Diniy ekzistensializm Zakariyo Ibrohim asarlarida o‘z ifodasini topgan. Inson, deb hisoblaydi u, unga qarshi dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan «boshqa» - ob'ektiv dunyoning qarshisida turadi. Ammo bu insonning manfaatlariga mos tushadi, negaki, u o‘zini aynan uni inkor etuvchi va unga qarama-qarshi turgan o‘sha «boshqa» orqali idrok etadi. Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik shunda bartaraf etiladiki, alohida olingan har bir kishi (individ) Xudoga o‘tishni amalga oshirib o‘z intihosini narigi dunyoga yo‘llaydiki, unda xoliq o‘zini namoyon etadi. Shunday qilib, ayrim olingan har bir kishi o‘z tabiatiga ko‘ra diniy mavjudotdir. - Diniy ekzistensializm Zakariyo Ibrohim asarlarida o‘z ifodasini topgan. Inson, deb hisoblaydi u, unga qarshi dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan «boshqa» - ob'ektiv dunyoning qarshisida turadi. Ammo bu insonning manfaatlariga mos tushadi, negaki, u o‘zini aynan uni inkor etuvchi va unga qarama-qarshi turgan o‘sha «boshqa» orqali idrok etadi. Ular o‘rtasidagi qarama-qarshilik shunda bartaraf etiladiki, alohida olingan har bir kishi (individ) Xudoga o‘tishni amalga oshirib o‘z intihosini narigi dunyoga yo‘llaydiki, unda xoliq o‘zini namoyon etadi. Shunday qilib, ayrim olingan har bir kishi o‘z tabiatiga ko‘ra diniy mavjudotdir.
- 50-yillarda arab mamlakatlarida pozitivizmga qiziqish oshib bordi. Uning tashviqotchisi «Ilmiy falsafa haqida» (1958), «Falsafa va fan» (1963), «Mantiqiy pozitivizm» (1966) kabi asarlarning muallifi Qohira universitetining professor Zaki Naqib Mahmud edi. Zaki Mahmud fikricha, yangi ta'limot ilmiy nazariyani qoidaviy jihatdan «formal-mantiqiy usuldagi muhokamaning yetukligi» va «uning ichki tabiatidan kelib chiqadigan mulohazaning aniqligi»ni barqaror qilish orqali chegaralashga qaratilgan edi. Uning aqidasicha, mantiqiy pozitivizm boshqa falsafiy oqimlarga qaraganda ilm-fan va aqlga yaqindir. «Afsonalarni biz ilm hisoblaymiz, ular ashyolarni narigi dunyo kuchlari orqali tushuntirib beradilar. Nimaniki, kuzatib bo‘lmas ekan, uni hissiy tajriba orqali tekshirish mumkin bo‘lmas ekan, bunday narsani ilm-fan sohasiga taalluqli joyi yo‘q»216. Mahmud taassublar, o‘garmas aqidalarga asoslangan mulohazalar, noaniq fikriy ifodalardan qutilishga chaqirdi.
- Zaki Mahmud o‘zini g‘arb ilm-fani va arab qadriyatlari merosini bir-biri bilan hamkorlikda yashashini ta'minlashga qodir bo‘lgan madaniyatni shakllantirishga yo‘l qidirayotgan kishilarga mansub deb hisobladiki, bu narsa, avvalo, bilim va dinni bir-biridan foyda olib birga yashashini bildirar edi. Misrli pozitivist arablarning ma'naviy merosidan namuna sifatida mutaziliylarning aqlga tayanuvchi uslubi bilan ashariylik oqimining «metafizik» muammolarga nisbatan shubhalik fikrlarini oladi.
- Boshqa falsafiy oqim bo‘lgan personalimzning vakillari Marokashli faylasuf Muhammad Aziz Laxbabiy, livanlik Rene Xabashiy va boshqalar edilar. O‘zining «Borliqdan shaxsiyatga» (1954) deb atalgan kitobida Laxbabiy yozadiki, «realistik personalizm» E.Munening «personalistik realizm»dan shunda farq qiladiki, yerdagi jamiyat shaxslari tabaqasining gultoji bo‘lgan Xudo o‘rniga, inson qo‘yiladi. U jamiyatdan tashqarida bo‘lgan sub'ekt hayotini tan olmaydi: jamiyat shaxsiyatdan oldin keladi va uni tug‘ilgan vaqtidan boshlab shakllantirib boradi. Ammo Laxbabiy shaxsni bilish imkoniyatini ham rad etadi. Shu bilan birgalikda jamiyatdagi muhit ham uning tomonidan faqat muayyan ma'naviy qadriyatlarga e'tiqod qo‘yish asosida birlashgan shaxslar majmuasi sifatida tasvirlanadi. Ekzistensializmning insonni haqiqiy borligini uning muayyan tarixiy mavjudligidan tashqarida topishga uringanliga qarshi turib M.Laxbabiy uning qarshisiga ichki va tashqi faoliyatning birligi, ayrim olingan shaxsning ichki ma'naviy faoliyatini, «o‘zining o‘lchovlarida o‘zini idrok etadigan Menning ongli tajribasi» ni qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |