Xirurgik kasalliklar


Ichki gemorroidal tugunlarning qisilishi



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Ichki gemorroidal tugunlarning qisilishi. 
Buning sababi ham ichkilik 
ichish va o’tkir taomlar iste’mol qilish hisoblanadi. Ichki gemorroidal tugunlar 
tushadi va anal teshikda qisilib qoladi, tromboz va nekroz qaytadan paydo 
bo’ladi. Bemorlarda orqa chiqaruv yo’li sohasida qattiq og’riq, yot jism borligi 
sezgisi, haroratning 39°C gacha ko’tarilishi kuzatiladi. Anal teshikni ko’zdan 
kechirishda to’q ko’kimtir rangli gemorroidal tugunlar ko’rinib turadi. Nekroz 
qon ketishi bilan o’tadi. 
Davolash 
parhez ovqatlar, surgi dorilar, antibiotiklar, yallig’lanishga 
qarshi preparatlar tayinlashdan iborat. Yallig’lanish jarayoni barham topgandan 
keyin xirurgik davolashga o’tiladi. 
Orqa chiqaruv yo’li yorig’i 


404 
Orqa chiqaruv yo’li yorilishi (anal yoriq) – orqa chiqaruv yo’lidagi 
nuqson. Ko’pincha ayollarda uchraydi. 90% xollarda anal yoriq anal 
sfinkterning orqa devorida joylashadi. Orqa chiqaruv yo’lining o’tkir, xronik va 
qaytalanuvchi yorilishi farq qilinadi. 
Anal yoriqlarning 
etiologiyasi, patogenezi 
turli-tuman. Qattiq najas 
massalari anal kanali orqali o’tayotganda devori shikastlanib qoladi. Kriptalarga 
infektsiya tushib, anal bezlarni yallig’lantiradi va yoriqlar paydo bo’ladi. Anal 
halka atrofidagi mayda arteriyalarning tomir spazmi ham yorilishga sabab
 
bo’ladi. Anal kanal devoridagi nerv tolalarining nevriti ham yoriqlar paydo 
qiladi. 
Klinikasi.
O’tkir anal yoriqning asosiy simptomi og’riq hisoblanadi. 
Og’riq juda qattiq, bemorni kuchli iztirobga soladi, odatda xojatdan keyin 
boshlanadi va bir necha soatga cho’ziladi. Og’riqdan tashqari, anal sfinkterning 
kuchli reflektor spazmi sababli qabziyatlar paydo bo’lib, natijada har gal xojatga 
borishdan keyin yoriq battar shikastlanib turadi. Aksariyat anal yoriqda xojatdan 
keyin qon tomchilari ajralib chiqishi kuzatiladi.
Barmoq bilan tekshirish, rektoskopiya va rektoromanoskopiyadan oldin 
yoriq ostiga 10-20 ml 1% li novokain yuboriladi. Shundan keyin bu tekshiruvlar 
yordamida ko’pchilik xollarda orqa devorda joylashadigan uzunasiga ketgan 
yoriqni ko’rish mumkin. 
Davolash.
O’tkir boshlangan anal yoriqlarda konservativ davolash, 
issiqlik vannalari, grelkalar, yuqori chastotali ultratovush, diatermiya tavsiya 
etiladi. Spirt-novokainli blokada, sfinkterni Rekome bo’yicha cho’zishdan 
foydalanish mumkin. Xronik va qaytalanadigan anal teshik yoriqlarini xirurgik 
usulda davolash – ponasimon kesib olib tashlashdan iborat.

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish