377
boshlanishi bilan bosilib, simillaydigan holga o’tadi. Qorin paypaslab
ko’rilganda, o’ng yonbosh sohasida zich-elastik konsistentsiyali o’smasimon
tuzilma aniqlanadi.
Odatda u harakatsiz, chanoq kletchatkasi bilan qo’shilib
ketgan bo’ladi. Appendikulyar infiltrat operatsiyaga birdan-bir monelik
qiladigan hol hisoblanadi va muolaja yo’li bilan davolanadi. Uning kechuvida
asosan 2 yo’nalish mavjud bo’lib, so’rilib ketishi yoki yiringlashi mumkin
bo’ladi.
Shuni aniqlash maqsadida, har kuni bemorga
ultratovush yordamida
tekshiruvlar o’tkazib turish lozim bo’ladi. Maqsadga muvofiq o’tkaziladigan
antibakterial muolaja (antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari) tayinlangandan
keyin, tana harorati asta-sekin pasayadi, infiltrat o’lchami kichrayadi,
leykotsitlar miqdori normaga keladi. Boshdan kechirilgan appendikulyar
infiltratdan keyin bemorlarni 3 oydan keyin surunkali appenditsit bor bemorlar
sifatida operatsiya kilinadi.
Appendikulyar abstsess – appendikulyar infiltratda yallig’lanish
jarayonining yiringlashga o’tishi bilan izohlanadi. Bunda, appendikulyar
infiltratni
konservativ davolashga qaramay, bemor ahvol yomonlashadi, tana
harorati, ayniqsa kechqurunlari yuqori bo’ladi. Infiltrat sohasidagi og’riq
kuchayadi, paypaslaganda u yumshoqroq holga o’tadi, uning chegaralarida
noaniqlik paydo bo’ladi. Qon tahlilida leykotsitoz ortishi qayd etiladi. Bunda
yiringlikni (abstsess), iloji boricha qorin bo’shlig’iga tarqatmasdan,
tashqariga
ochish va uni drenajlash zarur bo’ladi.
O’tkir appenditsitning eng xavfli asorati tarqalgan yiringli peritonit
hisoblanadi, u gangrenoz-perforativ appenditsitda yoki appendikulyar
abstsessning qorin bo’shlig’iga yorilganida kelib chiqishi mumkin. Bu holatda,
qorindagi og’riq tarqalgan xususiyatga ega bo’lib, qorin nafas olish jarayonida
faol ishtirok etmay qo’yadi.
Peritonitning boshlang’ich davrida mushaklar butun qorin bo’ylab
taranglashadi, qorin pardasining ta’sirlanishi (Shyotkin-Blyumberg simptomi)
keskin ifodalangan bo’ladi. Bemorning tili va og’iz bo’shlig’ining shilliq
378
qavatlari quriydi, tili oqish rangda qoplangan bo’ladi. Perkussiyada
qorinning
yon kanallari sohasida to’mtoq tovush aniqlanadi (ekssudat hisobiga).
Ultratovush yordamida tekshiruv o’tkazilganda, qorin bo’shlig’ida suyuqlik
borligi tasdiqlanadi. Auskultatsiyada ichak peristaltikasi ko’pincha
aniqlanmaydi. Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, uning formulasini chapga
surilganligi, EChT keskin ortishi aniqlanadi.
Appendikulyar etiologiyali
tarqalgan peritonitning klinik belgilari, boshqa sababdan kelib chiqqan
peritonitlar belgilaridan deyarli farq qilmaydi (spetsifik peritonitlar bundan
mustasno).
Pileflebit – qopqa venasi tarmoqlarining yiringli tromboflebiti bo’lib, jigar
abstsesslari, sepsis rivojlanishiga olib keladi. Bemorlarning
ahvoli bu asorat
yuzaga kelganda g’oyat darajada og’ir, intoksikatsiya kuchaygan bo’ladi. Tana
harorati juda yuqori va gektik xususiyatga ega bo’ladi. Jigar gepatotsitlarining
zararlanishi oqibatida jigarning kattalashishi, ba’zi hollarda sariqlikning paydo
bo’lishi yuzaga keladi. Bemor ahvoli jigar etishmovchiligining rivojlanishi
hisobiga og’irlashadi. Bu asoratlar qo’shilganda o’lim darajasi yuqori bo’ladi va
bemorlar asosan jigar-buyrak etishmovchiligidan nobud bo’ladilar.