Chambar ichak poliplari
Poliplar ichak endoteliysidan chiqadigan xavfsiz o’smalar katoriga kirib,
malignizatsiyaga moyilligi bo’ladi. Aksariyat hollarda, poliplar chambar
ichakning chap yarmida joylashgan (75% to’g’ri va sigmasimon chambar
ichakda uchraydi) bo’ladi. Poliplar yakka va ko’p sonli, o’lchamlari 0,5 dan 2,0
sm gacha bo’ladi va ular ichak bo’shlig’iga osilib turadi (84-rasm).
390
84-rasm. Chambar ichak polipi
Chambar ichakning yuvenal, giperplastik, bezsimon, bezsimon-tukli, tukli
diffuz polipozi uchraydi.
Poliplar paydo bo’lishini aksariyat yallig’lanish, kolit, dizenteriya, yarali
proktosigmoidit bilan bog’laydilar.
Klinik manzarasi
qorinda joylashishi aniq bo’lmagan og’riqlar, ich ketishi,
qon, shilimshik aralash najas, qabziyat, ichakda g’alati sezgi (diskomfort) bilan
xarakterlanadi.
Diagnostikasi:
klinik simptomlari va anamnez ma’lumotlari bilan birga
rekto- va kolonoskopiya, irrigoskopiyaning muhim ahamiyati bor.
Poliplarni
davolash
usulini har kim o’ziga xos tanlashi kerak. Yakka
poliplar elektrokoagulyatsiya yo’li bilan rekto- yoki kolonoskop orqali olib
tashlanadi.
Operatsiya usulida olib tashlashning iloji bo’lmasa, ichak devorini polip
zonasida ponasimon qilib kesiladi. Polip malignizatsiyasida esa radikal
operatsiya: o’ng tomonlama yoki chap tomonlama gemikolektomiya qilinadi.
Chambar ichak diffuz polipida subtotal kolektomiya qilinib, ileorektal yoki
ileosigmasimon anastomoz qo’yiladi.
391
TO’G’RI ICHAK KASALLIKLARI
Anatomo-fiziologik ma’lumotlar
To’g’ri ichak taxminan uchinchi (S
3
) dumg’aza umurtqasi sathidan
boshlanib, ichakning terminal qismi hisoblanadi. U kichik chanoq sohasi orqa
qismida joylashgan bo’lib, dumg’aza va dum egilmasi bo’ylab tushib, anal
teshigi bilan tugaydi. To’g’ri ichak uzunligi o’rta hisobda 12-20 sm ni tashkil
etib, u uch qismga: qorin pardasi bilan qoplangan ampula usti (rektosigmoid) –
4-5 sm, ekstraperitoneal va fastsiya bilan qoplangan ampulyar (8-10 sm) va anal
kanali (2,5-4 sm) qismlariga bo’linadi. Ampulyar qismi o’z navbatida – yuqori
ampulyar (3-5sm),
o’rta ampulyar (4-6 sm) va pastki ampulyar (3-5 sm)
qismlariga bo’linadi. Pastki ampulyar qismi anal kanaliga o’tib, orqa chiqaruv
teshigi bilan tugaydi.
Chanoq qorin pardasi ostida to’g’ri ichakni yog’ klechatkasidan iborat
chanoq-to’g’ri ichak va o’tirg’ich-to’g’ri ichak sohalari o’rab turadi. O’rta
ampulyar qismi qorin pardadan butunlay xoli joylashgan bo’lib, uning yuqori
chegarasi bo’lib qorin pardaning o’tuvchi bukilmasi hisoblanadi va u pararektal
klechatka bilan o’ralagan bo’lib, bu ayniqsa, orqa va yon tomonlarida kuchli
rivojlangan. To’g’ri ichak yo’g’on ichakning boshqa qismlaridan farq qilib,
uning gaustratsiyalari bo’lmaydi, bo’ylama mushak qavati tizimcha shaklda
emas, balki, ichak aylanasi bo’ylab bir tartibda tarqalgan. Chanoq qorin pardasi
o’tuvchi bukilmasi to’g’ri ichak oldingi yarim aylanasida joylashib, u anusdan
erkaklarda 7-9 sm va ayollarda 5-7 sm masofada bo’ladi. To’g’ri ichakning
orqa-yon devorlarida qorin parda o’tuvchi bukilmasi – plicae rectovesicales
odatda anusdan 12-15 sm masofada yotadi.
To’g’ri ichak shilliq qavati tsilindrik epiteliy bilan qoplangan. Pastki
ampulyar qismida to’g’ri ichak shilliq qavati bo’ylama bukilmalar (Morgani
ustunlari) xosil qilib, ularning asosida anal kriptalar joylashgan. Bu kriptalarga
shilliq ishlab chiqaruvchi anal bezlarining chiqaruv teshiklari ochiladi. Anal
392
kanali shilliq qavati ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Ushbu yassi
epiteliy bilan pastki ampulyar qism tsilindrik epiteliylari orasidagi chegara –
zigzagsimon anarektal (tishsimon) chiziq deyiladi.
To’g’ri ichak devorida tashqi tomondan uzunasiga ketgan muskul tolalari,
ichki devorida esa doirasimon tolalar joylashgan. To’g’ri ichakning pastki
qismida silliq muskul tolalari ichki sfinkterni hosil qiladi. Orqa chiqaruv yo’lini
ko’taradigan muskulning bir qismi hisoblangan qov-to’g’ri ichak muskuli to’g’ri
ichakni qovuzloq xolida o’rab, tashqi sfinkterni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |