Xix asrning ikkinchi yarmi – XX asrlar Sharq falsafasi



Download 1,84 Mb.
bet3/7
Sana10.07.2022
Hajmi1,84 Mb.
#773511
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 mavzu (2)

Adolatni adolatsizlikdan farq qilishni bilishga qodir bo‘lib tug‘ilgan inson ma'naviy yuksaklikka faqat islom asoslarini o‘zlashtirgan taqdirdagina erishishi mumkin. Islom birinchi bo‘lib aqlga murojaat qildi, deb ta'kidlaydi Abdo, va shuning uchun insonning barcha qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradigan abadiy dindir. Uning maqsadi insonni yaxshilash va uning huzur-xalovatini kelajak dunyoda ta'minlashdangina iborat bo‘lmasdan, balki yerdagi hayotda ham baxt-saodatli qilishdir. Shuning uchun unda xayrli ishlar qilish, ojizlarga yordam berish va maorif targ‘ibotiga katta e'tibor berilgan. Barcha diniy majburiyatlar inson ta'lim tarbiyasida muhum o‘rin tutadi: namoz o‘z hissiyotlarini xudoga izhor qilishga yordam beradi, ro‘za-xait quvonchlarini baholash, xaj va kambag‘allar foydasiga olinadigan soliq (zakot) tenglik va hamkorlik his-tuyg‘ularini idrok etishga yordam beradi va hokazo.

  • Adolatni adolatsizlikdan farq qilishni bilishga qodir bo‘lib tug‘ilgan inson ma'naviy yuksaklikka faqat islom asoslarini o‘zlashtirgan taqdirdagina erishishi mumkin. Islom birinchi bo‘lib aqlga murojaat qildi, deb ta'kidlaydi Abdo, va shuning uchun insonning barcha qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradigan abadiy dindir. Uning maqsadi insonni yaxshilash va uning huzur-xalovatini kelajak dunyoda ta'minlashdangina iborat bo‘lmasdan, balki yerdagi hayotda ham baxt-saodatli qilishdir. Shuning uchun unda xayrli ishlar qilish, ojizlarga yordam berish va maorif targ‘ibotiga katta e'tibor berilgan. Barcha diniy majburiyatlar inson ta'lim tarbiyasida muhum o‘rin tutadi: namoz o‘z hissiyotlarini xudoga izhor qilishga yordam beradi, ro‘za-xait quvonchlarini baholash, xaj va kambag‘allar foydasiga olinadigan soliq (zakot) tenglik va hamkorlik his-tuyg‘ularini idrok etishga yordam beradi va hokazo.
  • G‘arb madaniyati va falsafiy oqimlarining yoyilishi islom tarafdorlari tomonidan qandaydir yot va begona narsa sifatida qabul qilindi. «An'anaviy oqim tarafdorlari» g‘arb falsafasini inkor etib, islom sofligi va islom falsafasining o‘ziga xosligini qattiq turib himoya qildilar. Bu oqim «Yangi kalom» nomini oldi va uning vakillari Sayyid al-Qutb (1966 yilda qatl etilgan), Anvar al-JundiyUsmon AminMuhammad al-Baxiy va boshqalar edilar.
  • Sayyid al-Qutb islomni xristianlikdan ko‘ra afzalligi shiorini olg‘a surdi, negaki, u dunyoviy hayot bilan ma'naviy hayot o‘rtasidagi tafovutni tan olmaydi. Shuning uchun islom haqiqatan ham insonparvar dindir. Bu «voqyeylikdagi idealizm» yoki «idealistik realizm»dir. Xristianlikdan farqli o‘laroq, u hyech qachon fanga qarshi turgan emas. yevropa fani o‘z ibtidosini undangina boshlagan. Islom qandaydir qo‘shimcha falsafiy g‘oyalarga ehtiyoj sezmagan va sezmaydi ham. Sayyid Qutb o‘rta asrlardagi arab tilidagi falsafani tanqid ostiga oldi, negaki, uning qayd etishicha, Ibn Sino, Ibn Rushd, al-Forobiyning hyech birida dunyoni tushunishda haqiqiy islomiy tushuncha bo‘lmagan. Ularning falsafasi – unga nisbatan qandaydir yot, ruhan begona bo‘lgan qadimgi Yunon falsafasining soyasidir. Sayyid Qutb qayd etadiki, agar islomga qandaydir falsafiy tizimlarning unsurlari kirib kelsa, ular islomni buzilishiga olib keladi. Islomni o‘zida Qur'on, hadislar, Payg‘ambar hayoti va u kishining amaliy ko‘rsatmalarida ochib berilgan o‘ziga xos to‘kis-tugal dunyoqarash mavjud. Sayyid al-Qutbning ta'limotiga ko‘ra, insoniyat mo‘minlar va adashganlarga bo‘lingan bo‘lib, ular o‘rtasida hyech qanday murosa va hamjihatlikda yashashning o‘zi bo‘lishi mumkin emas.
  • Misr faylasufi Anvar al-Jundiy ham al-Kindiy al-Forobiy, Ibn Sino va Ibn Rushdni yunonlilarning faqat taqlidchilari deb bilib, taqlidchilar esa aqliy tamoyilga qodir emas, deb hisoblaydi. An'anaviy oqim tarafdorlari fikricha, falsafa arab madaniyatiga yot unsur bo‘lib, notanqidiy o‘zlashtirishning natijasidir. Arablarning o‘ziga xosligi va ularning haqiqiy iste'dod g‘oyasini diniy-falsafiy matnlardan qidirish lozim. Anna shu narsagina, islom tomonidan yaratilgan, musulmon madaniyatidir. Islom falsafasi «Qur'oniy falsafa» bo‘lib, qadimgi dunyo falsafasiga hyech qanday aloqasi yuq. Ularning tubdan farqini dunyoqarashga bo‘lgan qiziqish belgilaydi, negaki, islom o‘z asosini uning uchun abadiy qadriyat bo‘lgan narsalardan qidirib topadi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish