Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Patalogik anatomiyasi. 
Ichak devori shishgan, giperemiyalashgan, oson 
yirtiluvchan bo’lib, shilliq qavatida ko’plab yara va eroziyalar paydo bo’ladi. 
Yara tubida ba’zan, arroziyaga uchrovchi va qon ketishiga sabab bo’luvchi qon 
tomirlar ko’rinib turadi, ayrim xollarda yaralar chuqurlashib ichak 
perforatsiyasiga olib keladi. Shilliq qavat fibrin parda bilan qoplangan, ba’zida 
kasallik juda og’ir kechib, hatto shilliq qavatning ko’chib tushishi ham 
kuzatiladi. Gistologik tekshiruvda shilliq qavat atrofiyasi, shilliq osti qavatining 
leykotsitar infiltratsiyasi va kriptalarda mikroabstsesslar yuzaga kelib, 
keyinchalik ichak devori chandiqli fibrozi va psevdopolipozi vujudga keladi 
(82-rasm).


385 
82-rasm. Nospetsifik yarali kolit (NYaK) – endoskopik xolati. 
Nospetsifik yarali kolit chambar va to’g’ri ichakning barcha qismiga 
tarqalgan bo’lishi mumkin (total zararlanish), ba’zan alohida ichak qismlarini 
egallashi ham mumkin (segmentar zararlanish). 
Nospetsifik yarali kolit klinik kechishida uning qaysi shakli ekanligi 
ahamiyatga ega. O’tkir (yashin tezligida kechuvchi) shaklida (10% bemorlarda) 
kasallik juda og’ir kechadi. Bunda ich surishi sutkasi 40 marotabagacha etishi 
mumkin. Najas shilliq, qon, yiring aralash bo’ladi, qorinda kuchli og’riq 
tenezmlar, qayt qilish, yuqori harorat yuzaga keladi. Bemorning axvoli og’ir, 
qon bosimi tushishi, pulsining tezlashuvi kuzatiladi. qorin kattalashgan, 
paypslaganda yo’g’on ichak bo’ylab og’riqli. Leykotsitoz, leykotsitar 
formulaning chapga siljishi, gemoglobin, eritrotsitlar sonining gematokrit 
ko’rsatkichining kamayishi kuzatiladi. Ich surishining davom etishi 
organizmning suvsizlanishiga, tana vaznining pasayishiga, suv-elektrolit 
almashinuvining va kislota-ishqor muvozanatining buzilishlariga olib keladi. 
Rektoromanoskopiyada ichak shilliq qavati shishgan, undan qon ketayotganligi, 
ichak bo’shlig’ida shilliq, qon va yiring borligi ko’rinadi. Kasallikning o’tkir 
shakli ko’pincha og’ir asoratlar bilan kechadi – massiv qon ketishi, ichak 
perforatsiyasi, ichak toksik dilyatatsiyasi. O’lim kasallikning birinchi kuni 


386 
(yashin tezligida kechuvchi shakli) yoki yaqin oylar ichida yuzaga kelishi 
mumkin. O’tkir shakli ko’p uchramasada, undagi letallik 20% ni tashkil qiladi. 
Ko’pchilik (50%) bemorlarda kasallikning surunkali retsidivlovchi shakli 
uchraydi. Bu shaklida kasallikning avj olish va remissiya davrlari almashinib 
keladi. Remissiya davri bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Kasallikning 
avj olishiga emotsional stress, ko’p charchash, parhezni buzish, antibiotik va 
surgi dorilarni qo’llash sabab bo’lishi mumkin. Avj olgan davri huddi o’tkir 
shaklini eslatadi. Remissiya davrida bemorlar xech qanday shikoyat 
bildirmaydilar, ammo, najas shakllanmagan xolatda qoladi. Ayrim xollarda 
kasallik o’tkir yoki asta-sekinlik bilan boshlanib, to’xtovsiz ravishda kuchayib 
boradi. Bu kasallikning surunkali uzluksiz shakli hisoblanib, 35-40% 
bemorlarda uchraydi. 
Nospetsifik yarali kolitning barcha shakllariga anemiya, jigarning yog’li 
distrofiyasi xos bo’lib, og’ir kechuvchi shaklida gipoalbuminemiya, beta- va 
gammaglobulin miqdorining ko’payishi kuzatiladi. Ko’p miqdorda suv va 
elektrolit yo’qotilishi oqibatida organizmda suv-elektrolit muvozanatining 
buzilishi, suvsizlanish, gipokaliemiya vujudga keladi. Natijada vitamin 
almashinuvi buziladi. Ichak devorining destruktsiyasi juda og’ir asoratlarga – 
qon ketishi (5-6%), perforatsiya (3-4%), ichak toksik dilyatatsiyasi (NYaKning 
barcha shakllari bo’yicha bemorlarning 2-6% ida, o’tkir shakli bilan og’rigan 
bemorlarning 10-20% ida), stenoz, malignizatsiyaga (7-10%) olib keladi. 
Ba’zan, qon ketishi shu darajada kuchli bo’ladiki, hatto shoshilinch 
jarrohlik amaliyoti haqida savol dolzarb bo’lib qoladi. Huddi shunday ichak 
perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida ham operativ davo yakuniy hisoblanadi.
Nospetsifik yarali kolit rak oldi kasallik hisoblanadi. Yo’g’on ichak raki 5-
7% bemorlarda, kasallik boshlangandan 10-20 yil o’tgach esa bu ko’rsatkich 
40% ni tashkil qiladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish