Keys – texnologiya «Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi» o’quv mavzusi bo’yicha



Download 136 Kb.
Sana02.02.2017
Hajmi136 Kb.
#1664
KEYS – TEXNOLOGIYA
«Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi» o’quv mavzusi bo’yicha

4 va 5 kurslar uchun akusherlik va ginekologiya” kafedrasi


KEYS

Umumiy amaliyot shifokoriga Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishida taktikani o’rgatadi.

Pedagogik annotatsiya

O’quv predmeti: “Ginekologiya”

Mavzu: “Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi”

Mazkur keysdan maqsad: Talabalarni ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi ni diagnostikasi, differentsial diagnostikasi, profilaktikasi va xotinni ixtisoslashtirilgan markazga o’z vaqtida yuborishni o’rgatish. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi zamonaviy davolash usullari bilan tanishtirish. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi formasiga qarab xotinni zamonaviy diagnostika usullari va olib borish taktikasi, shuningdek Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishini profilaktikasi bo’yicha talabalar bilimlarini shakllantirish. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi ni tekshirish va olib borishni individual rejasini tuzish ko’nikmalarini ishlab chiqish. Ayolni diagnostika, differentsial diagnostika qilish uchun ixtisoslashtirilgan markazga tavsiya olish uchun o’z vaqtida yuborish ko’nikma va bilimlarni ishlab chiqish. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi ni asosiy laorator va instrumental tekshirish usullari interpritatsiyasi bo’yicha ko’nikmalarini ishlab chiqish.

Rejalashtirilgan o’quv natijalari – keys bilan ishlagan talabalarda quyidagi ko’nikmalar shakllanadi:

  • VOZ tavsiyasiga ko’ra sxema bo’yicha ayollar so’rovi

  • Ayollarni kuratsiyasi

  • Umumiy ko’rik

Mazkur keysni omadli amalga oshirish uchun talaba qilishi kerak:

  • Tashxisni shakllantirish va asoslash

  • Anamnezni to’g`ri yig`ish

  • Umumiy ob`ektiv tekshiruvni o’tkazish (tana massasi indeksi, galaktoreyani tekshirish, tuklanishni xarakteri, gipertrixozni mavjudligi va uni darajasi, terini xolati)

  • Bimanual ko’rikni amalga oshirish va bachadon bo’ynini ko’zguda ko’rish

  • Kalla suyagi va turk egari rentgenogrammasi, gisterosalpingogrammani baholash

  • Funktsional diagnostika testlarini o’tkazishni va interpritatsiya qilishni o’rganish

  • Gormonal tekshiruvlarni baholash

  • Genitaliy UTD baholash

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni olib borish taktikasini aniqlash

  • Jinsiy a`zolarning asoratlanmagan yallig`lanish kasalliklari mavjud ayollarni davolash

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi profilaktik ishlarini olib borish

  • QVP va MTSH sharoitida diagnostika metodlari sanash, tekshiruv rejasini tuzish va asoslash

Mazkur keys QVP va MTSH sharoitida real jarayonlarda namoyon bo’ladi.

Keys ma`lumotlari manbalari

1.Ginekologiya. Bodyajina V.I., Jmakin K.N. 1997

2.Akusherstvo i ginekologiya Saveleva G.M, Sichinova L.K.. redaktsiyasi asosida, ingliz tilidan tarjima M., 1997

3. Klinik tavsiyalar Akusherstvo i ginekologiya. Vыpusk 2. Kulakova V.I. redaktsiyasi ostida, M., 2006

4.Oilaviy tibbiyot. Krasnova A.F. red. ostida, Samara, 1996
Tipologik belgilarga mos keys xarakteristikasi

Mazkur keys kabinet va syujet kategoriyalarga taaluqli. U hajmli va strukturalangan. Bu keys-savol.



Didaktik maqsadlarga ko’ra keys MTSH sharoitida real jarayonlarda aqliy stimullovchi treningli keysdir.

Keys quyidagi distsiplinalarda qo’llanilishi mumkin: Ginekologiya, Endokrinologiya.

I KEYS

«Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi».

Muqaddima

Jinsiy a’zolar rivojlanishi anomaliyalari vujudga kelishining sabablari bo’lib xisoblanadi:
1) Embriogenez vaqtida tashqi muxitning zararli omillari ta’siri ( intoksikatsiya, yuqori va past temperature ), professional zararli omillar ( kimyoviy ishlab chiqarish, radioaktiv moddalar), maishiy intoksikatsiyalar ( alkogolizm, tabak chekish, narkomaniya, toksikomaniya )

2) xromosoma va gen mutatsiyalari


3) irsiy moyillik
4) ota-onalar yoshi 35 yoshdan katta bo’lganda
Qin aplaziyasi ­ — qinning butunlay bo’lamsligi. Aplaziya qin rivojlanishining tug’ma nuqsonlariga kiradi. Uning rivojlanish sababi bo’lib myuller( paramezonefral) yo’llarining kaudal qismining rivojlanishi buzilishi xisoblanadi. Bu patologiyada qinning bo’lmasligi bilan bir qatorda jinsiy sistemaning boshqa qismlarining yetarlicha rivojlanmasligi uchraydi( tuxumdonlar, bachadon naylari, bachadon). Bu patologiya, ya’ni qinning yo’qligi ginekologik tekshiruv vaqtida, amenoreya, jinsiy xayotning bo’lmasligida namoyon bo’ladi.

Qizlik pаrdаsi аtrеziyasi qizlik pаrdаsining o’sib kеtishi. Jinsiy rivоjlаnish mеstruаsiya bоshlаnishidа nаmоеn bo’lаdi. Buning nаtijаsidа mеnstruаl qоn оqimi yo’qligi sаbаbli gеmоtо kоlpоs pаydо bo’lаdi.

Bаchаdоn rivоjlаnish аnоmаliyalаri. Bаjаdоn rivоjlаnish аnоmаliyalаrini quyidаgi tiplаri mаvjud: Bаchаdоn, bаchаdоn bo’yni vа qin ikkilаrish, bir shохli bаchаdоn nоrmаl rivоjlаngаn qin bilаn ikki shохli bаchаdоn ikkitа bаchаdоn bo’yni vа nоrmаl qin bilаn, bir shохli bаchаdоn ikkinsi rudimеnt shох vа nоrmаl qin bilаn, bаchаdоn bo’yni vа tаnаsi to’liq to’sigi, bаchаdоn tаnаsi to’liq bo’lmаgаn to’sigi. Аеllаr jinsiy а’zоlаri rivоjlаnishining kаm uchrаydigаn nuqsоnlаridаn biri Rоkitаnskiy Kyustnеr sindrоmidа bo’lаdi. Bu хоlаtdа sismаn еki to’lik bаchаdоn vа qin аplоziyasi vа nоrmаl rivоjlаngаn bаchаdоn nаylаri vа tuхumdоnlаr bilаn birgа kuzаtilаdi.

Хаmmа bаchаdоn rivоjlаnish nuqsоnlаri 3 gruppаgа bo’linаdi:

1.Mеntruаsiya yo’qligi vа jinsiy хаеtning imkоni yo’qligi – bаchаdоn vа qin аplоziyasidа

2.Mеnstruаl qоn оqimining buzilishi (to’liq еki qismаn), gеmаtоkоlpоs gеmоtоmеtr rivоjlаnishi.

3.Mеnstruаl qоn оqimining buzilishisiz.



Gipеrаntеflеksiya ( bachadon patologik antefleksiyasi) Bu xolatda bachadonning oldingi egilishi kuzatiladi, buning natijasida bachadon tanasi va bo’yni orasida o’tkir burchak (70 dan kam )hosil bo’ladi. Bu holatning asosiy sabablari jinsiy a’zolar va boshqa a’zolar yallig’lanish jarayonlar, jinsiy infantilizm hisoblanadi.Bu holat menstrual siklning, bepushtlikning (oligomenoreya, gipomenoreya, opsomenoreya, algodismenoreya) bilan namoyon bo’ladi. Tashxis ginekologik ko’ruv asosida qo’yiladi- bachadonning oldingi keskin egilishi, normal o’lchamda, qin devori qalinlashgani aniqlanadi. Bu patologiyani keltirib chiqargan va chqiruvchi omiliga qarab davolanadi. Menstruatsiya paytida og’riq sezilarli darajada kuchli bo’lganda bemorga nonarkotik analgetiklar, smazmolitiklar va yallig’lanishga qarshi dori vositalar buyuriladi.

Bachadon retrofleksiyasi. Tana o’rta o’qida bachadon sining orqaga egilishi. Buning natijasida bachadon tanasi va bo’yni orasida orqaga ochilgan burchak hosil bo’ladi.

Bachadon buralishi-bu bachadon tanasini ko’ndalang o’qining bachadon bo’yni fiksatsiyasi asosida aylanishi. Bu holatning sababi bir tominlama tuxumdon hajmli hosilasi ( kista, kistoma) yoki bachadon miomasining qorin parda osti joylashishi hisoblanadi. Davolash-keltirib chiqargan faktorni bartaraf etish.

Bachadon elevatsiyasi-bachadonni yuqoriga birikishi. To’lga siydik pufagi va to’gri ichakda ham fiziologik elevatsiya kuzatilishi mumkin. Patologik elevatsiya sababi bo’lib, bachadon ortig’I hajmli hosilasi, gematoma va boshqa patologik protseslar bo’lishi mumkin.

Davolash-keltirib chiqargan faktorni bartaraf qilish.



Jinsiy a’zolar tushishi va osilishi- bu shunday holatki, unda bachadon bo’yni spinal chiziqdan pastda joylashadi. Jinsiy a’zolar tushishi- bachadon jinsiy yoriqdan qisman chiqadi- faqat bachadon bo’yni (qisman tushish) yoki to’liq tushish.

Malinovskiy bo’yicha tasnifi.

1-daraja. Jinsiy a’zolar tushishi-bachadon bo’yni spinal yuzada pastda joylashadi, qin devoir qin dahlizigacha yetishi kuzatiladi.

2-daraja. Jinsiy a’zolarning to;liq bo’lmagan tushishi- bachadon bo’yni jinsiy yoriqdab chiqib turadi, tanasi undan yuqorida joylashadi.

3-daraja. Jinsiy a’zolarning to’liq tushishi-butun bachadon jinsiy yoriqdan pastda joylashadi.



Bu holatlarni keltirib chiqaruvchi faktorlar:

  1. Tug’ruq vaqtida oraliq va chanoq diafragmasi muskullarini travmatizatsiyasi (ayniqsa oraliq tikilmaganda yoki ikkilamchi infeksiya bo’lganda) tez-tez tug’ruq.

  2. Ayollarda astenik tuzilishli oziqlanishni pasayishi, og’ir jismoniy mehnat bilan shug’illanish, surunkali qabziyat, jinsiy infantilism, keskin ozish bilan bog’liq, tug’ruq bilan esa bog’liq bo’lmagan oraliq muskullar kuchsizligi.

  3. Katta yosh va qarilikdagi to’qimalar atrofiyasi. Ko’pincha bachadon tushishi bachadon retrofleksiyasida kuzatiladi. Bachadon tushishida qin devorlari tushishi, tushganda ularning ichiga o’girilishi kuzatiladi. Qin devorlari tushishi va ichiga o’girilishi u bilan bog’liq bo’lgan siydik pufagi (sistosele) va tog’ri ichak (rektosele) tushishi va ichiga o’girilishiga olib keladi.


Ushbu keysning maqsadi keysni qo’llayotgan talabada ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni qabulida vaziyatni baholashni rivojlantirish. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni olib borish taktikasini tanlash, diagnostika, yordamni ko’rsatish, mutaxassisga yuborish.

Ushbu keysni echish talabalarda quyidagi o’quv natijalariga erishishiga olib keladi:

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarda vaziyatni baholash va analiz qilish mahoratini yuksaltirish

  • Tashxisni qo’yishda to’g`ri algoritmni tanlashni o’rganish

  • Zarur diagnostika va yordamni ko’rsatish ko’nikmalarini o’zlashtirish

  • Ushbu vaziyatda mustaqil qaror qabul qilish ko’nikmasiga ega bo’lish



Vaziyatli masala:

27 yoshli ayol bepushtlik bn ginekologik bolimga sjikoyat qilgan, 7 yildan beri turmushda, xomiladorlikga shikoyatlari yo`q. Anamnezida menstrual sikl boshlanmagan, menarxe yo`q, 2-jinsiy belgilar rivojlangan. Status genitalis: tashqi jinsiy azolari yaxshi rivojlangan. Bachadon bo`yinchasini tekshirishganda: bachadon boyinchasi toza, kichik o`lchamlarda. Per vaginam kozdankechirganda:qin qisilmagan, tor, burmali korinichda. Bachadon rudimenti:1,5*2,0*1,5.bachadon ortig`i 2 tomondan normal olchamlarda,og`riqsiz. Shiliq ajralmali.



Savollar

  1. Taxminiy diagnoz?

  2. UASH taktikasi?

Topshiriq: Ushbu vaziyatda ayolga taxminiy tashxis qo’yish, olib borish taktikasini qabul qilish.

II. Talabalar uchun metodik qo’llanma
2.1 Muammo:

MTSH sharoitida Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarda olib borish taktikasini tanlash.



2.2. Muammo osti

1. Tashqi ko’rik analizi

2. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi rivojlanishida etiologik faktor bo’lib hisoblanuvchi taxminiy hodisalar va anamnez analizi.

3. Ko’rik analizi

4. Zaruriy diagnostika metodlarini tanlash.

5. Olingan natijalarni baholash

6. MTSH sharoitida muammolarni echish

2.3. Echim algoritmi

1. Tashqi ko’rik analiz quyidagi tekshiruvlarni o’z ichiga oladi

- teri va shilliq qavatlar ko’rigi

- yuz (ko’z, til)

- jinsiy belgilari aniqlash

2. Anamnez analizi:

- o’tkazilgan kasalliklar

- oilaviy-ijtimoiy anamnez

- akusherlik-ginekologik anamnezi

3. Ko’rik analizi

- Ps, AD, nafas chastotasi, teri qoplamasi

- yurak va o’pka auskultatsiyasi

- ko’zguda ko’rik

- bimanual ko’rik

4. Kerakli diagnostika usullarini tanlash

- UQA, USA

- UZI s

-R-grafiya, KT,MRT.



5. MTSH sharoitida muammolarni echish

- zarur bo’lganda davolash

- tez yordamni amalga oshirish

Amaliy vaziyatda echim analizini o’tkazishda mustaqil ish instruktsiyasi

Vaziyat analizi varaqasi

Ish bosqichlari

Tavsiya va maslahatlar

1. Keys bilan tanishish

Dastlab keys bilan tanishish

  • O’qiganda, birdan vaziyatni analiz qilishga shoshilmang

2. Mavjud vaziyat bilan tanishish

Ma`lumotni yana bir bor o’qing, siz uchun muhim bo’lgan abzatsni ajrating.

Vaziyatni xarakterlashga harakat qiling. Birlamchi va ikkilamchi ma`lumotlarni aniqlang.



3. Kalit muammo va muammo ostini aniqlash, asoslash, shakllantirish

Muammo:

Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni gospitalizatsiya va olib borish taktikasini aniqlang.




4. Muammo analizi vaziyati

Vaziyatni analiz qilishda quyidagi savollarga javob bering:

Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi birga keluvchi qanday tarqalgan va xavfli kasalliklar mavjud



  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni qanday nozologiyalar bilan qiyosiy tashxis o’tkazish zarur va yuzaga keltiradigan sabablarni aniqlash

  • Qanday diagnostika usullarini qo’llash zarur, MTSH sharoitida tekshiruv rejasini ishlab chiqing va asoslang.

  • YAkuniy tashxisni qo’yishda tor mutaxassislarni qanday tavsiyalari kerak?

  • Keyingi kuzatuvni o’tkazish darajasini aniqlang (medikamentoz va nomedikamentoz davolash)




5. Muammoni echish usullari va yo’llarini tanlash va asoslash

Ushbu vaziyatda ushbu muammoni echishni mavjud barcha yo’llarni sanab o’ting.

6. Muammoli vaziyatni ishlab chiqish va echish

Tashxis qo’ying, MTSH sharoitida muammoni eching


III.Keysni bajarish varianti

Keysolog –o’qituvchilarga
IV-KEYS-amaliyotida o’rganish texnologiyasi

O’rganish texnologiyasi modeli


Mavzu

Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi

Soat hajmi-2 soat

O’rganuvchilar soni 10 kishi.



O’quv mashg’ulotining shakli

Bilimni chiqurlashtirish va kengaytirish bo’yicha amaliyot ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni bilan ayollarni kuzatuv taktikasini olib borishni bilish

Amaliyot rejasi

1.O’quv mashg’ulotiga kirish

2.Bilimni faollashtirish

3.Kichik guruhlarda keys bilan ishlash

4.Natijalarni e’lon qilish

5.Eng g’olib variantni tanlash va baxolash ,muxokama qilish

6.Xulosa.Talabalarning va guruhning ishini baxolash,o’quv mashg’ulotini mqasadiga erishish darajalari



O’quv mashg’uloti maqsadi; Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni kuzatuvini olib borish taktikasi bo’yicha bilimni chuqurlashtirish. Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarda poststatsoinar reabilitatsiya, shoshilinch yordam ko’rsatish, diagnostikada kuzatuv olib boorish taktikasini tanlash,vaziyatni analizlashni baxolash layoqati rivojlanganligi.



O’qituvchi topshirig’i:

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayolning umumiy holati va vaziyatni analizini baholash bo’yicha bilimni chuqurlashtirish va mustahkamlash

  • Diagnoz qo’yish uchun ta’sir algoritmini to’gri tanlashni bilish

  • Tez yordam ko’rsatish bo’yicha ko’nikmalarni ishlab chiqish

  • SRB sharoitida ayolllarni kuzatuvida qabul qilingan ko’nikmalarni mustaqil rivojlantirish.

O’quv ishining natijalari;

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni umumiy holatini va vaziyatni analiz va baxolaydi

  • diagnoz qo’yish uchun ta’sir algoritmi tanlaydi

  • SRB sharoitida ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni kuzatish vaqtida qabul qilingan ko’nikmalrni mustaqil bajarish rivojlanadi

  • Zarur paytda tez yordam ko’rsatadi,tasir algoritmini ishlab chiqadi.

O’rganish metodi

Keys bosqichi,muzokara,amaliy metod

O’rganish ashyosi

Keys,metodik ko’rsatma

O’rganish shakli

Individual,frontal,guruh ichida ishlash

O’rganish sharoiti

Texnik qurilmali,ish uchun moslashgan auditoriya

Monitoring va baho

Kuzatish,tezkor so’rov,e’lon qilish ,baholash



KEYSDAGI ASOSIY O’QUV MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK KARTASI


Ishning tarkibi va bosqichi

O’qituvchilar

Talabalar

Tayyorlov bosqichi

Keys tavsiyasi tushuntiradi-bosqichlari va uning mukammal bilimlarini rivojlanishiga ta’siri. Keys materiallarni tarqatadi va vaziyatning analiz algoritmi bilan tanishtiradi(talabalar uchun metodik ko’rsatmaga qarang)Analizni mustaqil olib borish uchun topshiriq beradi va natijalarni”Vaziyatning analiz qog’oziga”ko’chiradi

Eshitishadi

Keysning tarkibini mustaqil o’rganishda va individual holatda vaziyatning analizlar qog’ozini to’ldirishadi.



I bosqich-O’quv mashg’ulotiga kirish.10-15 min

1.1Mashg’ulot mavzusini nomlaydi,rejaning maqsadi,topshiriq, va o’quv ishini natijasini rejasini aytadi

2.1Baho natijalari kriteriyalari va mashg’ulotda ish rejimi bilan tanishtiradi(talabalar uchun ko’rsatmaga qarang)



Eshitishadi;

Mos keluvchi zapislar olib borishadi



II-asosiy bosqich 60 min.

2.1Muammoni hal etishni tushuntiradi va aktuallik vaziyatini tanlaydi. Mavzu bo’yicha bilimni aktivlashtirish maqsadida tezkor so’rov o’tkazadi (mashg’ulot № 1)

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni sabablari

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi zamonaviy bo’lmagan diagnostikaning qanday asoratlari bo’lishi mumkin

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi diagnostikasi?




  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni davolashi

2.2 Talabalarni guruhlarga bo’lish. Keys topshirig’i va tarkibini eslatadi. Muzokora qoidalari gruppada ish tartibi bilan tanishtiradi.

2.3 Topshiriq beradi, topshiriqni idrok qilishni aniqlashtirish



  • qaysi nazologiya bilan differensial diagnoz o’tkazish kerak va aniq sabablarni ko’rsatish.

  • SRB sharoitida diagnostic metodlarni tanlash

  • Ayollar jinsiy a’zolari anomaliyasi va noto’g’ri joylashishi bilan ayollarni davolash va olib borish taktikasi

2.4 O’quv ishiga yo’naltiradi maslahat beradi koordinatsiyalaydi/

Individual ish rejalarini baholaydi

Vaziyatni analizlash varog’i

2.5 Muhokama, Keysni bajarish bo’yicha qilingan ishni e’lon qilishni tashkillashtirish.Muzokara tashkilotchisi;savol beradi gapiradi nazariy materiallarni eslatadi

2.6 Organayzer tasir algoritmi UASH tasir algoritmi

2.7. Keysni bajarish variantini e’lon qiladi (4 mashq).






III. Barcha malumotlarni analizni baholash 20 minut

3.1 O’quv ish natijalarini e’lon qiladi, qo’shimcha ish bilan individual bahoni ma’lum qiladi. Guruhni baholaydi va analizlaydi, ijobiy va sarbiy holatlarni belgilaydi.

3.2 Keys ahamiyatining bosqichlari va uning mutahassis uchun tasirini bildiradi.



Eshtishadi.

O’z – o’zini va nisbiy baholashini o’tkazishi mumkin


O’zining fikrini bildiradi.

Keys bilan ishlashda individual baholash chizmasi

Qatnashuvchi

Bahoni ko’tsatuvchilar va kriteriylar




Joriy vaziyatni analizi max 1.0

Masalani izohlash max 0.5

Masalani yechish ashiyosi va tanlash yo’li max 0,5

Qismni qayta ishlash darajasini yechish max0,5

Umumiy baho (max2.5)*

1.
















2.

































*2.0 – 2.5 bal “a’lo” – 1.5 – 2 bal “yaxshi”

1.0 – 1.5 – “qoniqarli”.

1.0 baldan kam qoniqarsiz.

Masalani guruhli hal qilish variantini baholash sistemasi.

1. Har bir guruh 2 ballik baho oladi. Uni darrov hammasini yechgan variantga berish yoki ikkiga bo’lish mumkin (1:1.05:1.5:boshqalar). Mustaqil hal qilgan variant bahoni qabul qilmaydi.



2. Hamma yig’ilgan ballar har bir variant bo’yicha tahlanadi. Eng ko’p bal to’plagan g’olib keladi. Bahsli holatlarda ovozga qo’yish mumkin.

Masalani guruhli hal qilish variantini baholash chizmasi.

Guruh

Masalani yechishda alternativ variantlar




1

2

3



1













2



























Jami















Tavsiya qilingan prezentatsiyani baholash

Gurux

Prezentatsiyaning butunligi va aniqligi(1-20)

Tavsiya qilingan prezentatsiyaga nigox.(1-20 min)

Gurux a’zolarining aktivligi va jamligi(1-20min)

Tavsiya qilingan masalani haqiqiy (1-20)

Qonuniy normalarni qabul qilinishi (1-20)

Yig’ilgan ballarnig umumiy summasi max 100

1.



















2.











































Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish