Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Kron kasalligi 
(terminal ileit, granulematoz enterit). Bu surunkali 
nospetsifik kasallik bo’lib, ovqat hazm qilish naychasining har qaysi qismini 
zararlantira oladi (qizilo’ngachdan to to’g’ri ichakkacha). 1932 yilda Kron 
yonbosh ichakning terminal qismidagi shunday yallig’lanishni birinchi bor 
tasvirlab, uni terminal ileit deb atagan. Kasallik odatda 20-40 yoshdagi 
erkaklarda ham, ayollarda ham bir xilda uchraydi. Kasallikning uchrashi 0,004-
0,006% ni tashkil etadi. 
Kasallikning paydo bo’lish sababi bugungi kungacha
 
unchalik aniq emas: 
taklif etilgan infektsion-allergik, autoimmun nazariyalari isbotlangan emas. Bu 
kasallikning kelib chiqishida viruslar muayyan ahamiyatga ega deb 
hisoblashadi, biroq mineralokortikoidlar bilan davolashning musbat natija 
berishi immun sistemasining aloqadorligidan dalolat beradi. Patogenetik 
jihatdan kasallik limfatik sistemaning zararlanishi, keyinchalik esa ichak 
devorining zararlanishi, granulematoz yallig’lanish avj olishi bilan bog’lanadi. 
Patologoanatomik jihatdan ichak devorlarining zararlanishi – limfoid 
infiltratsiya oqibatida shishishi, qalinlashuvi (ba’zan o’tkir ichak tutilishigacha 
sabab bo’ladi), yaralar paydo bo’lishi (ba’zan qon qetish bilan), hamda chandiqli 
o’zgarishlar qayd qilinadi. Granulematoz yallig’lanish ichakning ko’p qismlarini 
egallab, ko’p segmentar yoki tarqalgan turlarda bo’lishi mumkin. Ichak 
devorining hamma qatlamlarning zararlanishi intramural abstsesslar, bitishmalar 
jarayoni, ichki oqmalar, qovuzloqaro yiringlikning shakllanishiga olib kelishi 
mumkin. 
Diagnoz quyidagi klinik manzaralarga: dispeptik xodisalar, qorinda 
to’satdan paydo bo’lgan og’riq, tana haroratining sababsiz ko’tarilishi, 
paypaslab ko’rilganda og’riq va infiltrat borligini sezish, qisman ichak tutilishi 
belgilari, qon ketishi, steatorreya (ichki oqmalar rivojlanganda), tashqi oqmalar 
xosil bo’lishi kabi belgilarga asoslanib qo’yiladi. Kasallikning nospetsifik 


363 
belgilaridan poliartrit, teri eritemasi, jigar yog’ distrofiyasi, sklerozlaydigan 
xolangit, iridotsiklitni ko’rsatib o’tish mumkin. Ko’pincha diagnoz o’tkir qorin 
kasalligi sababli qorin bo’shlig’i ochilganda, ya’ni operatsiya vaqtida tasodifiy 
topilma hisoblanadi. Bunda uni ba’zan xavfli limfoma (limfosarkoma), ichak 
flegmonasi bilan differentsial diagnostika qilish zarur bo’ladi. 
Davolash. Kasallik barvaqt topilganda – muolaja (konservativ terapiya): 
parhez, 
sulfasalazin 
qatoridagi 
preparatlar, 
steroid 
gormonlar, 
immunodepressantlar, parenteral ovqatlanish va boshqalardan iborat. Asoratlar 
yuzaga kelganda va ingichka ichakning bir sohasi chegaralanib zararlanganda, 
o’tkir ichak tutilishi bo’lganda, perforatsiya yoki oqmalar paydo bo’lganda 
ichakning shu qismi rezektsiya qilinib, ichaklararo (entero-enteroanastomoz) 
qo’yiladi. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish