Xirurgik kasalliklar


Laborator tekshiruv usullari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

Laborator tekshiruv usullari.
Qon analizlarida gemoglobin midori va 
eritrotsitlar sonining kamayishi, eritrotsitlarning cho’kish tezligining ortishi 
kuzatiladi. Me’da sekretsiyasini tekshirganda ko’pincha axlorgidriya aniqlanadi, 
ammo me’daning kislota hosil qilish funktsiyasi saqlanib qolishi ham mumkin 
va erkin xlorid kislota ko’rsatkichlari biroz pasaygan yoki normada bo’ladi.
Me’da saratonini aniqlashda rentgendiagnostika hozirgi paytgacha muhim 
o’rin tutadi. Me’da saratonining erta turlarini aniqlashda shilliq qavat relefi, 
me’dani kontrast bilan to’ldirib rentgenologik tekshirish lozim. Me’da saratoni 
rivojlanganligining asosiy rentgenologik belgilari: to’lish nuqsoni, to’lish 
nuqsonida tokcha belgisi, chegaralarining deformatsiyasi, a’zo bo’shlig’ining 
qisqarishi, jarohatlangan sohada devorlar taranglashuvi va peristaltikaning 
yo’qligi, shilliq qavat relefining parchalanishi. To’lish nuqsoni saratonining 
ekzofit o’sish turiga xos bo’lgan belgi hisoblanadi. Me’da bo’shlig’ining 
deformatsiyasi va qisqarishi o’smani endofit o’sish turida, bunda me’da 
devorida o’sma infiltratsiyasi kuzatiladi. Shilliq qavat relefi jarohatlangan 


356 
sohada burmalarini yo’qotadi, shaklsiz bo’lib qoladi (xavfli relef), burmalar 
parchalanganda «uzilish» belgi aniqlanadi.
Biopsiya olish bilan amalga oshiriladigan gastroskopiya saratonning erta 
turlarini aniqlashda va o’smani morfologik turini aniqlashda muhim rol 
o’ynaydi. Me’da saratoni diagnozi ko’yilgandan so’ng bemorni jarrohlik usulda 
davolash haqidagi muammoni hal etish lozim. Bemorlarni umum klinik 
tekshirganda uzoq metastazlar bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Uzoq metastazlar 
to’g’risida aniq ma’lumotlar bo’lmasa, me’da saratonining ko’shni a’zolarga 
o’tganligini, jigardagi metastazlarni, qorin bo’shlig’i kantseromatozini aniqlash 
maqsadida biopsiya bilan laparoskopiya, jigar, me’da osti bezini ultratovush 
skanerlash va kompyuter tomografik tekshiruvlari o’tkaziladi. 
Davolash jarrohlik usulida: me’da saratoni jarrohlik amaliyotiga absolyut 
ko’rsatma bo’lib hisoblanadi. Me’da rezektsiyasi yoki gastrektomiya radikal 
usul hisoblanadi. Jarrohlik amaliyotining radikalligi quyidagilarda namoyon 
bo’ladi: 1) me’dani, o’n ikki barmoqli ichakni va qizilo’ngachni sog’lom 
to’qima sohasida kesish, 2) saraton joylashgan soha va metastazlar bo’lishi 
mumkin bo’lgan sohadagi limfa tugunlarini (1 va 2 tartibli) birgalikda olib 
tashlash. Jarrohlik amaliyotiga qarshi ko’rsatmalar onkologik va umumiy 
bo’lishi mumkin. Jigarda, o’pkada, o’mrov usti sohasi limfa tugunlarida uzoq 
metastazlar borligi, katta astsit borligi, Shnitsler va Krukenberg metastazlari 
borligi, 3- va 4-tartibli, ya’ni me’da bilan birgalikda olib bo’lmaydigan limfa 
tugunlarida gistologik tasdiqlangan metastazlar borligi jarrohlik amaliyotiga 
qarshi ko’rsatma bo’lib hisoblanadi. Umumiy xarakterdagi qarshi 
ko’rsatmalarga kaxeksiya, og’ir hamroh kasalliklar kiradi.
Radikal jarrohlik amaliyotlarining asosiy turlari: 1) me’dani distal subtotal 
rezektsiyasi, 2) gastrektomiya, 3) me’dani proksimal subtotal rezektsiyasi. 
Me’dani distal subtotal rezektsiyasi piloroantral sohasi ekzofit o’smasi 
proksimal yo’nalishda me’da burchagidan yuqoriga tarqalmaganda bajariladi. 
Me’da bilan birgalikda katta va kichik charvi, ikkala egriliklar bo’yicha, piloris 
atrofida va chap me’da arteriyasi bo’ylab joylashgan limfatik tugunlari olib 


357 
tashlanadi. Amaliyot gastroenteroanastomoz qo’yish bilan tugallanadi. 
Ko’pincha Bilrot-II usuli qo’llaniladi. Ekzofit o’sma me’da tanasida 
joylashganida, total jarohatlanganda va joylashgan sohasidan kat’iy nazar 
infiltrativ o’smalarda gastrektomiya amaliyoti bajariladi. Me’da bilan birgalikda 
deyarli butun katta va kichik charvi, me’da-talok bog’lami, parakardial va 
paraezofageal yog’ to’qimalari ham olib tashlanishi shart. O’smaning ekzofit 
turida qizilo’ngach o’sma paypaslangan joy yuqori chegarasidan 3 sm,
infiltrativ turida 5-6 sm yuqorida kesilishi shart. Amaliyot qizilo’ngach va 
me’da anastomoz qo’yish bilan tugallanadi. O’sma qo’shni a’zolarga o’sib 
kirganda va uzoq metastazlar bo’lmaganda qo’shma jarrohlik amaliyotlari, ya’ni 
me’dani subtotal rezektsiyasi yoki a’zoni butunlay yoki bir qismi rezektsiyasi 
bilan birgalikda qilinadigan gastrektomiya amaliyotlari bajariladi. Palliativ 
jarrohlik amaliyotlarini ularning xavfi kam bo’lganda amalga oshiriladi. 
Me’daning palliativ ⅔ yoki ¾ qismi rezektsiyasi me’dadan chiqish qismi 
o’smasida, parchalanuvchi va qonayotgan o’smani qon ketish manbai sifatida 
bemor xayotiga xavf solganda bajariladi. Palliativ jarrohlik amaliyoti bajarish 
mumkin bo’lmagan holatlarda, me’dadan chiqish qismi stenozlanuvchi 
saratonida gastroeyunoanastomoz yoki eyunostoma qo’yish amaliyoti, me’da 
proksimal qismi saratonida va disfagiyada gastrostoma yoki eyunostoma qo’yish 
amaliyoti bajariladi. 


358 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish