mafkuraviy ekspansiyasiga aksil amal sifatida kelib chiqqan edi. Hindistonda falsafa rivojiga ta'sir etishda davom etayotgan vedantizm alohida o‘rin tutadi. Vedanta, uning asosida hinduviylikni ko‘rgan, hind liberalizmining mafkurachilari tomonidan tanqid ostiga olindi. Unda ular xalq ommasini jaholatda tutib turgan taassub va xurofotning manbaini ko‘rdilar. K.Djindall yozgan edi: «Vedantaning boshqa tizimlardan ko‘ra afzalligi juda ham sezilarli darajada voqyey bo‘lsa ham, bu shunday hodisa emaski, uning tufayli bizni tabriklashga loyiq deb topsalar. Negaki, umuman realizm ilm-fan ittifoqdoshidir»217.
Zamonaviy hind falsafasi rivojining muhim omili G‘arb falsafiy tafakkurining ta'siri bo‘ldi. Hind mutafakkirlari faqat o‘z e'tiqodlariga hamovoz bo‘ladigan va hind falsafiy ruhiga mos keluvchi G‘arbning asosiy qoidalarinigina qabul qildilar. Ana shu narsa tufayli hind faylasuflari G‘arbning ob'ektiv-idealistik tizimlariga intilib, sub'ektiv idealizmni esa qabul qilmadilar. Hind faylasuflari orasida F.G.Bredli, B. Bozanket, D.Maktaggartning mutlaq idealizmi yoyilgan ediki, ularning mutlaqni bilish haqidagi qarashlari vedantaning prinsiplari bilan o‘xshab ketar edi. Milliy-ozodlik harakatining yakuniy bosqichidagi Hindiston faylasuflarining ko‘pchiligining umumiy yondashishi g‘arbdagi oqimlarning ijobiy tomonlari bilan milliy- ma'naviy merosning «sintezi»ga olib keldi.
Hind falsafasidagi diniy yo‘nalish o‘z ifodasini diniy-ijtimoiy tashkilotlarning ta'limotlarida, eng avvalo, hinduviylikda topdi. Mustamlakachilik sharoitida diniy-falsafiy ta'limotlarni zamonaviylashtirish alohida xususiyat kasb etdi: chet el hukmronligiga nisbatan bo‘lgan xalq ommasining nafrati diniy arboblarni an'anaviy tasavvurlarni vatanparvarlik va mustamlakachilikka qarshi qaratilgan ohanglar bilan to‘ldirishga majbur etgan edi. Bu narsa milliy o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usini uyg‘otishda o‘z vazifasini o‘tadi.
Vatanparvarlik g‘oyalari «hunari ruhoniylik bo‘lgan aziz-avliyolar» tomonidan ko‘tarilganligi sababli, ular «muqaddas» narsa sifatida qabul qilinar edi. Ammo «hind kommunalizmi» bayrog‘i ostida millatchilik ruhidagi tashkilotlar ham tuzildi.