Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Klassifikatsiyasi 
Murakkab va turlicha klinik va patologoanatomik ko’rinishga ega bo’lgan 
kasallikni ma’lum bir tizimga solish anchagina mushkul hisoblanadi. Shuning 
uchun turli xil klassifikatsiyalar taklif etilgan bo’lib, hozirgi kunda 
qo’llaniladigan klassifikatsiyalar ichida V.I. Kolesov taklif etgan klassifikatsiya 
birmuncha qulay hisoblanadi. Quyida shu turlashni keltiramiz: 
1. Appendikulyar sanchiq (kolika). 
2. Oddiy (kataral) appenditsit. 
3. Destruktiv appenditsit: 
- flegmonoz; 


368 
- gangrenoz; 
- gangrenoz-perforativ; 
4. Asoratlangan appenditsit: 
- appendikulyar infiltrat; 
- appendikulyar abstsess; 
- tarqalgan yiringli peritonit; 
- pileflebit (ichak tutqich venalari septik tromboflebiti); 
- sepsis. 
 
Klinik manzarasi va diagnostikasi
O’tkir appenditsitning klinik manzarasi turli-tumanligi bilan ajralib turadi, 
bu hol kasallikning turigagina emas, balki chuvalchangsi-mon o’simtaning 
joylanish xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. 
Odatdagi hollarda, kasallik o’ng yonbosh sohasidagi o’rtacha og’riq bilan 
boshlanadi, bu og’riq sekin-asta kuchaya boradi. Og’riqlar butun qorin bo’ylab 
yoki kindik atrofida boshlanib, keyin o’ng yonbosh sohasiga o’tishi mumkin. 
Taxminan 30-35% bemorlarda og’riq epigastral sohasida boshlanib, 4-6 soat 
o’tgach, o’ng yonbosh sohasiga o’tadi (Koxer-Volkovich simptomi). O’tkir 
appenditsitda odatda og’riq doimiy, ba’zan esa tutib-tutib og’riydi, og’riq 
unchalik qattiq bo’lmaydi. Og’riqlar intensivligi yallig’lanish jarayonining 
tarqalganligiga bog’liq bo’lmaydi. Og’riq, birdaniga o’ng yonbosh sohasida 
boshlanib, so’ng qorinning turli sohalariga tarqalishi mumkin. Bu holat 
ko’pincha, chuvalchangsimon o’simtaning qaerga joylashganligiga bog’liq 
bo’ladi. Chuvalchangsimon o’simtaning retrotsekal joylashishida og’riqlar bel, 
tashqi jinsiy a’zolar sohasiga uzatilib, buyrak sanchig’i klinikasini beradi. 
Chuvalchangsimon o’simta yuqori joylashishida, xoletsistit yoki pankreatit 
belgilarining ba’zilari kuzatiladi. 
Ko’pchilik bemorlarda, og’riq o’ng yonbosh sohasidan o’ng oyoqqa 
uzatiladi. Og’riq ko’ngil aynishi yoki 1-2 marta qayt qilish, tana haroratining 38-
39°C gacha ko’tarilishi bilan o’tadi. Bemor qayt qilganida, ba’zi xirurgik 


369 
kasalliklaridagi kabi qusgandan so’ng engillik sezmaydi va bu belgi o’tkir 
appenditsitga xos bo’lgan belgilardan hisoblanadi. 
Qorinni paypaslab ko’rilganda, o’ng yonbosh sohasida mushaklarning 
taranglashishi yoki rigidligi va og’riq belgisi aniqlanadi. Paypaslashni sog’ taraf 
– chap yonbosh sohasidan boshlab, asta-sekin o’ng yonboshga o’tish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. 
Qorinni umumiy tekshiruvidan so’ng maxsus tekshiruvga o’tiladi, o’tkir 
appenditsit uchun xos bo’lgan belgilarni aniqlash lozim bo’ladi. Bugungi kunda, 
o’tkir appenditsitda uchrashi mumkin bo’lgan 100 dan ortiq belgilarga ta’rif 
berilgan. Biroq, ularning quyidagi ettitasini aniqlash, ko’pincha to’liq tashxis 
qo’yish uchun etarli hisoblanadi:
1.
Shyotkin-Blyumberg belgisi; 
2.
Voskresenskiy (“ko’ylak sirpanishi”) belgisi; 
3.
Obraztsov belgisi; 
4.
Sitkovskiy belgisi; 
5.
Bartome-Mixelson belgisi; 
6.
Rovzing belgisi; 
7.
Ivanov belgisi. 
O’tkir appenditsitning destruktiv turlarida mushaklar taranglashuvidan 
tashqari qorin pardasining ta’sirlanish simptomi, Shyotkin-Blyumberg 
simptomini aniqlash mumkin: o’ng qo’l barmoqlari bilan qorin devori bosib 
turib, birdan keskin ravishda qo’l tortib olinganda og’riq kuchayadi. Og’riq 
yallig’langan qorin pardalarning bir-biriga tegishi yoki silkinishi natijasida 
paydo bo’ladi. 
Ko’ylak sirpanishi belgisi faqat o’tkir appenditsit uchun xos bo’lgan belgi 
hisoblanadi. Bu belgi 1940 yil, V.M. Voskresenskiy tomonidan taklif etilgan. 
Bemor ko’ylagi bilan qorin devori yopiladi, so’ng o’ng qo’l barmoqlari uchi 
bilan o’ng yonbosh sohasidan chapga yuzaki va keskin o’tkazilsa, og’riq 
kuchayadi (Voskresenskiy simptomi, “ko’ylak sirpanishi”). 


370 
O’tkir appenditsitda qorin old devori, o’ng tomoni sohasi mushaklarining 
taranglashishi kuzatiladi. Bunda, kindik va yonbosh suyagining oldingi yuqori 
o’simtasi orasidagi masofa kichrayishi kuzatiladi. Bu belgi, Ivanov belgisi
 
deyiladi. 
Obraztsov belgisi

bemor yuqoriga qarab yotgan holatda, o’ng yonbosh 
sohasida eng og’riqli nuqta topiladi. Shu sohada qo’l barmoqlari ushlab turgan 
holatda, bemorni o’ng oyog’ini, bukmagan holatda 90º ga ko’tarish iltimos 
qilinadi. Bunda, og’riqning kuchayishi kuzatiladi. Oyoq tushirilganda og’riq 
kamayadi. Ayniqsa, chuvalchangsimon o’simta retrotsekal joylashganida 
Obraztsov belgisi xos belgi hisoblanadi. 
Bemor chalqancha (yuqoriga qarab) yotgan holatdan chap yonbosh 
sohasiga o’tganda, o’ng yonbosh sohasida og’riqlarning paydo bo’lishi yoki 
kuchayishi kuzatiladi, bunday holat Sitkovskiy belgisiga xos. Quyidagi belgi, 
qo’richak va chuvalchangsimon o’simta tutqichini cho’zilishi natijasida og’riq 
paydo bo’lishi yoki kuchayishiga asoslangan. 
Bartome-Mixelson belgisi. Ko’pchilik bemorlarda, chap yonbosh sohasida 
yotgan holatda, o’ng yonbosh sohasini palpatsiya qilganda og’riqlarning 
kuchayishi kuzatiladi. 
 
Rovzing belgisi – chap yonbosh sohasini bir qo’l bilan bosib turib, ikkinchi 
qo’l bilan engil yuqoriga qarab to’lqinsimon harakat qilinganda, o’ng yonbosh 
sohasida og’riq (yo’g’on ichak ichidagi gaz harakati natijasida) paydo bo’lishi, 
bu belgining musbatligidan darak beradi. 
O’tkir appenditsit kasalligi bo’lgan bemorni fizikal tekshirishda rektal va 
vaginal tekshirishning katta ahamiyati bor, bunda aksariyat to’g’ri ichak-
bachadon chuqurchasi (Duglas kengligi) sohasida og’riq aniqlanib, bu 
yallig’langan chuvalchangsimon o’simtaning yaqin joylashganidan yoki u erda 
ekssudat yig’ilgandan dalolat beradi. Bu tekshiruv usullari quyidagi holatlardan 
darak beradi: 

chuvalchangsimon o’simta kichik chanoqda joylashuvini aniqlash 
uchun; 


371 

kichik chanoq infiltratlarini aniqlash uchun; 

o’tkir appenditsitni, ayollar jinsiy a’zolari patologiyasidan differentsial 
diagnostika qilish uchun. 
O’tkir appenditsit diagnostkasida siydik va qon tahlillari muhim 
hisoblanadi. Diagnoz qo’yishda qon tarkibi laboratoriya tekshiruvi – yuqori 
leykotsitoz: 10x10
9
– 18x10
9
l (10 000 – 18 000) gacha ortishi, leykotsitar 
formulaning chapga surilishi, EChT ning oshishi kabi o’zgarishlar paydo bo’ladi 
va tashxis qo’yishda yordam berishi mumkin. Kasallikning ayniqsa destruktiv 
turlarida ILI (intoksikatsiyaning leykotsitar indeksi) oshishiga ahamiyat beriladi. 
Ba’zan esa (areaktiv holatlarda), o’tkir appenditsitning destruktiv turlarida 
ham laborator tahlillarda o’zgarishlar minimal bo’lishi mumkin. Shuning uchun, 
tashxis qo’yishda va amaliyotga ko’rsatma bo’lib, faqatgina qon va siydik 
tahlillaridagi o’zgarishlar asos bo’la olmaydi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish