Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839-1897) XIX asr oxiridagi Sharq ijtimoiy-siyosiy arboblari va islohotchilaridan biri ediki, ular islomning ijtimoiy-falsafiy tizimini ilm-fan, ta'lim-tarbiya, madaniyat sohalaridagi rivojlanish, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, mustamlakachilikka qarshi kurash ashroitida qayta ko‘rib chiqish zarurligini tan olar edilar. U taqlidni (diniy jihatdan obrumand kishilarning aytganlariga ko‘r-ko‘rona ergashish) tag-tomiri bilan sug‘urib tashlash tarafdori bo‘lib, erkin izlanishni tutib turuvchi qotib qolgan aqidalarga qarshi chiqib, borliqni sirlarini «Xudo tomonidan yaratilgan mavjudotlar ichida eng olijanobi va butun yer yuzining sohibi bo‘lgan insonning e'tiqodi»ga tayanib qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Inson aqlini erkinlashtirish jarayonini islohotchilar arab falsafiy merosini, jumladan, mantiqini o‘zlashtirish bilan bog‘ladilar. Al-Afg‘oni mantikni falsafiy bilimlarga muqaddima hisoblangan Ibn Sino asarlariga ayniqsa, katta e'tibor qaratdi.Musulmon islohotchilari shunday qoidani ilgari surdilarki, unga binoan Xudo haqidagi bilim muayyan ashyolarni idrok qilish bilan barobardir. Ularning fikricha, inson aqlining imkoniyati tajriba doirasida chegaralangan. Ashyolar va hoodisalar mohiyatini to‘la bilish mumkin emas, negaki, undan keyin inson uchun yetishib bo‘lmaydigan Xudo doirasi keladi. Bilish mumkin bo‘lgan doirada iroda erkinligi omili amal qiladi. Bu masalada Al-Afg‘oniy ilohiy taqdiri azalning mutlaq xususiyatini inkor qiluvchi mu'taziliylar qarashlarining merosxo‘ri sifati maydonga chiqadi. U konstitutsiyaga asoslangan saltanatni saqlagan holda parlament tarzidagi boshqaruvni taklif etdi. - Jamoliddin al-Afg‘oniy (1839-1897) XIX asr oxiridagi Sharq ijtimoiy-siyosiy arboblari va islohotchilaridan biri ediki, ular islomning ijtimoiy-falsafiy tizimini ilm-fan, ta'lim-tarbiya, madaniyat sohalaridagi rivojlanish, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, mustamlakachilikka qarshi kurash ashroitida qayta ko‘rib chiqish zarurligini tan olar edilar. U taqlidni (diniy jihatdan obrumand kishilarning aytganlariga ko‘r-ko‘rona ergashish) tag-tomiri bilan sug‘urib tashlash tarafdori bo‘lib, erkin izlanishni tutib turuvchi qotib qolgan aqidalarga qarshi chiqib, borliqni sirlarini «Xudo tomonidan yaratilgan mavjudotlar ichida eng olijanobi va butun yer yuzining sohibi bo‘lgan insonning e'tiqodi»ga tayanib qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Inson aqlini erkinlashtirish jarayonini islohotchilar arab falsafiy merosini, jumladan, mantiqini o‘zlashtirish bilan bog‘ladilar. Al-Afg‘oni mantikni falsafiy bilimlarga muqaddima hisoblangan Ibn Sino asarlariga ayniqsa, katta e'tibor qaratdi.Musulmon islohotchilari shunday qoidani ilgari surdilarki, unga binoan Xudo haqidagi bilim muayyan ashyolarni idrok qilish bilan barobardir. Ularning fikricha, inson aqlining imkoniyati tajriba doirasida chegaralangan. Ashyolar va hoodisalar mohiyatini to‘la bilish mumkin emas, negaki, undan keyin inson uchun yetishib bo‘lmaydigan Xudo doirasi keladi. Bilish mumkin bo‘lgan doirada iroda erkinligi omili amal qiladi. Bu masalada Al-Afg‘oniy ilohiy taqdiri azalning mutlaq xususiyatini inkor qiluvchi mu'taziliylar qarashlarining merosxo‘ri sifati maydonga chiqadi. U konstitutsiyaga asoslangan saltanatni saqlagan holda parlament tarzidagi boshqaruvni taklif etdi.
- Al-Afg‘oniyning shogirdi bo‘lgan mashhur siyosiy arbob va islohotchi shayx Muhammad Abdo (1849-1905) ham asrlar davomida qotib qolgan aqidalar qobig‘idan islomni dastlabki sof holiga qaytarish lozim deb hisoblar edi. Abdoning harakat manbai sifatidagi Xudo to‘g‘risidagi tasavvuri, ob'ektiv dunyoni tan olishi, insonning iroda erkinligi va aqlning o‘rni haqidagi qarashlari mu'toziliylar ta'limotini Yangi tarzda qaytadan idrok qilishga borib taqaladi.
- Xoliq timsolida Abdo borliqning birinchi sababini ko‘rdiki, unga muvofiq barcha narsalar sabab-oqibat munosabatlari bog‘liqligida va doimiy ravishda tadrijiy rivojlanish holatida edi. E'tiqodsizlik insonni sabab va oqibatni bilish imkoniyatidan mahrum qiladi. Ammo Xoliqqa ishonish ko‘r-ko‘rona ravishda diniy aqidalar va obrumand kishilarning aytganlariga emas, balki e'tiqod kiluvchining ichki e'tiqodi va Xudoning mavjudligining asoslanganligiga, diniy qoidalar va hukmlarning aql orqali qabul qilishga muvofiqligiga asoslanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |