Postgastrorezektsion sindromlar
Demping-sindrom paydo bo’lishida psixonevrologik o’zgarishlarga,
vegetativ nerv sistemasi buzilishlariga katta ahamiyat beriladi.
Klinik jihatdan demping-sindrom bo’shashish, issiqlab ketish, sovuq ter
chiqishi, bosh aylanishi, yurak urishi, taxikardiya, ko’krakda og’riq va qisilish
sezgisi, hatto xushdan ketish holati bilan yuzaga chiqadi. Kasallik klinikasi va
simptomlarining nechog’lik yuzaga chiqqanligi demping-sindromning og’ir-
engilligiga va ovqat, xususan shirin, sutli ovqatlar eyish bilan bog’liq.
Jarayon diagnostikasi anamnestik, klinik jihatdan qiyinchilik tug’dirmaydi.
Rentgenologik tekshirishda konstrastning tezlashgan evakuatsiyasi qayd
qilinadi.
Demping-sindromni davolash parhezga rioya qilish, ratsiondan dempingga
sabab bo’ladigan taomlarni chiqarishdan iborat, tez-tez muntazam ovqatlanish
va imkon boricha dag’al ovqat: go’sht, baliq, sabzavot, tuzlangan karam
kabilarni iste’mol qilish kerak. Konservativ davo yordam bermaganda va
demping-sindromning og’ir hollarida operatsiya qilinadi. Bu duodenal passajni
tiklashga qaratilgan asosan rekonstruktiv operatsiyalar hisoblanadi (Bilrot II va
Bilrot I).
Keltiruvchi qovuzloq sindromi – operatsiya texnikasidagi kamchilik,
bitishma jarayoni yoki duodenal o’tkazuvchanlik buzilishlari rivojlanishi natijasi
hisoblanadi. Patologiya aksariyat operatsiyadan keyin birinchi yiliyoq paydo
bo’ladi.
Klinik jihatdan kasallik ko’prok o’ng qovurg’a osti sohasida og’irlik va
og’riq bilan o’tadi, vaqti-vaqtida o’t aralash yoki ovqat bilan o’t aralash qayt
qilinadi, shundan so’ng bemor sezilarli engillik his qiladi.
Ovqatni qaytarish, kekirish, jig’ildon qaynashi, to’sh orqasida og’riqlar
bo’lishi ehtimol.
Keltiruvchi qovuzloq sindromi patogenezi murakkab va ko’p qirrali: 1)
keltiruvchi qovuzloqning gastroenteroanastomoz orqasida qisilishi; 2)
keltiruvchi qovuzloq rotatsiyasi yoki buralib qolishi; 3) keltiruvchi
349
qovuzloqning ichaklar orasidagi tutashgan joy invaginatsiyasi (kirib qolishi); 4)
keltiruvchi qovuzloq shilliq pardasining me’da-ichak anastomoziga tushishi; 5)
uning bitishmalardan bosilishi; 6) o’smadan bosilishi, chandiqli torayishi; 7)
texnik xatoliklar va boshqalar.
Diagnostika ro’y-rost klinik manzara asosida o’tkaziladi. Rentgenolegik
tekshiruvda kontrast moddaning keltiruvchi qovuzloqqa tushishi qayd qilinadi,
biroq bu keltiruvchi qovuzloq sindromi manzarasi bo’lmagan bemorlarda ham
ro’y berishi mumkin.
Davolash demping-sindromdagi kabi konservativ, vitaminlar bilan davolash
– oqsilli preparatlar, aminokislotalar yuboriladi, sanatoriy-kurortda davo
qilinadi. Keltiruvchi qovuzloq sindromining og’ir darajasida, mexanik tusiqlar
paydo bo’lganda yaxshi natija beradigan operatsiya usulini qo’llanish tavsiya
etiladi.
Anastomozning peptik yarasi asosan saqlanib qolgan me’da sekretsiyasida
hosil bo’ladi. Kislotalilik juda oshgan bo’lsa, ular tez-tez uchrab turadi, past
bo’lsa, kam uchraydi, axiliyada sira uchramaydi. Bu rezektsiyadan keyin yuz
beradigan eng og’ir asorat va operatsiya qilingan bemorlarning 0,5-2,5 foizida
odatda dastlabki 3 yil ichida va asosan erkaklarda uchraydi. Biroq, ayollarda,
yoshi ulg’aygan va keksa yoshdagi kishilarda ham bo’lishi mumkin.
Peptik yara joylashuvi har xil – keltiruvchi qovuzloqda ham, anastomoz
sohasida ham bo’ladi, ko’pincha ichak tutqich, ko’ndalang chambar ichak,
me’da osti bezi, ichakka penetratsiyalaydi.
Peptik yaraning bosh simptomi qattik va azob beradigan og’riq hisoblanadi.
U operatsiyadan oldingi og’riqdan kuchli. Og’riqsiz damlar tobora kamayib
boradi, og’riq doimiy, orqaga, ko’krak qafasiga beriladi (irradiatsiya), jig’ildon
qaynashi, qusish xarakterli. Bemor ozib ketadi, doimo grelka qo’llanilishi
sababli epigastriy sohasida pigmentatsiya paydo bo’ladi.
Operatsiyadan keyingi peptik yara bir qancha asoratlar – qon ketishi,
perforatsiya, penetratsiya berishi, og’irlashgan hollarda hatto oqma yara
rivojlanishi mumkin (tashqi yoki me’dachambar oqma yara).
350
Anastomoz peptik yaralarini va asoratlarini davolashning asosiy usuli
operatsiya hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |