Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Etiologiya.
Kasallik vegetativ nerv sistemasi rivojlanishining buzilishi, 
yo’g’on ichak mushaklararo (Auerbax) va shilliqosti (Meysner) nerv chigallari 
ganglionar hujayralarining o’sib etilmaganligi (gipoganglioz) yoki mutlaqo 
bo’lmasligi (aganglioz) oqibatida kelib chiqadi. Aganglionar zona kattalarda, 
asosan, to’g’ri ichakda, bolalarda esa sigmasimon ichak yoki chambar ichakning 
boshqa qismlarida uchrab, ichakning bu qismi doimo spastik qisqargan xolatda, 
peristaltikasiz bo’ladi va ichak mahsulotining ushbu sohadan qiyinchilik bilan 
o’tishi oqibatida ichakning normal innervatsiyali yuqori turuvchi sohalari 
kengayib, gipertrofiyaga uchraydi. Ichakning kengayib ketgan qismi gistologik 
tekshiruvida mushak tolalarining gipertrofiyasi va sklerozi aniqlanadi. 
Klinikasi. 
Girshprung kasalligi belgilari ichak mahsuloti passajining 
buzilishi bilan xarakterlanadi. Asosiy simptomlari – qorinning dam bo’lishi, bir 
necha kundan bir necha oygacha ich kelmasligi, qabziyat, ich kelishga aslo mayl 
yo’qligi bilan ifodalanadi. Qorin keskin dam, assimetrik bo’ladi, bunda 
chayqalish shovqinini payqash mumkin. Ba’zan qabziyat ich surishi bilan 
almashinadi (paradoksal ich surishi). Qorinning tobora taranglashib dam bo’lishi 
diafragma ekskursiyasini cheklab qo’yadi, bu xolat o’z navbatida nafas 


382 
qisishiga, yurak urib ketishiga olib keladi. Qabziyat yuzaga kelishi bilan 
intoksikatsiya alomatlari: bosh og’rig’i, bexollik, ko’ngil behuzur bo’lishi, 
ishtaha yo’qligi paydo bo’ladi. 
Diagnostikasi. 
Bemorning shikoyatlari, anamnezidagi uzoq davom etib 
kelayotgan qabziyat bilan bir qatorda ob’ektiv ko’ruvda qabziyat, doimiy 
meteorizm natijasida qorinning keskin dam bo’lishi, ba’zan najas toshlarini 
paypaslanishi kuzatiladi. Rektal tekshiruvda sfinkter tonusining kuchayganligi, 
ampulaning bo’sh bo’lishini ko’rish mumkin. Rektoromanoskopiyada to’g’ri 
ichak spazmi sababli rektoskopning qiyinchilik bilan o’tishi, kengaygan joyga 
etganda ”tushib ketish“ hissining paydo bo’lishi va shu sohada najas toshlarining 
yig’ilib qolganligi aniqlanadi.
Irrigografiyada yo’g’on ichakning toraygan va kengayib ketgan (10-15 sm 
gacha) bo’limlari aniqlanadi. Ichakning kengaymagan bo’limlaridan kengaygan 
bo’limlariga o’tishi voronkasimon shaklda bo’ladi (81-rasm). 
81-rasm. Girshprung kasalligidagi irrigogramma. 
Kolonoskopiyada to’g’ri ichakning va sigmasimon ichak distal qismining 
diametrda 2,5-3 sm gacha torayganligini kuzatish mumkin. Bu sohada ichak 


383 
peristaltikasi kuzatilmaydi devori qalinlashgan bo’lib ko’rinadi, ichak qiyinlik 
bilan bo’shaladi. Bo’shalgandan so’ng chambar ichak devorlari puchaymaydi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish