Millatchilikning mahalliy ko‘rinishlari (Misr, Suriya va boshqalar) paydo bo‘lgandan keyin arab dunyosida arab millatchiligi (panarabizm) mafkurasi shakllandi. U XIX asrning oxirgi choragida arablarning yagona millat ekanligi haqidagi tasavvurlarga asoslangan va arablarning o‘zligini anglashining shakllanganligini in'ikos ettiruvchi siyosiy g‘oya sifatida vujudga keldi. - Millatchilikning mahalliy ko‘rinishlari (Misr, Suriya va boshqalar) paydo bo‘lgandan keyin arab dunyosida arab millatchiligi (panarabizm) mafkurasi shakllandi. U XIX asrning oxirgi choragida arablarning yagona millat ekanligi haqidagi tasavvurlarga asoslangan va arablarning o‘zligini anglashining shakllanganligini in'ikos ettiruvchi siyosiy g‘oya sifatida vujudga keldi.
- Arab millatchiligi o‘zining yorqin ifodasini turklarga qarshi qaratilgan harakatda topdi. Birinchi bo‘lib panarabizmning asosiy qoidalarini ifodalashga Suriya mafkurachisi Abu ar-Rahmon al-Kavakibiy (1847-1902) urindi. Al-Kavokibiy fikricha, xalifalikni boshqarishga bo‘lgan tarixiy huquq arablarga mansubdir. Bundan tashqari, arablar boshqa barcha xalqlarga qaraganda avvalroq huquq va maqom masalalarida umumiy tenglik qoidasiga rioya qilganlar, hamda ijtimoiy ishlarni hal etishda jamoaviylikka tayanganlar. Muhim asoslardan yana biri shuki, arab tili – barcha musulmonlar uchun umumiy bo‘lib, ularning uchdan biriga ona tili hamdir. Mustaqillik uchun boshlangan milliy-ozodlik harakati bilan bog‘liq bo‘lgan panarabizmning yangi to‘lqini XX asrning ikkinchi yarmining 50-yillariga to‘g‘ri keladi. Arab millatchiligining mashhur nazariyotchilari orasida Sati al-Xusriy (1880-1968), Amin ar-Reyhoniy (1876-1940) va boshqalar bor.
- XX arsning boshida arab faylasuflari va adiblari orasida nitsщeanchilik sezilarli darajada yoyilgan bo‘lib, keyinchalik, urushdan keyingi davrda – ekzistensializm ham tarqaldi. «Arab tafakkurida gumanizm va ekzistensializm» (1947), «ekzistensial falsafa bo‘yicha ocherklar» (1961) asarlarining muallifi va arab dunyosida ekzistensializmning birinchi tashviqotchisi bo‘lgan Misr faylasufi Abdurahmon Badaviy atsizmga asoslangan insonparvarlik g‘oyalarini ko‘tarib chiqdi. Bu bilan u rasmiy doiralar va ruhoniylarning shiddatli qarshiligini qo‘zg‘atdi. U o‘zining ta'limotida insonparvarlik va ekzistensializm g‘oyalarini o‘rta asrlardagi sufiylarning dunyoqarashi bilan yaqinlashtiradi. Badaviy hatto tasavvufni hozirgi zamon ekzistensializmning ajdodi sifatida tasavvur qilishga urinadi. Badaviy fikricha, haqiqiy borliq sub'ektning ozod shaxsiy borlig‘i bo‘lib, o‘zining holatini voqyeylik iplari bilan «tikadi» va o‘zining bor ekanligini unga berilgan his-tuyg‘u va iroda imokniyatlarini amalga oshirish vositasida tushunib yetadi. Mutlaq borliq yuqdir. Faqat ushbu sub'ektning haqiqiy borlig‘i va ob'ektning haqiqiy bo‘lmagan, «yolg‘on» borlig‘igina bordir. Haqiqiy borliqni idrok qilib bo‘lmaydi, uni faqat intuitsiya (ichki tuyg‘u) vositasidagina bilib olish mumkinki, «biz his-tuyg‘u va iroda mavjud bo‘lgan holatda qobiliyat tufayli mavjudlikni uning o‘zining tikuv-bichuvida qanday bo‘lsa, shundayligicha bilib olishga mahkum etilganmiz»215.
- Badaviy fikricha, insonparvarlik shunday ifodalanadiki, har qanday qadriyatning mezoni sifatida insonni e'lon qiladi. Insonparvarlikning ikkinchi belgisi – aqlni bilimning bosh quroli sifatida e'lon qilinishidir. Uchinchi belgi- o‘zining, ya'ni inson dunyosining bir qismi sifatida tabiatga sig‘inishdir. To‘rtinchisi- insoniyat taraqqiyotiga ishonish. Beshinchisi – har qanday go‘zallikka intilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |