Xirurgik kasalliklar


Rivojlanish nuqsonlari (tug’ma kasalliklari)



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Rivojlanish nuqsonlari (tug’ma kasalliklari)
Tug’ma patologiyaning mazkur guruhiga embriogenezning tug’ma 
buzilishlari natijasida paydo bo’lgan jarayonlarni – tug’ma torayishlar, stenozlar 
yoki atreziyalar, embrional davrda ichak aylanishi anomaliyasi, o’t yo’lining 
bitmay qolishi kabilarni kiritish mumkin. 
Ichak stenozida uning bo’shlig’i bir yoki bir necha joylarida, hatto 
anchagina masofada toraygan bo’lishi mumkin, biroq hamisha bo’shliqning bir 
qismi qoladi va kasallik aksariyat operatsiyalarda yoki tekshirish vaqtida 
tasodifiy topilma sifatida aniqlanadi. Ichak atreziyasida kattaroq, yoki kichikroq 
masofada stenoz bo’lmaydi, ichakning o’zi esa tortma ko’rinishida bo’ladi. 
Bunda ingichka ichakning boshidan oxirigacha shunday sohalardan bir nechtasi 
bo’lishi mumkin. Bunday tug’ma kasallik chaqaloqlarda dastlabki kunlardayoq 
ichak tutilishi xodisalari bilan birga uchraydi, o’z vaqtida diagnostika va 
operatsiya qilishni talab etadi. 
Aylanish anomaliyasi (burilish buzilishi: tugallanmagan burilish, ichak 
malrotatsiyasi) ichakning embrional davrda normal burilishi jarayonining 
buzilishi bilan bog’liq bo’lib, burilish to’liq tugallanmaydi yoki teskari 
yo’nalishda yoinki noto’g’ri o’tadi. Bu hol, ichak turli qismlarining embrional 
tortmalardan anomal fiksatsiyada bo’lishi bilan bog’liq bo’ladi. 
Ichakning tugallanmagan burilishi, ko’r ichakning yuqori joylashuvi (jigar 
ostida yoki epigastriyda) bilan bog’liq bo’lib, ichak tutilib qolishi, ba’zan esa 
ichak tutqichi qon tomirlari trombozi rivojlanishi bilan kechadi. O’n ikki 
barmoqli ichak burilishi surunkali duodenal tutilish (duodenostaz) bilan birga 
o’tishi mumkin. Aksariyat hollarda, harakatchan ko’r ichak (cecum mobile) 


361 
borligi qayd qilinadi. Bu klinik jihatdan o’tkir yoki surunkali ichak tutilishi 
belgilari, ba’zan esa qorin bo’shlig’i a’zolarining boshqa patologiyasi belgilari 
bilan o’tadi. Bosh diagnostik usul rentgenologik usul hisoblanadi. 
Bolaning ona qornidagi rivojlanish davrida, ichak naychasini o’t pufagi 
bilan tutashtirib turadigan o’t yo’lining o’sib etilmaganligi embriogenez 
buzilishlari natijasida shunga olib keladiki, bu yo’l boshidan oxirigacha ochiq 
qoladi va bu holda ichak bilan kindik o’rtasida muayyan sohada oqma bo’ladi, 
bu esa o’z navbatida yopiq bo’shliq hosil bo’lishiga olib keladi.
Ingichka ichak devori oldida joylashgan o’t yo’lining bir qismigina o’sib 
etilmagan hollarda (qolgan xamma joyda to’liq obliteratsiya bo’lganda) 
divertikul hosil bo’ladi. Uni tasvirlab bergan muallif Mekkel (1811) sharafiga, 
Mekkel divertikuli deb yuritiladi. Odatda bu divertikul ileotsekal burchakdan 1-
1,5 m masofada joylashadi, uning diametri 0,5-1 sm, uzunligi 1 dan 12 sm gacha 
etadi va bu holat aholining 2% da qayd qilinadi. Ularning 95% da esa 
divertikulning yallig’lanishi, yaralar paydo bo’lishi yoki uning perforatsiyasi
qon oqishi kabi asoratlarda o’zini namoyon qilmaydi. Divertikulning o’tkir 
yallig’lanishi (divertikulit) kataral, flegmonoz, gangrenoz (perforatsiyali yoki 
perforatsiyasiz) bo’lishi mumkin. Bunda qorinda og’riq, ko’ngil aynishi, tana 
haroratining ko’tarilishi, et junjikishi, peritoneal simptomlar bo’lishi kuzatiladi. 
Ob’ektiv tekshirganda – mushak tarangligi va o’tkir appenditsitga xos boshqa 
belgilar kuzatiladi. Diagnostik xatolarga ko’pincha shu sababli yo’l qo’yiladi. 
Divertikul shiliq pardasining yarasi, yallig’lanish natijasi sifatida yoki 
me’da shiliq pardasining ektopirlangan sohasi ajratadigan xlorid kislotasining 
ta’siri ostida paydo bo’ladi. Klinik belgilari – o’rtacha og’riqlar, aksariyat qon 
ketish, hatto profuz qon ketish bilan kuzatiladi. 
Divertikul perforatsiyasi (yallig’lanish, yara, gangrena, axlat yoki o’t 
suyuqligi toshidan yoki yot jismdan yotoq yara natijasi) sababli amalda hech 
qachon operatsiyaga qadar aniqlanmaydigan peritonit bilan o’tadi. 
Mekkel surunkali divertikuli qorin bo’shlig’ida bitishma jarayoni avj 
olishiga, ichak tutilib qolishi hodisalariga olib keladi (ichak buralishi, 


362 
invaginatsiyasi). Qon ketishi, perforatsiya, yallig’lanish, ichak tutilib qolishi 
sababli qilinadigan operatsiya vaqtida tasodifan topilgan divertikulni davolash 
divertikulni kesib, keyin teshikni ikki qatorli choklar bilan tikishdan iborat. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish