Boshqa arab faylasuflari musulmonchilikka Yunon falsafasining ta'sirini tan oladilar, ammo uning taraqqiyotidagi asosiy o‘rinni islomga beradilar. Masalan, Usmon Amin qayd etadiki, o‘rta asrlardagi faylasuflarning birinchi eng muhim va o‘ziga xos hissalari yakkaxudolik (at-tavhid) ta'limotining vujudga kelishi bo‘lib, ushbu ta'limot Forobiydan tortib Muhammad Abdogacha barcha musulmon faylasuflari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ularni Qur'on va hadislar ruhlantirgan. - Boshqa arab faylasuflari musulmonchilikka Yunon falsafasining ta'sirini tan oladilar, ammo uning taraqqiyotidagi asosiy o‘rinni islomga beradilar. Masalan, Usmon Amin qayd etadiki, o‘rta asrlardagi faylasuflarning birinchi eng muhim va o‘ziga xos hissalari yakkaxudolik (at-tavhid) ta'limotining vujudga kelishi bo‘lib, ushbu ta'limot Forobiydan tortib Muhammad Abdogacha barcha musulmon faylasuflari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ularni Qur'on va hadislar ruhlantirgan.
- Musulmon falsafasining boshqa bir vakili Muhammad al-Baxiy o‘zining «Hozirgi zamon islom tafakkuri va uning g‘arb imperializmiga munosabati» (1957) kitobida dinni taassub deb hisoblovchi Marks ta'limoti, mantiqiy pozitivizm va boshqa falsafiy yo‘nalishlarni tanqid qiladi. U shuningdek, islom ta'limotini G‘arb nuqtai nazaridan talqin qiluvchi musulmon islohotchilarini ham tanqid ostiga oladi.
- «Islom sotsializmi» g‘oyasini XIX asrning oxiridayoq Jamoliddin al-Afg‘oni o‘rtaga qo‘ygan ediki, ilk islom qoidalarini G‘arbning demokratik g‘oyalari bilan bir tarkibda ekanligini ta'kidlash intilishida o‘z ifodasini topgan edi. U shunday shiorni olg‘a surdiki, unga binoan ijtimoiy adolatning sotsialistik g‘oyalari islomning tagzaminida mujassamlashgandir. 50-60-yillarda musulmon mamlakatlarida sotsialistik va kapitalistik yo‘ldan farq qiluvchi «taraqqiyotning uchinchi yo‘li» haqidagi nazariya va «islom sotsializmi» deb atalgan ta'limot o‘rtaga qo‘yildi. Islom sotsializmi nazariyasining turli xil, gohida qarama-qarshi ko‘rinishlari o‘zini namoyon eta boshladi. Bu nazariyaga muvofiq sotsializm faqat islomga qarshigina emas, balki baraks uning haqiqiy mohiyatiga mos tushadi. «Musulmon birodarlar» Assotsiatsiyasining mafkurachilari bo‘lgan Mustafo as-Siboiy va Muhammad G‘azzoliy «islom sotsializmi» ni «ilmiy sotsializm»ga ters bo‘lgan narsa sifatida qarab chiqdilar. Ularning nuqtai nazarlarining mohiyati – ilk islomni mutlaqlashtirish edi, negaki, ular fikricha Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar zamonlarida birinchi «sotsialistik jamiyat» tashkil topgan edi.
- Liviya rahbari Muammar Qaddafiy «umumiy nazariyasi»da ham «yangi» jamiyat qurish maqsadi e'lon qilinadi. Uning asosida, islomda o‘z ifodasini topgan sotsialistik g‘oyalar» ga tayanuvchi ijtimoiy sistemani bunyod etish haqidagi qoida yotadi. «Biz, - deb ta'kidlaydi Qaddafiy, - sotsialistlarmiz, ammo Qur'on doirasidagi, biz – sotsialistlarmiz, ammo dinimiz ruxsat beradigan hududlarda»214.
Do'stlaringiz bilan baham: |