354
radikalizm qonunlariga rioya qilgan holda gastroektomiya amaliyoti
ko’rsatilgan.
Klinika va diagnostikasi: Me’da saratoni erta turi uchun xos bo’lgan klinik
belgilar yo’q. U belgilarsiz yoki qaysi kasallik fonida kelib chiqqan bo’lsa, shu
kasallik belgilari bilan kechishi mumkin.
Me’da saratoni bilan kasallanish onkologik kasallik xavfi yuqori bo’lgan
bemorlarda ehtimoli yuqori. Onkologik xavf yuqori bo’lgan omillarga me’da
o’sma oldi kasalliklari (surunkali gastrit, me’da surunkali yarasi, me’da
poliplari); noonkologik kasallik tufayli me’da rezektsiyasi bajarilganligiga 5 yil
va undan ortiq vaqt o’tgan bemorlarda me’da cho’ltog’i
surunkali gastriti;
oilasida saraton bilan kasallangan bemorlar bo’lganligi; axilik gastriti bo’lgan
bemorlarda qon guruhi II (A) bo’lishi; zararli omillar ta’siri (kimyoviy sanoat)
kiradi. Me’da saratoni klinik ko’rinishi xilma-xildir. Ular o’sma kelib chiqqan
patologik fon, ya’ni o’sma oldi kasalliklari, o’sma lokalizatsiyasi,
shakli va
o’sish turiga, gistologik strukturasiga, tarqalish bosqichiga va asoratlariga
bog’lik. Bir qator
bemorlarda surunkali gastrit, surunkali me’da yarasi ko’p
yillik anamnezi, qolganlarida esa kasallikning kam ifodalangan belgilari
anamnezi davomiyligi bir necha oyni tashkil etadi.
Bemorlarni so’rab surishtirganda aniqlangan
belgilarni shartli ravishda
kasallikni mahalliy va umumiy belgilariga bo’lish mumkin.
Mahalliy belgilarga «me’da diskomforti» belgilari: fiziologik to’yish
hissini yo’kligi, to’mtoq bosuvchi xarakterdagi og’riq, epigastral sohadagi
to’lish va tortishish hissi, ishtahaning pasayishi yoki umuman bo’lmasligi, ba’zi
oziq-ovqat mahsulotlaridan bosh tortish (go’sht, baliq).
Me’da saratonining umumiy belgilari: holsizlik,
tana vaznini kamayishi,
adinamiya, odatiy ishdan tez charchash, depressiya. Bularning hammasi o’sma
intoksikatsiyasi sababli kuzatiladi. Ko’p hollarda anemiya kuzatiladi. Ba’zida
anemiya kasallikning birinchi belgisi bo’lib hisoblanadi. Axiliya natijasida temir
moddasini so’rilishi buzilishi va o’smadan surunkali kon ketishi natijasida temir
tankisli anemiya kuzatiladi. Tana haroratini subfebril va yuqori darajalargacha
355
ko’tarilishi o’sma kasalligining o’tkazib yuborilgan turlarida uchraydi. Tana
haroratini ko’tarilishining sabablari: o’smadan oksil almashinuvi moddalarini
so’rilishi, o’smani yallig’lanishi, me’dadan tashqaridagi metastazlar sohasida
yallig’lanish o’choqlarining paydo bo’lishi.
Kasallik erta bosqichlarida
bemorlarning tashqi ko’rinishi o’zgarmaydi. Anemiya rivojlanganda teri va
ko’rinib turgan shilliq kavatlarning rangparligi kuzatiladi. Teri qurishi,
uning
burmasimon ko’rinishda bo’lishi, teri osti yog’ qavatining yo’qolishi suv
almashinuvining jiddiy buzilishi, sezilarli ozishdan darak beradi. Qorinni
ko’zdan kechirganda uni yuqori qismida notekis shishganligi, me’dadan chiqish
joyi stenozida me’dani peristaltik qiskarishlarini ko’rish mumkin.
Qorin
o’lchamlarining kattalashishi qorin bo’shlig’ining bo’sh qismlarida suyuqlik
to’planishida (astsit) kuzatiladi. Qorinni yuzaki paypaslaganda qorin devori
mushaklarining taranglashuvi va og’riqligi o’smani me’dadan
tashqariga
tarqalganligi, qorin bo’shlig’i kartsinomatozidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: