Psixoonkologiya Alimirzayev Nodirbek (psixologiya faoliyat turlari) magistranti.
2022.y
Psixoonkologiya nima? - Psixoonkologiya – multidissiplinar yo‘nalish bo‘lib, psixologiya, onkologiya va sosiologiyadan tuzilgan va bugungi kunda onkologiyaning bo‘limi sifatida rivojlanib kelmoqda. Bu yo‘nalish onkologik kasalliklarning bemor ruhiyatiga ta’siri, bemordagi ruhiy buzilishlarning onkologik kasalliklar paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sirini o‘rganadi. Shuningdek, kimyoterapiya, nur terapiyasi, plasebo terapiya, nosebo terapiya olayotgan bemorlar ruhiyatini o‘rganadi.
- Ma’lumotlarga ko‘ra, onkologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar ko‘pincha komorbid (asosiy kasallikka qo‘shimcha) ruhiy buzilishlardan aziyat chekadi. 10-25% bemorlarda depressiya, 15-28% bemorlarda qo‘zg‘aluvchanlik rivojlanadi.
Onkologik kasalliklar o‘lim va nogironlikning uchrashi bo'yicha dunyoda birinchi, ba’zi davJatlarda ikkinchi o'rinni egallaydi. - onkologik kasalliklar inson organizmining deyarli barcha a ’zolarida uchraydi.
- miyasida o‘sma aniqlangan va uni operatsiya qilib davolash mumkinligini bilgan bemor og‘ir ruhiy vaziyatga tushadi.
- Neyroxirugiya markaziga yoki bo‘lirniga taklif qilingan psixolog nafaqat bemorda o‘sma sababli paydo bo'lgan ruhiy buzilishlarni aniqlashi va davolashi, balki neyroxirurglar bilan hamkorlikda bemorni operatsiyaga tayyorlashda va operatsiyadan keyingi davrdagi davolash jarayonlarida faol ishtirok etishi lozim.
- Ma’lumki, xavfli o‘smalar onkologik kasalliklar ichida eng xavflisidir. Bu kasallik aniqlangan bemorlar iloji boricha unda xavfli o‘sma borligidan bexabar bo‘lishi lozim.
- onkologiyada sir saqlash o‘ta murakkab masaladir, biroq buning uddasidan chiqishga intilish lozim va bemor sirni bilib qolgandan keyin vrach qanday yo‘l tutishni ham o‘ylab qo‘yishi kerak. Odatda, sirdan voqif bo‘lgan bemorlarda reaktiv nevroz yoki reaktiv psixoz rivojlanadi. Bu yerda, albatta, psixologning yordami kerak bo‘ladi va undan unumli foydalanish kerak.
- onkologiya, neyroxirurgiya, ftiziatriya, kardiologiya, xirurgiya va travmatologiya ilmiy markazlarida, harbiy gospitallarda psixologlar uchun ish joylari ajratilgan bo‘lishi kerak.
Onkologik bemorlarda ruhiy-hissiy buzilishlaming klinik manzarasi - Onkologik kasalliklarda reaktiv holatlar, birinchi navbatda, xavotirli-depressivsindrom rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi.
- ipoxondriya, isteriya, insomniya va agressiv holatlar yuzaga kelishi yoki aksincha, bemorda o‘z kasalligiga nisbatan butunlay befarqlik paydobo‘lib, vrachlarning xulosalarini butunlay inkor qilish darajasigacha yetishi mumkin.
- Onkologik shifoxonalarda psixologik yordam faqat psixologik suhbatdan iborat bo‘libgina qolmasdan, bemor fikrini chalg‘ituvchi barcha imkoniyatlardan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |