Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

O’TKIR APPENDITSIT 
Chuvalchangsimon o’simtaning o’tkir yallig’lanishi – o’tkir appenditsit 
jarrohlik amaliyotida keng tarqalgan kasalliklardan biri hisoblanadi. MDHda yil 
mobaynida o’tkir appenditsit tufayli 1 mln dan ortiq operatsiyalar qilinadi. 
Yurtimizda 1 yil mobaynida 500 mingdan dan ortiq bemor bu kasallik bo’yicha 
shifoxonalarga yotqizilgan va ulardan 89% bemor appendektomiya 
operatsiyasini boshidan o’tkazgan. 
Operatsiyadan keyingi o’lim darajasi Rossiyaning rivojlangan klinikalarida 
0,2-0,3% ni, bizda esa o’rta hisobda 0,2% ni tashkil qiladi. O’lim 
ko’rsatkichining asosiy sabablari: bemorlarning shifoxonaga yotqizilishidan 
oldingi davrdagi qo’yilgan diagnostik xatolar, ba’zida shifoxonaga kech 
yotqizish sababli yo’l qo’yilgan asoratlardir.
O’tkir appenditsit asosan yoshlarda (14-20) va 30-40 yoshda ko’proq 
uchraydi – bunda ayollar erkaklarga nisbatan 2 marta ko’p kasallanadilar. Ulug’ 
rus jarrohlaridan biri I.I. Grekov: “Chuvalchangsimon o’simta yallig’lanishi 
xameleonsimon kasallik, u kutgan joyda bo’lmay kutilmagan hollarda 
kuzatiladi” – deb ta’rif beradi. Appendektomiya, jarrohlik amaliyotida eng oson 


364 
bajariladigan va shuning bilan birga eng murakkab amaliyotlaridan biri 
hisoblanadi. 
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 
Chuvalchangsimon o’simta ko’richakning orqa-medial devoridan uzunasiga 
ketgan uchta mushaklar uchrashgan joydan chiqadi. U turli holatni egallab, 
uzunligi 6-16 sm, diametri esa 5-9 mm bo’lgan yopiq tsilindr shakliga ega 
bo’ladi. Yoshi o’tgan organizmda o’simta kichrayadi, devorlari sklerotik 
o’zgarishlarga uchraydi, natijada uning bo’shlig’i torayib, hatto yo’qolib ketishi 
kuzatiladi. 
Chuvalchangsimon o’simta odatda o’ng yonbosh sohasida joylashib, qorin 
bo’shlig’ida pastga va medial tomonga yo’naladi, ba’zan esa kichik chanoq 
sohasigacha tushishi mumkin. O’simta ko’richakdan medial va lateral 
yo’nalishda yuqoriga ham ko’tarilishi mumkin, ba’zan esa o’t pufagigacha etadi. 
Aksariyat hollarda, chuvalchangsimon o’simta ko’richak orqasida va hatto 
retroperitoneal joylashgan bo’ladi. Ba’zida, o’simtani yuqorida – jigar ostida, 
yoki pastda – kichik chanoq bo’shlig’ida – joylashishi kuzatilishi mumkin. 
Ko’pchilik hollarda ko’richak parietal qorin parda bilan har tomonlama o’ralgan 
bo’ladi, lekin ba’zi holatlarda mezoperitoneal joylashgan bo’lib, kam 
harakatchang yoki umuman harakatsiz holda bo’ladi. Ba’zida chuvalchangsimon 
o’simtaning tug’ma bo’lmaslik hollari ham uchraydi, lekin bu turdagi hodisalar 
kamdan kam hollarda bo’ladi. 
Chuvalchangsimon o’simtaning retrotsekal joylashishi, 9-25 % holatlarda 
kuzatiladi. Retrotsekal o’simta joylashishining 3 turi farqlanadi: 

qorin parda ichida joylashishi; 

qorin devori ichida joylashishi; 

qorin orti bo’shlig’ida joylashishi. 
Retrotsekal joylashgan chuvalchangsimon o’simta, ko’pchilik hollarda uzun 
bo’lib, o’zining uch qismi bilan jigar, buyrak, o’n ikki barmoqli ichak, umurtqa 
pog’onasi, siydik nayi, tuxumdon, siydik pufagigacha borishi mumkin. Bunday 


365 
holatlarda yallig’lanish jarayoni yuqoridagi sanab o’tilgan a’zolarga o’tib, o’tkir 
appenditsit tashxisini aniqlashni mushkullashtiradi. 
78-rasm. Chuvalchangsimon o’simtaning joylashuvi. 
Embriogenez jarayonida ko’richak epigastral sohadan o’ng yonbosh 
sohasiga tushadi. Embrional rivojlanishdagi nuqsonlar natijasida embrional 
ichak va chuvalchangsimon o’simta jigar ostida bo’lishi mumkin. 
Chuvalchangsimon o’simtaning qon bilan ta’minlanishi appendikulyar arteriya 
(a. appendicularis) orqali amalga oshiriladi, u o’z navbatida yonbosh-chambar 
arteriyadan boshlanadi. Qon yonbosh-chambar venaga quyiladigan 
appendikulyar vena bo’ylab oqib ketadi.
Chuvalchangsimon o’simta innervatsiyasi simpatik va parasimpatik nerv 
chigallari tomonidan amalga oshiriladi. Chuvalchangsimon o’simtaning o’zida 
limfoid to’qima tutgan ko’p sonli solitar follikulalar bo’lib, bu to’qima to’siq 
faoliyatini bajaradi. 
Bugungi kungacha, chuvalchangsimon o’simtaning funktsional 
xususiyatlari oxirigacha to’liq o’rganilmagan. Bu rudimentar, hech kanday 
vazifani bajarmaydigan a’zo, degan ba’zi olimlarni tushunchasi hozirgi kunda 
asossiz hisoblanadi. 
Chuvalchangsimon o’simta faoliyati: 


366 

Shilliq qavatida ishlab chiqariladigan suyuqlik tarkibida amilaza va 
lipaza bo’lib, ovqat hazm qilish jarayonida ishtirok etadi. 

Takibida ko’p miqdorda limfatik follikulalar bo’lib, himoya vazifasini 
bajaradi. 

Tarkibida 
peristaltikani 
kuchaytiradigan 
gormon 
bo’lib, 
chuvalchangsimon o’simta holati reflektor ravishda me’da, o’n ikki 
barmoqli ichak va boshqa a’zolarga ta’sir qiladi. 
Demak, yuqoridagilarga asoslangan holda quyidagi hulosa kelib chiqadi: 
chuvalchangsimon o’simta inson organizmida ma’lum vazifani bajaruvchi zarur 
a’zolardan biri bo’lib, faqatgina patologik o’zgarishlar mavjud bo’lgandagina 
uni olib tashlash to’g’ri bo’ladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish