Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Davolash 
Jarrohlik amaliyotiga (operatsiya) o’tkir appenditsit diagnozini qo’yish 
ko’rsatma bo’lib hisoblanadi, appendektomiya operatsiyasi shoshilinch tartibda 
o’tkaziladi. O’tkir appenditsitning asorati – appendikulyar infiltrat birdan-bir 
monelik qiladigan hol hisoblanadi, ya’ni operatsiya qilinmay, muolaja qilinadi. 
O’tkir appenditsitning asoratlanmagan turlarini operatsiya qilishda odatda 
mahalliy og’riqsizlantirishdan (A.V. Vishnevskiy usuli bo’yicha infiltratsion 
anesteziya), asoratlangan turlarida esa miorelaksantlar yordamida umumiy 
endoraxeal narkoz yoki og’riqsizlantirishning vena orqali yoki boshqa turlaridan 
foydalaniladi. 
O’tkir appenditsitda yallig’langan chuvalchangsimon o’simtani olib 
tashlash operatsiyasi uchun qulay kesma, ko’pchilik jarrohlar tomonidan tan 
olingan Mak-Burney yoki Dyakonov-Volkovich kesmasi hisoblanadi. Bu 
kesma, o’ng yonbosh sohasida kindik va yonbosh suyagining tashqi yuza 
o’simtasi orasidagi o’tkazilgan chiziq 3 qismga bo’linib, uning pastki 1/3 
qismiga perpendikulyar, ikki tomoni baravar kesma qilinadi. Qorin bo’shlig’i 
ochilgach, ko’richak gumbazi chuvalchangsimon o’simta bilan birga jarohat 
sohasiga chiqariladi. Yallig’langan chuvalchangsimon o’simtanining charvisi 


375 
(tarkibidagi o’simta arteriyasi bilan) qirqiladi va chok qo’yib bog’lanadi. 
Chuvalchangsimon o’simta asosidan bog’lanib, qirqiladi. Uning cho’ltog’iga esa 
kiset va Z-simon choklar qo’yish orqali tubiga cho’ktiriladi. Gemostaz 
sinchiklab tekshirilgach, jarohatga qavatma-qavat choklar qo’yiladi. 
Appendikulyar etiologiyali tarqalgan yiringli peritonit asorati yuzaga kelganda, 
uni davolashning umumiy qoidalari bo’yicha taktika qo’llaniladi: avvalo 
peritonit manbai bartaraf etiladi (appendektomiya), keyin qorin bo’shlig’i 
yaxshilab tozalanadi (sanatsiya) va antiseptik eritmalar bilan yuviladi (lavaj) va 
operatsiyadan keyingi davrda qorin bo’shlig’ini muntazam yuvish imkoniyatini 
beruvchi usul bo’yicha drenajlar qo’yiladi. Shu jumladan, ichak parezini oldini 
olish maqsadida ingichka ichak tutqichining blokadasi (novokain yuborish) va 
ichak dekompressiyasi o’tkazish uchun ingichka ichakni transnazal intubatsiya 
qilish qo’llaniladi. 
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda gomeostazning buzilishlarini 
korrektsiya qilishga qaratilgan kompleks muolaja o’tkaziladi, antibakterial 
muolaja, peritoneal dializ yoki lavaj, ichak dekompressiyasi va ko’rsatmalar 
bo’yicha enteral zond orqali ozuqalantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Kasallik 
o’tkir peritonitning tarqalgan turlari bilan asoratlanganda, to’liq taftish qilishga 
imkon beradigan o’rta-o’rta laparotomiya kesmasi qo’llaniladi. 
Hozirgi kun jarrohlik amaliyotiga, yangi texnologiyalar: tejamkor va kam 
invaziv usul, hamda uslublar shiddat bilan kirib kelmoqda, ularga alohida 
ahamiyat berilmoqda. Jarrohlik amaliyotida ularni qo’llash, nafaqat 
operatsiyalar jarayonida yuzaga keladigan jarohat darajasini kamaytirishga, bu 
bilan birga uning samaradorligini oshirishga va asoratlar sonini keskin 
kamaytirishga olib keladi. Shuning uchun, ushbu kasallikda, bugungi kunda 
tobora keng qo’llanilayotgan usul – laparoskopik appendektomiyaga to’xtalib 
o’tamiz (80-rasm).


376 
80-rasm. Laparoskopik appedektomiyaning turlari (Endo GIA steplerini, 
Rouder sirtmog’ini va qisqich klipsa qo’llash orqali). 
Laparoskopik appendektomiyani bajarish uchun, kindik va uning atrofini 
punktsiya qilib, qorin bo’shlig’iga CO
2
gazi yuborin orqali pnevmoperitoneum 
vujudga keltiriladi. Maxsus troakarlar orqali qorin bo’shlig’iga mujazgina 
videokamera va endoxirurgik asboblar kiritilib, chuvalchangsimon o’simta olib 
tashlash jarrohlik amaliyoti bajariladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish